{"id":130862,"date":"2024-06-09T19:29:59","date_gmt":"2024-06-09T16:29:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130862"},"modified":"2024-06-09T19:30:03","modified_gmt":"2024-06-09T16:30:03","slug":"toshkanboevlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkanboevlar\/","title":{"rendered":"Toshkanboevlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshkanboevlar &#8212; o&#8217;zbek dorbozlari sulolasi. O&#8217;zbek tsirkining shakllanishi va milliy dorbozlik san&#8217;atining rivojiga katta hissa qo&#8217;shgan tsirk san&#8217;atkorlari. Toshkanboy Egamberdiev (1866.3.3 \u2014 Asaka \u2014 1963.9.2) \u2014 sulola asoschisi. O&#8217;zbekiston va Rossiya (1939) xalq artisti, mehnat qahramoni (1937). Faoliyatini 7 yoshidan boshlab, otasi Egamberdi hoji bilan xalq bayram va sayillarida, shahar maydonlarida dorbozlik o&#8217;yinlarini namoyish etishgan. 19-a.ning 80-y.laridan boshlab mustaqil ishlagan, dorbozlik va simbozlik san&#8217;atini mukammal egallagan. 5-6 m balandlikdagi simdor ustida 20 dan ortiq mashqlar ijro etgan, jumladan, balandga yoki uzunasiga sakrash, oyog&#8217;iga pichoq, lagan, mis qozon, yog&#8217;ochoyoq bog&#8217;lab yoki baland poshnali poyabzal kiyib sim ustida yurish, boshda qaynayotgan samovar olib o&#8217;tish va b. Shuningdek, 25-30 m balandlikda tortilgan qiya dor ustida murakkab mashqdarni ijro etgan, chig&#8217;iriqsa gimnastika unsurlarini bajargan. 1908 y. Toshkentda bo&#8217;lib o&#8217;tgan Turkiston sanoat va hunarmandchilik ko&#8217;rgazmasida qatnashib, &#171;eng yaxshi dorboz va simboz&#187; deb topilgan, oltin medal va qimmatbaho sovg&#8217;alar bilan mukofotlangan. 1920-30-y.lar O&#8217;rta Osiyo davlat va xususiy tsirklarda ishlagan. 1935 y.da SanktPeterburg tsirkida uning rahbarligi va ishtirokida &#171;Dorbozlar&#187; milliy dasturi yaratilib, dor o&#8217;yinlari ilk bor ochiq maydondan tsirk gumbazi ostiga ko&#8217;chiriladi. 1942 y. o&#8217;zbek tsirki jamoasini tashkil etdi va unga rahbarlik qiddi. 1947 y. 81 yoshida so&#8217;nggi marta dorga chiqdi. 1950-56 y.larda Toshkent tsirkining badiiy rahbari. Egamberdievning farzandlari: Toshkanboev Qodirjon (1889. 15.4 Asaka 1972.15.8) dorboz. Yoshligidan milliy tsirk san&#8217;atining turli janrlarini \u2014 besuyak, muallaqchilik, chig&#8217;iriq o&#8217;yini, dorbozlik, simbozlik, masxarabozlik, yog&#8217;ochoyoq va b.ni egallab, 1920-30 y.larda otasi bilan birgalikda davlat va xususiy tsirklarda ishlagan. 1935 y.dan esa &#171;dorbozlar&#187; dasturida qatnashgan. Toshkanboev Shokirjon (1906.1.5, Asaka 1965.13.4, Toshkent) \u2014 dorboz. 1950 y. uning rahbarligida Toshkentdagi &#171;Saxnadagi tsirk&#187; birlashmasi qoshida &#171;O&#8217;zbek dorbozlari&#187; guruhi tashkil etildi va bu guruh qad. dorbozlik san&#8217;atini yangi pog&#8217;onaga ko&#8217;tardi. Ilk bor dorda muhofaza vositasi \u2014 &#171;lonja&#187;ni ishlata boshladi va natijada an&#8217;anaviy repertuar bir qator yangi murakkab mashklar bilan boyidi. Xususan, ochiq havodagi dor ustida &#171;ko&#8217;prikcha&#187; shaklida turish, elka bilan dorga tiralib, oyoklarni tepaga cho&#8217;zish kabi tryuklarni birinchi marotaba Shokirjon ijro etdi. Rafiqasi Faxriddinova Maryam (1910\u2014Toshkent \u2014 1963.9.11) \u2014 O&#8217;zbekistondagi birinchi dorboz ayol, raqqosa. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1939). 1935-50 y.lar &#171;dorbozlar&#187; dasturida qatnashgan. Toshkanboev Obidjon (1915. 