{"id":131174,"date":"2024-06-10T17:47:25","date_gmt":"2024-06-10T14:47:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131174"},"modified":"2024-06-10T17:47:30","modified_gmt":"2024-06-10T14:47:30","slug":"gidroelektr-stantsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidroelektr-stantsiya\/","title":{"rendered":"GIDROELEKTR STANTSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>GIDROELEKTR STANTSIYA (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika in- shootlari va energetika jihozlari maj- mui. Gidrotexnika inshootlari to&#8217;g&#8217;on yonidagi, derivasion va aralash turlar- ga bo&#8217;linadi. To&#8217;g&#8217;on yonidagi GESlarda to&#8217;g&#8217;on yordamida suv sathi ko&#8217;tarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES bi- nosi 3 xil joylashtiriladi: 1) to&#8217;g&#8217;on yonida; 2) to&#8217;g&#8217;ondan chetrokda; 3) to&#8217;g&#8217;ondan pastda, Daryo o&#8217;zanida. To&#8217;g&#8217;on yonida va Daryo o&#8217;zanida quriladigan GES lar- da suv bosimini to&#8217;g&#8217;on hosil qiladi. Bunday GES lar suvi ko&#8217;p bo&#8217;lgan, tekis oqadigan tog&#8217;daryolariga, soyliklar- ning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamo&#8217;yin va Chordara GES- larini ko&#8217;rsatish mumkin. Derivasion (GES ning st-ya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib ke- linadigan) GESlar o&#8217;rta va yuqori bo- simli bo&#8217;lib, bosim derivasiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Bo&#8217;zsuv kanali- dagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivasiya kana- li yordamida hosil qilinadi. GES in &#8212; shootlari majmuiga Daryo o&#8217;zanini to&#8217;sib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (to&#8217;g&#8217;on), GES binosiga suv etkazib bera- digan kanal, st-ya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfi- ni tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. Avto- matik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr ener- giyaga aylantirib beradigan gidroagre- gat (turbina b-n generator) o&#8217;rnatilgan mashina zali va foydalanib bo&#8217;lingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshoot- lari b-n GES turbinalariga keltiril- gan suv turbinaning ish g&#8217;ildiragini, unga o&#8217;rnatilgan o&#8217;qni va o&#8217;q b-n birik- tirilgan generatorni aylantirishi na- tijasida elektr energiya hosil bo&#8217;ladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vo- sitasida iste&#8217;molchilarga etkazib be- riladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomat- lashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qo&#8217;shni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GES ning belgilangan quvvatiga ko&#8217;ra kam (5 MVt gacha), o&#8217;rta (5-25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga bo&#8217;linadi. Daryoning energeti- ka resurslaridan to&#8217;laroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, ya&#8217;ni Daryo oqimi bo&#8217;yicha ma&#8217;lum masofada joy- lashtiriladi. Bunday GES kaskadla- riga O&#8217;zbekistondagi Toshkent (Bo&#8217;zsuv, Bo&#8217;rijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Bo&#8217;zsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); O&#8217;rta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, G&#8217;azalkent); Shahrixon (GES- 5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YuFK-3); Samarkand (GES-1B, GES- 2B, GES-zb, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumu- lyasiyalovchi elektr stantsiya (GAES) va ko&#8217;tarilish suv elektr stantsiya (PES) alohida o&#8217;rin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda ko&#8217;p energiya ta- lab qiladigan (tig&#8217;iz) vaqtlardagi ener- giyani to&#8217;ldirib turish uchun quriladi. GAES ning energiyani akkumulyasiyalash xususiyati energetik tizimdagi ba&#8217;zi vaqt oralig&#8217;ida bo&#8217;sh bo&#8217;lgan elektr ener- giyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tig&#8217;iz vaqtda esa yig&#8217;ilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitasiya kuchlari suv mas- sasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam ko&#8217;gariladi, dam pasayadi. Ana shu ko&#8217;tarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bu- larda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yo&#8217;q. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensasiey elektr stantsiya (kes), issiqlik elektr marka- zi (tes), atom elektr stantsiya (AES) b-n bir tizimda ishlaydi. Bunda energosi- stemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, ko&#8217;p energiya talab qiladigan (tig&#8217;iz) vaqtlarida ishlaydigan bo&#8217;lishi mumkin. GES lar elektr energiya berish b-n birga Daryo o&#8217;zanini loyqalanishdan asraydi, ko&#8217;plab ekin maydonlarini sug&#8217;orishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika) Soli Majidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GIDROELEKTR STANTSIYA (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika in- shootlari va energetika jihozlari maj- mui. Gidrotexnika inshootlari to&#8217;g&#8217;on yonidagi, derivasion va aralash turlar- ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidroelektr-stantsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131174","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131174","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131174"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131174\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131181,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131174\/revisions\/131181"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131174"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131174"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131174"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}