{"id":130876,"date":"2024-06-09T19:32:50","date_gmt":"2024-06-09T16:32:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130876"},"modified":"2024-06-09T19:32:55","modified_gmt":"2024-06-09T16:32:55","slug":"toshkent-qozgoloni-vabo-isyoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkent-qozgoloni-vabo-isyoni\/","title":{"rendered":"Toshkent qo&#8217;zg&#8217;oloni, vabo isyoni"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshkent qo&#8217;zg&#8217;oloni, vabo isyoni (1892.24.6) \u2014 podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon. 1892 y. may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Yangi shaharda 417, eski shaharda 1462 bemor aniqlangan. Podsho hukumati ma&#8217;murlari uning fojeali oqibatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko&#8217;ra boshladi: 7 iyunda shahar ma&#8217;muriyati 12 eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganini e&#8217;lon qilgan. Lekin mustamlaka ma&#8217;muriyati bu to&#8217;g&#8217;rida aholi o&#8217;rtasida tushuntirish ishlari olib bormagan, musulmonchilik odatlari, marosim qonunqoidalarini hisobga olmagan. Va&#8217;da qilingan 4 ta yangi qabriston o&#8217;rniga faqat bittasi ochilgan. Vabodan o&#8217;lganlarni vrachning ruxsatisiz ko&#8217;mmaslik buyurildi hamda ularni shahar ichidagi mozorlarga dafn etish taqiqlandi. Kasal bo&#8217;lib vafot etganlar qaysi kiyimda bo&#8217;lsa, o&#8217;sha kiyimi bilan chuqur qazilgan qabrga qo&#8217;yilib, ustidan ohak sepib belgilab qo&#8217;yildi. Buning ustiga o&#8217;lganlarga janoza o&#8217;qish, yaqin qarindoshlarning mozorga borishi ham takiklandi. Marhumlarni urfodatga ko&#8217;ra, ko&#8217;mish g&#8217;oyat mushkul yumushga aylandi. Odamlar o&#8217;likni eski qabristonlarga olib borib ko&#8217;mishga majbur bo&#8217;ldilar. Polisiya bundaylarni topib hibsga ola boshlagan. Bu sabr kosasi to&#8217;lib turgan xalqni qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarishiga turtki bo&#8217;ldi. Xaloyiq (mingga yaqin kishi) eshonlardan Azizyor, Abulqosimxo&#8217;ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va b. tanikdi kishilar boshchiligida 24 iyunda tayoq, ketmon, tosh va h.k. bilan qurollanib shahar boshlig&#8217;i Mahkamasiga bostirib bordi. Bu erda Toshkent hokimi S. R. Putintsev va oqsoqol Muhammad Yoqubga qarshi hujum qildilar. Oqsoqol xalqqa dag&#8217;dag&#8217;a qila boshlagach, uning boshiga toshlar yog&#8217;ilgan. Mashhur &#171;toshotar voqeasi&#187; boshlangan. Oqsoqol hokimning idorasiga yashiringan. Xalq Putintsevdan oqsoqolni tutib berishni talab qilgan. Putintsev to&#8217;pponchasini chiqarib dag&#8217;dag&#8217;a qilishga o&#8217;tgan. Sabr kosasi to&#8217;lgan xalq Putintsev va uning mirshablarini do&#8217;pposlagan, mahkamani ostinustun qilgan. Shu onda Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Grodekov boshchiligidagi askarlar kelishi tufayli qo&#8217;zg&#8217;olonchilar chekinishga majbur bo&#8217;ldilar. Rus askarlar qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning orqasidan Quva boshlagach, noiloj qolgan olomon Anhor suviga o&#8217;zini tashladi. Ertasiga Anhordan 80 kishining o&#8217;ligi topildi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning qolgan qismi Eski shaharga qochib bordi. Jome masjidi oldida tuplangan olomon bu erga ketma-ket etib kelgan Grodekov boshchiligidagi askarlarni toshbo&#8217;ron qildi. Bunga javoban o&#8217;q uzildi va 10 kishi halok bo&#8217;ldi, ko&#8217;pchiligi yaralandi. Shu ravihda qo&#8217;zg&#8217;olon bostiriddi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning bir qismi oqsoqol Muhammad Yoqubning shahar hovlisini va bogini yoqib yubordi. Rus ma&#8217;muriyati qo&#8217;zg&#8217;olon qatnashchilaridan 60 kishini sudga berib, 3 kishini o&#8217;limga va 20 kishini turli muddatlar bilan qamoq jazosiga hukm qildi. Qo&#8217;zgolon vabo tarqalishi va unga qarshi xukumat choralari amalga oshirilayotgan paytda yuzaga kelganligi uchun tarixiy manbalarda &#171;vabo isyoni&#187; nomida yuritilgan. Aslida esa u podsho hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmiga qarshi qaratilgan xalq harakati edi. Toshkentdagi bu qo&#8217;zg&#8217;olon tarixda o&#8217;zbek xalqining o&#8217;z mustaqilligi va erkinligi uchun olib borgan yirik qo&#8217;zg&#8217;olonlaridan biri bo&#8217;lib qolgan. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Karimov Sh., Shamsutdinov R., Turkiston Rusiya bosqini davrida, Andijon, 1995. Xurshida Yunusova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent qo&#8217;zg&#8217;oloni, vabo isyoni (1892.24.6) \u2014 podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon. 1892 y. may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkent-qozgoloni-vabo-isyoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130876","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130876","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130876"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130876\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130879,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130876\/revisions\/130879"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130876"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130876"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130876"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}