{"id":130858,"date":"2024-06-09T19:29:41","date_gmt":"2024-06-09T16:29:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130858"},"modified":"2024-06-09T19:29:47","modified_gmt":"2024-06-09T16:29:47","slug":"tolstoy-lev-nikolaevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tolstoy-lev-nikolaevich\/","title":{"rendered":"Tolstoy Lev Nikolaevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Tolstoy Lev Nikolaevich [1828. 28.8(9.9), tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog&#8217;i \u2014 1910.7(20). 11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] \u2014 rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir a&#8217;zosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844-47 y.larda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida o&#8217;qigan. 1851\u2014 53 y.larda Kavkazda bo&#8217;lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 y. Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko&#8217;ra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 y.da Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng &#171;Sovremennik&#187; (&#171;zamondosh&#187;) jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Cherno&#8217;shevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va Arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she&#8217;rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta&#8217;sirida she&#8217;rlar yozgan. Birinchi yirik asari \u2014 &#171;inson kamolotining to&#8217;rt davri&#187; avtobiografik asari (&#171;bolalik&#187;, 1852; &#171;O&#8217;smirlik&#187;, 1852-54; &#171;Yoshlik&#187;, 1855- 57; &#171;yigitlik&#187;, yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning &#171;Sevastopol hikoyalari&#187; (1855) to&#8217;plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o&#8217;z ifodasini topgan. 50-y.lar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uyg&#8217;unlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil &#171;kazaklar&#187; qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko&#8217;rinadi. Bu asarda o&#8217;z in&#8217;ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-y. lar ijodida yanada teranlashadi. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o&#8217;rin olgan &#171;urush va tinchlik&#187; (1863-69) epopeyasi T. ning 60-y. larda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning o&#8217;z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo&#8217;lsalarda, yozuvchi &#171;urush va tinchlik&#187; romani bilan o&#8217;z davrida ro&#8217;y bergan va o&#8217;zi shaxsan guvoh bo&#8217;lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-07 va 1812-14 y.lardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko&#8217;plab qahramonlar ishtirok etgan epic voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg&#8217;unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-a. o&#8217;rtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-y.larda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa &#171;urush va tinchlik&#187;dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo&#8217;la olmas edi. 1812 y.da Rossiyaning Napoleon qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uyg&#8217;onishga murojaat etishi &#171;urush va tinchlik&#187; romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o&#8217;tadi. T. ning 70-y.lar ijodida &#171;Anna Karenina&#187; romani aloxdda mavqega ega. &#171;Urush va tinchlik&#187;dan bu romanni yozguniga qadar bo&#8217;lgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to&#8217;g&#8217;risidagi orzu umidlari ro&#8217;yobga chiqmadi. 60-y.lardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o&#8217;ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig&#8217;iga ega bo&#8217;lgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e&#8217;tiqod qo&#8217;ygan, hayotda ro&#8217;y berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo&#8217;lgan munosabatiga, shakshubhasiz, ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo&#8217;layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a&#8217;zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo&#8217;lmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi. 70-y.larda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. o&#8217;z hayot yo&#8217;lini qayta nazardan o&#8217;tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo&#8217;li bilan bog&#8217;liq jamiyat qatlamining ma&#8217;naviy asoslari yolg&#8217;onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari &#171;Iqrornoma&#187; (1880) va &#171;e&#8217;tiqodim nimada?&#187;(1884) asarlarida o&#8217;z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida &#171;Ivan Ilichning ulimi&#187; (1886), &#171;Kreytser sonatasi&#187; (1889) qissalari, ayniqea, e&#8217;tiborga loyiq. T. 80-y.larda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, &#171;zulmat hokimiyati&#187; (1886) dramasi va &#171;ma&#8217;rifat mevalari&#187; (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko&#8217;rsatayotgan salbiy ta&#8217;siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan. T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so&#8217;nggi yirik asarlaridan biri \u2014 &#171;tirilish&#187; romani (1889-99)da o&#8217;z aksini topdi. Xdyotda bo&#8217;lib o&#8217;tgan oddiy voqea \u2014 bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma&#8217;naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o&#8217;zaro chambarchas bog&#8217;likligi masalasi &#171;Hojimurod&#187; (1896\u2014 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan. T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o&#8217;zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so&#8217;nggi asarlari (&#171;tirik murda&#187;, 1890; &#171;baldan so&#8217;ng&#187;, 1903 va b.) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi so&#8217;nggi kunlari ruhiy iztiroblar po&#8217;rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to&#8217;qigan ig&#8217;vo va fasod to&#8217;ridan qochib, 1910 y. Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo&#8217;lda shamollab, vafot etadi. O&#8217;zbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning &#171;Odamlar nima bilan tirik?&#187;, &#171;Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi&#187; makrlalari 1887-1902 y.larda &#171;Turkiston viloyatining gazeti&#187;da o&#8217;zbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi &#171;Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi&#187; degan maqola esa 1889 y. shu gaz.da tanikli ma&#8217;rifatparvar Sattorxon Abdug&#8217;afforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy (&#171;Ustodi avval&#187;, 1902), Aliasqar Kalinin (&#171;muallimi soniy&#187;, 1903), Abdulla Avloniy (&#171;birinchi muallim&#187;, 1909; &#171;ikkinchi muallim&#187;, 1912) singari jadid ma&#8217;rifatparvarlarining o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari va darsliklarida e&#8217;lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o&#8217;qitilgan. T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o&#8217;zbek jadidlarining e&#8217;tiborini uziga jalb etgan. Birinchi o&#8217;zbek advokati Ubaydulla Xo&#8217;jaev 1909 y.da T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta&#8217;limoti yuzasidan xat yozib, o&#8217;sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 y. Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. bilan bir necha marta muloqotda bo&#8217;lgan. Ammo o&#8217;zbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-a.ning 30-y.laridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. As: Sobr. soch., t. 1-22, M., 1978\u2014 86; asarlar, 1\u20145J.lar, T., 1978-80; Iqrornoma, T., 1998. Ad:Karimov E.A., Chelovek v izobrajenii Tolstogo, M., 1967; Xrapchenko M.B., Tolstoy kak xudojnik, 3izd., M., 1971; L om u Nov K., Jizn Tolstogo, M., 1981. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tolstoy Lev Nikolaevich [1828. 28.8(9.9), tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog&#8217;i \u2014 1910.7(20). 11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] \u2014 rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tolstoy-lev-nikolaevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130858","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130858","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130858"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130858\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130863,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130858\/revisions\/130863"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130858"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130858"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130858"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}