1.1, Asaka \u2014 2004.31.3, Toshkent) \u2014 dorboz. O&#8217;zbekiston xal q artisti (1961). 1949 y.dan &#171;dorbozlar&#187; dasturining rahbari. 1960-69 y.lar o&#8217;zbek tsirki jamoasining badiiy rahbari. 1962 y.dan Akrom Yusupov bilan birga qiziqchidorboz sifatida faoliyat ko&#8217;rsatgan. 3-7 kishi tomonidan ijro etiladigan bir qator murakkab dor o&#8217;yinlarining muallifi va ishtirokchisi (mas., &#171;Ikkitalik shpagat&#187;, &#171;uchtalik shpagat&#187;, &#171;obkash&#187;, &#171;uch pog&#8217;onali piramida&#187;, &#171;to&#8217;rt kishilik ustun&#187; va b.). An&#8217;anaviy dor va simdorda saltomortalening birinchi ijrochisi. Toshkanboev Shokirjonning farzandlari: Toshkanboev Erkin (1929.18.7, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat, rej. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1966). Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati intini tugatgan (1974). 1935 y.dan &#171;Dorbozlar&#187; dasturida xizmat qilgan. 1969 y.dan &#171;sahnadagi tsirk&#187; birlashmasida avval artist, so&#8217;ng bosh rej. (1974), direktor (1975-2002). 1991-2000 y.lar &#171;O&#8217;zbekdavlatsirk&#187; Respublika birlashmasining bosh direktor o&#8217;rinbosari. 30 dan ortiq tsirk spektakllarini saxnalashtirgan: &#171;yaxshi odam va badjahl xon haqida ertak&#187;, &#171;sehrli ko&#8217;l&#187;, &#171;Olimp kamalagi&#187;, &#171;2000 yillik Toshkent \u2014 1500 yillik Kievga&#187;, &#171;qizil Lola&#187;, &#171;Gulla, yashna jonajon Uzbekistan&#187;, &#171;Do&#8217;stlar uchrashuvi&#187; va b. An&#8217;anaviy va zamonaviy o&#8217;zbek tsirki aks ettirilgan bu spektakllar xorijiy mamlakatlarning sahnalarida \u2014 madaniyat saroylarida, stadionlar, tsirklarda namoyish etildi. &#171;Mehnat shuhrati&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2004). Toshkanboev Erkinning farzandlari: Toshkanboev Po&#8217;lat (1960.3.1, Toshkent) \u2014 tsirkshunos, rej. Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati intini tugatgan (1982). San&#8217;atshunoslik fanlari nomzodi (1993). 1982 y.dan &#171;Saxnadagi tsirk&#187; birlashmasi rej. i, 2002 y.dan direktori. Toshkanboev Murod (1964.16.6, Toshkent) \u2014 dorboz, simboz, akrobat. Akrobatika bo&#8217;yicha sport ustasi (1981). Toshkent jismoniy tarbiya intini tugatgan (1985). 1987 y.dan &#171;Saxnadagi tsirk&#187; birlashmasidagi &#171;O&#8217;zbekiston dorbozlari&#187; guruhining rahbari va ishtirokchisi. Toshkanboeva Anorxon (1935.9.1, Toshkent) \u2014 dorboz, rak,krsa, jurnalist. O&#8217;rta Osiyo untini tugatgan (1958). 1943-50 y.larda &#171;dorbozlar&#187; dasturida ishtirok etgan. &#171;Dorbozlar&#187; badiiy filmi stsenariysining hammuallifi (Ya. Ilyosov bilan). O&#8217;g&#8217;li Yusupov Jalol (1969.19.8, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat, teatr va kino aktyori. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (2002). Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati intini tugatgan (1990). Akrobatika bo&#8217;yicha sport ustasi (1981). 1990 y.dan yoshlar teatri aktyori. Teatrda Trufaldino (&#171;Malikai Turandot&#187;), Jerond (&#171;zo&#8217;raki tabib&#187;), Teve sutchi (&#171;tomdagi kamonchi&#187;), Nasriddin afandi (&#171;o&#8217;yinchi kiz sharora&#187;); kinoda Zokir (&#171;Chinor ostidagi duel&#187;), Tursunboy (&#171;Suyunchi&#187;), Akmal (&#171;Havo piyodalari&#187;), Rufat Qudratov (&#171;ringga chaqiriladi&#187;) va b. rollarni ijro etgan. Toshkanboev Zokirjon (1946.7.9, Toshkent 2002.14.5) dorboz, akrobat, musiqachi. Toshkent madaniyat intini tugatgan (1985). 