{"id":130995,"date":"2024-06-09T20:03:45","date_gmt":"2024-06-09T17:03:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130995"},"modified":"2024-06-09T20:03:48","modified_gmt":"2024-06-09T17:03:48","slug":"tuproq-tasnifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tuproq-tasnifi\/","title":{"rendered":"Tuproq tasnifi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tuproq tasnifi \u2014 tuproklarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga bo&#8217;lish. Hoz. zamon genetic T. t. tuproq xrsil bo&#8217;lishi, rivojlanishi, evolyusiyasi jarayonlari va xususiyatlarini o&#8217;zida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi \u2014 tuproq genetic tipidir. Hoz. zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan bo&#8217;lib, ular o&#8217;z navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga bo&#8217;linadi. Tuproq diagnostikasi, ya&#8217;ni ob&#8217;ektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi bo&#8217;lib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi. Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, o&#8217;rmonchilik va b.) jihatdan gurug&#8217;larga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro T.t. ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968-74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib Ko&#8217;rildi. O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sug&#8217;oriladigan tuproklar tarzida tasniflanadi. Yangi T.t.da sug&#8217;orish ta&#8217;sirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan o&#8217;zgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sug&#8217;orish ta&#8217;sirida o&#8217;zgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari e&#8217;tiborga olinadi. Zonal joylanish holati sug&#8217;oriladigan tuproqning ma&#8217;lum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini ko&#8217;rsatadi. Shunga ko&#8217;ra, O&#8217;rta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qo&#8217;ng&#8217;ir, qumli cho&#8217;l, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yo&#8217;ldosh o&#8217;tloqi, botqoqio&#8217;tloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan ch>;l zonasi sifatida qaraladi. Balandlik mintaqasi sistemasining quyi qismi \u2014 tog&#8217;oldi va tog&#8217;etagi tekisliklarida och tusli tipik va to&#8217;q tusli sur tuproqlar, Daryo vodiylari hamda sazlarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, o&#8217;tloqi, botqoqio&#8217;tloqi va botqoqi tuprokdari rivojlangan. Bu zona va mintaqachar sharoitida rivojlangan sug&#8217;oriladigan tuproqlar profilida tabiiy zonal tuproqning ba&#8217;zi belgi va xususiyatlari saklanadi. Shu asosda sug&#8217;oriladigan tuproqlarning quyidagi tiplari ajratilgan (1974): cho&#8217;l zonasining o&#8217;tloqivoha, botqoqivoha va taqirli voha; sur tuproklar mintaqasining o&#8217;tloqivoha; botqoqivoha, sur voha tuprokdari. Voha tuproqlarining rivojlanish etapi yoki bosqichlari tipchalar bilan ifodalanadi. Tuproklar o&#8217;zining tabiiy tuproq belgilarini saklagan holda, ya&#8217;ni tip darajasida sugoriladigan sur tuproqlar, sug&#8217;oriladigan sur tusli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproklar va shu kabi deb, agar tuprokda yangi sharoitga xos bo&#8217;lgan belgilar paydo bo&#8217;lsa, tipcha darajasiga bo&#8217;zvoha, taqirli voha tuproklar va shu kabi deb ataladi. Bundan ham kichik taksonomik birlikka, ya&#8217;ni turkum va xillarga sho&#8217;rlanish, sho&#8217;rtoblanish, tuproq hosil qiluvchi ona jins, granulometrik tarkibiga qarab ajratiladi. Ad.: Azimboev S, tuproq va uning turlari, T., 1986. Sobirjon Azimboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tuproq tasnifi \u2014 tuproklarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga bo&#8217;lish. Hoz. zamon genetic T. t. tuproq xrsil bo&#8217;lishi, rivojlanishi, evolyusiyasi jarayonlari va xususiyatlarini o&#8217;zida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tuproq-tasnifi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131002,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130995\/revisions\/131002"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}