{"id":130915,"date":"2024-06-09T19:41:30","date_gmt":"2024-06-09T16:41:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130915"},"modified":"2024-06-09T19:41:33","modified_gmt":"2024-06-09T16:41:33","slug":"toychi-hofiz-toshmuhamedov-mulla-toychi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toychi-hofiz-toshmuhamedov-mulla-toychi\/","title":{"rendered":"To&#8217;ychi Hofiz, Toshmuhamedov Mulla To&#8217;ychi"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;ychi Hofiz, Toshmuhamedov Mulla To&#8217;ychi (1868 \u2014 Toshkent\u2014 1943.1.6) \u2014 xonanda, o&#8217;zbek ashulachilik san&#8217;atining yirik namoyandasi, O&#8217;zbekiston xalq hofizi (1927). Eski maktabda o&#8217;qigan (1878-84). Hofiz, Navoiy, Mashrab, Bedil, Fuzuliy kabi mumtoz shoirlarning ijodi bn yaqindan tanishib, ularning g&#8217;azallari bn ashulalar ijro etgan. T.h. yoshligidan amakisi Qo&#8217;chqor otadan ashula aytish sirlarini o&#8217;rgangan. Taniqli hofizlardan Abduqahhor, Saidahmad, Nazirxonlar bn hamnafaslikda &#171;qo&#8217;shiq bazmi&#187; kechalarini tashkil etgan. Dastlabki repertuaridan &#171;Ey dastai gul, Marhabo&#187;, &#171;Fig&#8217;on&#187;, &#171;shitob aylab&#187; kabi ashulalar o&#8217;rin olgan. Shojalil Hofiz, Shobarot tanburchi jo&#8217;rligida &#171;ShahnozGulyor&#187; ashulalar turkumi T.h.ga Shuhrat keltirgan (1890). Keyinchalik uning dovrug&#8217;i Turkiston o&#8217;lkasining hamma shaharlariga taralgan. T. h.o&#8217;ziijroetganashulalarnibirinchilar qatori gramplastinkaga yozdirgan, &#171;Grammofon&#187; jamiyatining &#171;Pishuhiy Amur&#187; firmasi (Riga, 1905; Skobelev, 1911) undan 25 ta ashula, jumladan, &#171;ilg&#8217;or&#187;, &#171;Xisrav&#187;, &#171;Suvora&#187; (uchalasi ham 2 qismli), &#171;bobo Ravshan&#187;, &#171;yangi kurd&#187;, &#171;avji kurd&#187; va b.ni yozib olgan. T. h. 1908-10 y.larda Farg&#8217;ona vodiysidan bo&#8217;lgan Adolatxon, Mozidaxon kabi ayol xonandalar ijrosidagi ko&#8217;shiqlarni ham birinchi marta gramplastinkaga yozdirgan. Uning tashabbusi bn Andijon, Farg&#8217;ona, Xo&#8217;jand va b. shaharlarda grammofon va plastinka do&#8217;konlari tashkil etilib (1906-12), ularda uzbek, rus va b. tillarda kuy, qo&#8217;shiq va ashulalari yozilgan plastinkalar sotilgan. T. h. Eron, Turkiya, Italiya, Misr, Hindiston (1900)da va Sharqiy Turkiston (1913-14) sh.larida bo&#8217;lib, o&#8217;z ijrochilik mahoratini namoyish qilgan. O&#8217;zbekistonda mahalliy xalq musiqa ansambllari tashkil etishda, 1920 y. larda sahnalashtirilgan &#171;Farhod va Shirin&#187;, &#171;Layli va Majnun&#187; spektakllariga musiqa tanlashda faol ishtirok etgan. 1927 y.dan umrining oxirigacha O&#8217;zbekiston Radioqo&#8217;mitasi o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;u ansamblida ustoz xonanda, shuningdek, O&#8217;zbek davlat filarmoniyasining etakchi xonandasi bo&#8217;lgan. T.h. aytgan o&#8217;zbek mumtoz ashulalari \u2014 &#171;Bayot&#187;, &#171;Fig&#8217;on&#187;, &#171;Ushshoq&#187;, &#171;Segoh&#187;, &#171;Girya&#187;, &#171;Ilg&#8217;or&#187;, &#171;Suvora&#187;, &#171;Chorgoh&#187;, &#171;Ko&#8217;cha bog&#8217;i&#187;, &#171;Taronai Dugoh&#187; (&#171;Dugohi Xusayniy&#187; turkumining taronasi) va b. o&#8217;zbek musiqa madaniyatida muhim o&#8217;rin tutadi. T.h. ashulalari talqin etilishi, jumlalarining maromiga etkazib aytilishi, qochirimlarga boyligi, o&#8217;zbek musiqa an&#8217;anasidagi mumtoz ijro uslubi, ovozning kuchliligi bn o&#8217;ziga xosdir. Ayniqsa, noyob zebolik bn Navoiy g&#8217;azali (&#171;Qaro ko&#8217;zum&#187;)ga ijro etgan &#171;Ushshoq&#187; hofizlik san&#8217;ati yuksak namunasiga aylangan. T.h. Moskvada o&#8217;tkazilgan q.x. ko&#8217;rgazmasi (1923) va O&#8217;zbek san&#8217;ati dekadasi qatnashchisi (1937). T. h. repertuaridagi ashula matnlarining ko&#8217;pi shoir xislatning &#171;Armug&#8217;oni Xislat&#187; (T., 1912) bayoziga kiritilgan va bularning qaysi kuyda ijro etilishi ham ko&#8217;rsatilgan. Ittifoq radioqo&#8217;mitasi T. h.dan &#171;Bayot&#187; va &#171;Ushshoq&#187;ni (1937), San&#8217;atshunoslik inti (V. A. Uspenskiy) &#171;Chorgoh&#187;, &#171;Bayot&#187;, &#171;ko&#8217;cha bog&#8217;i&#187;, &#171;Suvora&#187; va b.ni yozib olgan. Sh. Shoumarov, Yunus va Rixsi Rajabiylar, K. Zokirov, B. Mirzaev va boshkalar T. h. ijrochilik an&#8217;analarining davomchilaridir. Toshkent Gramplastinkalar zdi va Qashqadaryo viloyati musiqali drama va komediya teatriga T.h. nomi berilgan. Vafotidan so&#8217;ng &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bn mukofotlangan (2000). Ad.: Nasriddinov B., To&#8217;ychi Hofiz, T., 1971. Baxriddin Nasriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;ychi Hofiz, Toshmuhamedov Mulla To&#8217;ychi (1868 \u2014 Toshkent\u2014 1943.1.6) \u2014 xonanda, o&#8217;zbek ashulachilik san&#8217;atining yirik namoyandasi, O&#8217;zbekiston xalq hofizi (1927). Eski maktabda o&#8217;qigan (1878-84). Hofiz, Navoiy, Mashrab, Bedil, Fuzuliy kabi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toychi-hofiz-toshmuhamedov-mulla-toychi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130915","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130923,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130915\/revisions\/130923"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}