1963 y.dan &#171;O&#8217;zbek dorbozlari&#187; guruxi qatnashchisi. O&#8217;g&#8217;li Toshkanboev Shokirjon (1975.24.1, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. Respublika estradasirk san&#8217;ati studiyasini tugatgan (1991). 1991 y.dan &#171;O&#8217;zbekiston dorbozlari&#187; guruhining qatnashchisi. Toshkanboev Obidjonning farzandlari: Toshkanboeva Donoxon (1938.10.11. Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1964). 1947 y.dan &#171;dorbozlar&#187; dasturida katnashadi. 1959-75 y.larda &#171;Voltijyorakrobatlari&#187;, &#171;havo gimnastlari&#187; dasturlarida ishtirok etgan. 1985 y.dan Respublika estradasirk san&#8217;ati studiyasi pedagogi. Qizi Toshkanboeva Malika (1961.31.1, Toshkent) \u2014 akrobat. Moskva estradasirk bilim yurtini tugatgan (1979). 1979 y.dan &#171;akrobatika etyudi&#187; ijrochisi; ugli Toshkanboev Maxsum (1974.9.1, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. Respublika estradasirk san&#8217;ati studiyasini tugatgan (1991). 1991 y.dan &#171;O&#8217;zbekiston dorbozlari&#187; guruhining qatnashchisi. Toshkanboeva Mamlakat (1940.18.11, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1987). 1954 y.dan &#171;dorbozlar&#187; dasturida, &#171;havo gimnastlari&#187;, &#171;parterdagi uchish&#187; tomoshasining ishtirokchisi. 1959 y.dan turmush o&#8217;rtog&#8217;i, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist Roman Bley bilan &#171;akrobatika etyudi&#187;ni ijro etgan. 1973\u2014 95 y.larda &#171;Sharq jilolari&#187; tuya ustida akrobatlar attraktsioni rahbari va ishtirokchisi. Attraktsion sharqona usulda bezatilgan bo&#8217;lib, unda chopayotgan tuyalar ustida bir qator murakkab akrobatik mashklar va piramidalar ijro etilgan. Dasturda qizi Toshkanboeva Jamila (1963.6.3, Toshkent) ishtirok etadi. Toshkanboev Olimjon (1945.17.1, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1980). Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati intini tugatgan (1989). &#171;Parterdagi uchish&#187; nomerining rahbari va ishtirokchisi (1964). 1975 y.dan &#171;Uzbekdavlatsirk&#187; Respublika birlashmasi qoshidagi &#171;O&#8217;zbekiston dorbozlari&#187; guruhining rahbari va ishtirokchisi. Dasturda qizi Jarita (1967.3.8, Toshkent) va ugli Rustam (1975. 27.4, Toshkent) ishtirok etishadi. Guruh xalqaro tsirk san&#8217;ati festivallarida ishtirok etib, &#171;mahorat va jasorat&#187; kubogi (Belgiya, 2001) va maxsus sovrin (Gollandiya, 2002) bilan mukofotlangan. Toshkanboev Jumaboy (1949.25.2, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat, masxaraboz, havo gimnasti. 1963 y.dan &#171;dorbozlar&#187; dasturining, 1973 y.dan &#171;havo gimnastlari&#187; tomoshasining ishtirokchisi. Dasturda qizi Lola (1973.3.12, Toshkent) qatnashadi. Toshkanboev Alisher (1954.18.4, Toshkent) \u2014 dorboz, akrobat. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1987). 1965 y.dan &#171;dorbozlar&#187; dasturining ishtirokchisi. 1975 y.dan Toshkanboeva mamlakat rahbarligidagi &#171;Sharq jilolalari&#187; tuya ustida akrobatlar attraktsionining qatnashchisi. 2000 y.da SanktPeterburg tsirki qoshida &#171;Shark jilolari&#187; attraktsionini qayta tiklab, tuyalar ustida ijro etiladigan murakkab akrobatika mashqlari bilan boyitdi. Dasturda o&#8217;g&#8217;li Sindbad (1980.11.3, Toshkent) katnashadi. Toshkanboy Egamberdievning nabirasi (Barnoxon Toshkanboevaning o&#8217;g&#8217;li) Toshkanboev Kamoliddin (1927.28.10 \u2014 Asaka \u2014 1991.13.10) \u2014 dorboz, simboz, akrobat. