{"id":130822,"date":"2024-06-09T19:22:18","date_gmt":"2024-06-09T16:22:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130822"},"modified":"2024-06-09T19:22:21","modified_gmt":"2024-06-09T16:22:21","slug":"termiziy-memoriy-majmui-hakim-termiziy-maqbarasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/termiziy-memoriy-majmui-hakim-termiziy-maqbarasi\/","title":{"rendered":"Termiziy me&#8217;moriy majmui, Hakim Termiziy maqbarasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Termiziy me&#8217;moriy majmui, Hakim Termiziy maqbarasi \u2014 Termizdagi me&#8217;moriy yodgorlik (9-15- a.lar). Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy nomi bilan bog&#8217;langan. T. m.m. asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Masjid, maqbara, xonaqoh, qorixona kabi binolardan iborat bo&#8217;lgan. Dastlab xom g&#8217;ishtdan xonaqoh (9-a.) bunyod etilib, Hakim Termiziy shu erda yashab mudarrislik qilgan. Binodan keng hovlining bir qismi, qalin devor to&#8217;siq va shim.Sharqiy burchagida uncha katta bo&#8217;lmagan erto&#8217;lasimon hujra saqlangan. Vaqtlar o&#8217;tishi bilan qabr ustiga, xonaqohning Jan. g&#8217;arbiy burchagida xom g&#8217;ishtdan Jan.ga qaratib maqbara bunyod etilgan (9-a.). Termiziy maqbarasi xalq orasida ulug&#8217;lanib avliyo qabri, muqaddas ziyoratgoh sifatida e&#8217;zozlangan. Keyinchalik maqbaraning Sharqiy devoriga tutashtirib kichik qorixona va o&#8217;g&#8217;li alhakim Abdulloh maqbarasi (10-a.), shim.da uncha kata bo&#8217;lmagan hovliga qaragan 3 gumbazli, ravokli yo&#8217;lak ko&#8217;rinishidagi Namozgoh masjidi (11 \u201412-a.lar) hamda bir qator qo&#8217;shimcha xonalar qo&#8217;shilgan. Temuriylar hukmronligi davrida (15-a.) xonaqoh baland asos (bal. 1,5 m) ustiga pishiq g&#8217;ishtdan qayta qurildi. Unga tutash bo&#8217;lgan xonalar ta&#8217;mirlandi. Xonaqohning shim. va Jan. tomonlariga peshtoq ishlandi. Oddiy va aniq qurilmali xona devorlari ravoq ustunlari &#171;romb&#187; ko&#8217;rinishidagi poyustunga tayangan. Hakim Termiziy maqbarasi 9-a.da bunyod etilgan xonaqoh hujralaridan biri bo&#8217;lgan. Xonaqoh hovlisining g&#8217;arbidagi 3 gumbazli masjid maqbaraga tutash, 3 ravog&#8217;i hovliga kdragan. Masjidning g&#8217;arbiy devor markazida keng hoshiyali mehrob bor. Undagi bo&#8217;rtma yozuv, sopol shakllar, oraliq zaminidagi o&#8217;yma ganch bezaklar o&#8217;ziga xos. Masjid ustunlari g&#8217;ishtdan bezakli qilib terilgan. Masjiddan ravoq orqali maqbaraga o&#8217;tiladi. Maqbara ichi ganch o&#8217;ymakorligida gilam nusxa bezakda serhasham pardozlangan. Gumbaz osti sharafasida kufiy xatida Qur&#8217;onning 36surasi o&#8217;yib yozilgan. Xonaqoh ichi ham yulduzsimon girih naqshlar bilan pardozlangan. Ravoklaridagi tobadonlariga panjaralar o&#8217;rnatilgan. Maqbara ichidagi oq marmar sag&#8217;ana Temuriylar davridagi tosh o&#8217;ymakorligi san&#8217;atining yuksak namunasidir. Sag&#8217;ana 3 pog&#8217;onali, asosi islimiy naqsh va yozuvli hoshiyalar bilan, o&#8217;rta qismidagi 3 mehrobiy tokchaning Markaziy (o&#8217;rta) qismi muqarnas kosachalar bilan, 2 yoni shamchiroq tasviri bilan bezatilgan. Sag&#8217;anadagi yozuvlarda Termiziy hayoti va faoliyati tavsiflangan. Kichik maqbarada ham ta&#8217;mirlash ishlari olib borilgan. Abdullaxon hukmronligi davri (16-a.)da hazira (hovli) hududida 9 gumbazli masjid (eski masjidni o&#8217;z ichiga olgan) qurilgan. Oldida engil ravoqustunli ayvon joylashgan. 19-a. da 9 gumbazli masjid o&#8217;rnida 4 gumbazli masjid bunyod etilgan. Jan.dan kiraverishda yana bir maqbara (go&#8217;rxona va ziyoratxonadan iborat) qurilib, ravokli bo&#8217;lmalar orqali Termiziy maqbarasi va xonaqoh bilan o&#8217;zaro bog&#8217;langan. T.m.m. 1955-57 y.larda ilmiy o&#8217;rganilib 14\u2014 15-a.lardagi ko&#8217;rinishi qayta tiklandi. 1980\u2014 81 y. va 2001-2002 y.larda maqbara va xonaqoh qayta pardozlandi. Majmuaning umumiy tarhi 28,0&#215;29,0 m, maqbara 5,10&#215;4,70 m.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Termiziy me&#8217;moriy majmui, Hakim Termiziy maqbarasi \u2014 Termizdagi me&#8217;moriy yodgorlik (9-15- a.lar). Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy nomi bilan bog&#8217;langan. T. m.m. asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/termiziy-memoriy-majmui-hakim-termiziy-maqbarasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130822","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130831,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130822\/revisions\/130831"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}