{"id":131121,"date":"2024-06-10T17:29:01","date_gmt":"2024-06-10T14:29:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131121"},"modified":"2024-06-10T17:29:07","modified_gmt":"2024-06-10T14:29:07","slug":"glaukoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/glaukoma\/","title":{"rendered":"Glaukoma"},"content":{"rendered":"\n<p>Glaukoma (Yun. glaucos \u2014 och ko&#8217;k, ko&#8217;kimtir-yashil), ko&#8217;k suv, nazla \u2014 ko&#8217;z kasalligi; asosiy belgilari: ko&#8217;z ichi bosimining oshishi, ko&#8217;ruv maydo- nining torayishi va ko&#8217;ruv nervi Di- ski atrofiyasi. Birlamchi, ikkilamchi va b. G. farq qilinadi. Birlamchi G. mustaqil kasallik bo&#8217;lib, u ko&#8217;z ichi bo- simi boshqarilishi va ko&#8217;z ichi suyuqligi chiqishining buzilishidan yuzaga keladi. Asosan 35-40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Ko&#8217;z ichki burchagining holatiga qarab yopiq burchakli, ochiq burchakli va aralash burchakli shakllarda bo&#8217;ladi. Yopiq burchakli g.da ko&#8217;pincha bemor- ning bir ko&#8217;zi va boshining o&#8217;sha tomoni dapqir-dapqir og&#8217;rib qo&#8217;yadi, ko&#8217;z xirala- shadi, yorug&#8217;ga qaraganda yoysimon doira ko&#8217;rinadi. Vaqt o&#8217;tishi b-n ko&#8217;z va pesho- nadagi og&#8217;riq kuchayib, bemorning ko&#8217;ngli aynib, qayt qiladi, ko&#8217;zi qizarib yoshla- nadi; ko&#8217;z oldida joylashgan qon tomir- lar kengayadi. Muguz parda xiralashadi, ko&#8217;zning old qismi sayozlashadi, qorachiq kengayib, yorug&#8217;dan torayish xususiyati yo&#8217;qoladi, ko&#8217;kimtir-zangori rangga ki- radi. Ko&#8217;z ichi bosimi keskin oshib, ko&#8217;z soqqasi qattiqlashadi. G.ning o&#8217;tkir Xu- ruji ro&#8217;y beradi. Ochiq burchakli g. b-n xastalangan bemor anchagacha ko&#8217;zidan shi- koyat qilmasligi mumkin. Ko&#8217;z ichi bosi- mi oshadi-yu, lekin og&#8217;rigan ko&#8217;z sog&#8217;idan deyarli farq qilmaydi; bosim ortgan sari ko&#8217;ruv nervi va to&#8217;r parda ezilib, ularda qon aylanishi qiyinlashadi, na- tijada ko&#8217;rish maydoni torayib, ko&#8217;rish yomonlashadi. Aralash burchakli g. aso- san gonioskopiya usuli b-n aniqlanadi. Ikkilamchi G. ayrim ko&#8217;z kasallikla- rining (uveit, ko&#8217;z gavhari kasalli- klari, qon tomir kasalliklari, ko&#8217;z soqqasining shikastlanishi, distrofi- yasi va o&#8217;smasi) asorati sifatida vujud- ga keladi. Tug&#8217;ma va o&#8217;smir yoshdagilar G.si ko&#8217;z ichki burchagining norasoligi va to&#8217;qimalar rivojlanishidagi ay- Rim nuqsonlar tufayli paydo bo&#8217;ladi. Ko&#8217;z ichi bosimi normada 18-26 mm si- mob ustuniga teng. Agar u 26 mm dan oshsa, maxsus tekshiruvlar o&#8217;tkazib g.ni vaqtida aniqlash lozim. Kasallikning oldini olish uchun yoshi 40 dan oshgan kishilarning ko&#8217;z ichi bosimi munta- zam tarzda yiliga bir marta o&#8217;lchanib turishi kerak. Ko&#8217;z ichi bosimi oshsa, ko&#8217;z yoki bosh og&#8217;risa, ko&#8217;rish yomonlash- sa, darhol vrachga ko&#8217;rsatish lozim. G.ning har bir shaklida boshlang&#8217;ich, ri- vojlangan, o&#8217;tib ketgan va terminal bosqichlar kuzatiladi. G.ning o&#8217;tkir Xu- rujida ko&#8217;z ichi bosimini tushiruvchi mahalliy va umumiy davo buyuriladi. Agar ko&#8217;z ichi bosimi hadeganda tusha- vermasa (24 soat davomida) jarrohlik usuli qo&#8217;llaniladi. G.ning barcha turla- rini davolash uchun avval doridarmonlar buyuriladi. Agar davolashga qaramay ko&#8217;z ichi bosimi doimo oshib tursa, ko&#8217;rish maydoni toraysa, lazer nurlari yoki mikroxirurgiya usullari b-n ko&#8217;z ope- rasiya qilinadi. Bu usullar qancha erta qo&#8217;llanilsa, ko&#8217;rishni shuncha yaxshi va uzoq, muddat saqlash imkoniyati tug&#8217;iladi. G. b-n xastalangan bemor ma&#8217;lum tartib- ga rioya qilishi lozim. Ko&#8217;proq sutli va sabzavotli ovqatlar tanovvul qilish, mehnat sharoitini engillashtirish, tunda bajariladigan ishni kunduzi va yorug&#8217;joylarda, vaqt-vaqti b-n dam olib qilish tavsiya etiladi. Asabiy (aqliy) va jismoniy zo&#8217;riqish, boshni engashti- rib ishlash, suyuqlikni ko&#8217;p iste&#8217;mol qilish, achchiq choy, kofe va spirtli ichim- liklar ichish tavsiya etilmaydi. G.ning oldini olishda dispanserizasiya yo&#8217;li juda qo&#8217;l keladi, bunda kasallikni erta aniqlash va bekamu ko&#8217;st davolash mumkin. Ad.: Hamidova M.X., Boltoeva Z.K., Ko&#8217;z kasalliklari, T., 1996. Xolidjon Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Glaukoma (Yun. glaucos \u2014 och ko&#8217;k, ko&#8217;kimtir-yashil), ko&#8217;k suv, nazla \u2014 ko&#8217;z kasalligi; asosiy belgilari: ko&#8217;z ichi bosimining oshishi, ko&#8217;ruv maydo- nining torayishi va ko&#8217;ruv nervi Di- ski atrofiyasi. Birlamchi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/glaukoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131121"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131129,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131121\/revisions\/131129"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}