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1980). Dorbozlik va simbozlik san&#8217;atini buvasidan urgangan. 1935 y.dan &#171;Dorbozlar&#187; dasturining qatnashchisi. 1965-1991 y.larda &#171;sahnadagi tsirk&#187; birlashmasi qoshidagi &#171;O&#8217;zbek dorbozlari&#187; guruhining rahbari va qatnashchisi. An&#8217;anaviy dorbozlik repertuariga birmuncha o&#8217;zgarishlar kiritdi. Qiya tortiladigan dor o&#8217;rniga gorizontal dor ishlatilganligi natijasida yakka mashklar bilan bir qatorda, 2-4 kishi ijro etadigan murakkab o&#8217;yinlar ham kiritilgan. Xususan, &#171;obkash&#187;, &#171;uch kishilik ustun&#187;, &#171;Bosh ustida shpagat&#187;, dorda o&#8217;mbaloq oshish, dorda utirgan dorboz ustidan sakrab utish kabi mashklar ochiq havoda ilk bor namoyish etildi. 2 va 3 pog&#8217;onali dor ustida turli mashqlar uzlashtiriddi. Simbozlik san&#8217;atining rivojlanishiga ham katta hissa qo&#8217;shgan va simdor o&#8217;yinlarini ijro etgan. O&#8217;g&#8217;li Tohir (1961.9.2, Toshkent) \u2014 dorboz, simboz, akrobat, 1991 y.dan &#171;O&#8217;zbek dorbozlari&#187; guruhining rahbari va ishtirokchisi. 1995 y.da Toshkentda 1Markaziy Osiyo o&#8217;yinlarini tantanali ochilish marosimida qatnashib, sport tarixida birinchi marta Olimpiya mash&#8217;alini dor ustidan olib o&#8217;tdi. T. sulolasi vakillari o&#8217;z san&#8217;atlarini Evropa, Osiyo, Amerika va Afrikaning 30 dan ortiq mamlakatlarida namoyish etishdi. Toshkent davlat tsirki va Asaka madaniyat va istirohat bog&#8217;iga Toshkanboy Egamberdiev nomi berildi. Milliy tsirk san&#8217;atini rivojlantirish va uni jahon maydoniga olib chiqish maqsadida 1995 y. Toshkanboy Egamberdiev nomidagi xalqaro xayriya jamg&#8217;armasi tashkil etildi. T. &#171;Ikkinchi xotin&#187; (1927), &#171;Mardlar maydoni&#187; (1953), &#171;dorbozlar&#187; (1965), &#171;ikki dil dostoni&#187; (1966), &#171;Havo piyodalari&#187; (1980), &#171;To&#8217;ylar muborak&#187; (1982) filmlarida qatnashgan. T. haqida &#171;sahnada \u2014 o&#8217;zbek tsirki&#187; (Germaniya), &#171;maydonda \u2014 milliy tsirk&#187; (Rossiya), &#171;dorboz Toshkanboevlar&#187;, &#171;O&#8217;zbek tsirki&#187;, &#171;tomosha davom etadi&#187; hujjatli filmlari ishlangan. Hoz. kunda T. sulolasining beshinchi va oltinchi avlodi faoliyat ko&#8217;rsatib kelmoqda. Ad.: Obidov T., Dorbozlar qissasi, T., 1966. Po&#8217;lat Toshkanboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkanboevlar &#8212; o&#8217;zbek dorbozlari sulolasi. O&#8217;zbek tsirkining shakllanishi va milliy dorbozlik san&#8217;atining rivojiga katta hissa qo&#8217;shgan tsirk san&#8217;atkorlari. Toshkanboy Egamberdiev (1866.3.3 \u2014 Asaka \u2014 1963.9.2) \u2014 sulola asoschisi. O&#8217;zbekiston va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkanboevlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130862","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130862","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130862"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130866,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130862\/revisions\/130866"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130862"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130862"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}