{"id":131180,"date":"2024-06-10T17:47:34","date_gmt":"2024-06-10T14:47:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131180"},"modified":"2024-06-10T17:47:43","modified_gmt":"2024-06-10T14:47:43","slug":"gidrotexnika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidrotexnika\/","title":{"rendered":"Gidrotexnika"},"content":{"rendered":"\n<p>Gidrotexnika (gidro&#8230; va texni- ka) \u2014 texnikaning suv resurslari (Daryo, ko&#8217;l, dengiz, okean, er osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xo&#8217;jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidro- texnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari b-n shug&#8217;ullanadigan sohasi. G. fan sifatida gidrologiya, gi- drogeologiya, gidravlika, gidromexani- ka, tuproq mexanikasi, qurilish mexa- nikasi, muxandislik geologiyasi va b.ga tayanadi. G. suv oqimlarining gidrotex- Nika inshootlari va o&#8217;zanlarga ta&#8217;siri- ni, suvning o&#8217;piruvchi, emiruvchi ta&#8217;sir- laridan himoyalash usullarini o&#8217;rganadi; daryolar oqimini rostlash usullarini ishlab chiqadi; gidrotexnika inshootla- ri va asoslarining chidamlilik nazari- yasini ishlab chiqadi va b. G. sohasidagi nazariy izlanishlar gidrotexnika in- shootlarini lab.larda modellarini yasab, sinovdan o&#8217;tkazib, ularni hisoblash va qurish usullarini yaratishga imkon beradi. G. amaliyotda suv energiyasidan foydalanish (q. Gidroenergetika), q. x. erlarini meliorasiyalash, sanoat va b. ob&#8217;ektlarni suv b-n ta&#8217;minlash, aholi yashaydigan punktlar va korxonalarning hududlaridan ortiqcha, oqova va iflos- langan suvlarni chiqarib yuborish (q. Ka- nalizasiya), aholi yashaydigan punktlar, korxonalar, inshootlar va q. x. erlarini toshqinlardan saklash b-n shug&#8217;ullanadi. G. qadim zamonlarda paydo bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekistonda ham qadimdan korizlar, sardobalar, to&#8217;g&#8217;onlar, qaynamalar, AK- veduklar, kanallar qurilgan, erning sho&#8217;ri yuvilgan, Sirdaryo va Amudaryo vo- diylarida gidrotexnika inshootlari barpo qilingan. Sirdaryoning tog&#8217;va tog&#8217;etagi qismlarida katta-kichik soy (Chortoqsoy, Kosonsoy, Isfaramsoy, Shohimardonsoy) va daryolar (Isfara, Chirchiq, Ohangaron)da ko&#8217;pgina kanal- lar qurilib, dehqonchilik qilishgan. Sirdaryo havzasidagi bir qancha soy (Shahrixonsoy, Marg&#8217;ilonsoy, An- dijonsoy) va kanal (zax, Iskandar, Bo&#8217;zsuv, Salor, Xon va b.)lar, Surxon- Daryo, Qashqadaryo va Zarafshon vodiy- larida, Janubiy Xorazm hamda qora- qalpog&#8217;istonda qurilgan bir qancha kanal va inshootlar bizgacha saqlanib kelgan. Sharqning ulug&#8217;allomasi Axmad al- Farg&#8217;oniy Nil daryosiga suv sathini o&#8217;lchaydigan g. inshootini qurgan. O&#8217;rtaosiyolik Muhammad Latif o&#8217;g&#8217;li Hasan 18\u2014 19-a.larda Samarqandda Obirahmat arig&#8217;ini, Zarafshonda ming- dona arig&#8217;ini qazdirgan va 445 ga erga suv chiqargan. G&#8217;uzordagi dasht erlarga koriz qazdirib, 800 tanob erni o&#8217;zlashtirgan. Xorazm, Turkmaniston, Zarafshon vo- diysi va b. joylarda muhandislik echimi nihoyatda mukammal bo&#8217;lgan qadimiy to&#8217;g&#8217;onlar, kanallar va gidro- texnika inshootlari barpo etilgan. O&#8217;zbekistan Respublikasida G. fanini rivojlantirishga O&#8217;rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot in-ti (sani-iri), O&#8217;zbekiston Respublikasi FA ning suv muammolari in-ti, Toshkent irrigasiya va q. x.ni mexanizasiyalash muhandislari in-ti va bir qator loyihalash in-tlari olimlari (R.A. Alimov, A.M. Muxame- dov, Z.R. Husanxo&#8217;jaev, P.P. Abduraupov, X.A. Irmuhamedov, E.J. Mahmudov, X.A. Ismoilov, M.R. Baqoev, V.A. Skrilni- kov va b.) salmokli hissa qo&#8217;shdilar. O&#8217;zbekistonda 53 suv ombori, 41 GES, 1456 nasos st-yasi, 134 ming km zovurlar, 30 ming km xo&#8217;jaliklararo kanallar, 156 ming km ichki tarmoq kanallari qurilgan bo&#8217;lib, 4,3 mln. ga er maydonini sug&#8217;oradi. Masharip Baqoev, Shavkat Rahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gidrotexnika (gidro&#8230; va texni- ka) \u2014 texnikaning suv resurslari (Daryo, ko&#8217;l, dengiz, okean, er osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xo&#8217;jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidrotexnika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131180","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131180","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131180"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131180\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131187,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131180\/revisions\/131187"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131180"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131180"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131180"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}