{"id":131323,"date":"2024-06-10T18:13:32","date_gmt":"2024-06-10T15:13:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131323"},"modified":"2024-06-10T18:13:36","modified_gmt":"2024-06-10T15:13:36","slug":"gviana-frantsiya-gvianasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gviana-frantsiya-gvianasi\/","title":{"rendered":"Gviana, Frantsiya Gvianasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Gviana, Frantsiya Gvianasi (Guyane) \u2014 Jan. Amerikaning shim.- sharqidagi mamlakat. Frantsiya mul- ki (&#171;dengiz ortidagi departamenta&#187;). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-y.lar oxirlari), asosan kre- ol, indeys va negrlar. Axrlisining yarmi G.ning ma&#8217;muriy markazi \u2014 Kayenna sh.da yashaydi. Rasmiy til \u2014 frantsuz tili. Tabiati. G. Gviana yassitog&#8217;ligining shim.-sharqida joylashgan. Er yuzasining o&#8217;rtacha bal. 300-400 m, eng baland joyi 850 m. Iklimi subekvatorial, issiq va sernam. O&#8217;rtacha oylik t-ra 26-28\u00b0. Yillik yog&#8217;in 3200-3500 mm. Asosiy da- ryolari: Maroni, Oyapoki. G. hududining 90%i qimmatbaho yogoch beradigan ser- nam tropik o&#8217;rmonlar b-n qoplangan. Tarixi. Qadimdan G. hududida ovchilik, baliq ovlash, yovvoyi o&#8217;simlik mevalari- ni yig&#8217;ish b-n kun kechiruvchi ko&#8217;chmanchi indeyslar yashagan. G.ni dastlab 1604 y.da frantsuzlar bosib olgan va bu erda 1634 y.da Kayenna sh.ni barpo etgan. G. hududi 17-a. o&#8217;rtalaridan 19-a boshlarigacha Frantsiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Niderlandiya davlatlari o&#8217;rtasida talash bo&#8217;lib keldi. 1817 y.dan frantsuzlar g.da mustahkam o&#8217;rnashib oldilar. 18-a. oxi- ridan 20-a. boshigacha g. frantsuz siyosiy mahbuslari surgun qilinadigan joy bo&#8217;lgan. 1946 y. 19 martda g.ning mustam- laka maqomi Frantsiyaning dengiz orti- dagi depertamenti qilib o&#8217;zgartirildi. Xo&#8217;jaligi. Aholining asosiy mashg&#8217;uloti \u2014 dehqonchilik. Mahsuloti eksport qilinadigan ekinlardan shakarqamish (asosan rom tayyorlash uchun), kofe, kakao, banan; ichki ehtiyojlar uchun makkajo&#8217;xori, sholi, tsitrus me- valar va sabzavot etishtiriladi. Qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi. Okeandan dengiz hayvonlari, baliq ovlanadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: ol &#8212; tin qazib chiqarish, yog&#8217;och tayyorlash. Oltin eksport mollari qiymatining qariyb yarmini, yog&#8217;och 1\/4 qismini tash- kil etadi. Oziq-ovqat, yog&#8217;ochsozlik sa- noati korxonalari bor. Chetga krevetka (qisqichbaqaning mayda turi), Push- ti daraxt ekstrakti, xom teri, balik, moyi chiqaradi. Chetdan qurilish ma- teriallari, yoqilg&#8217;i, matolar, turli jihozlar keltiriladi. Tashki savdo asosan Frantsiya b-n olib boriladi. Dengiz va havo yo&#8217;llari orqali Fran- tsiya, Angliya, AQSh va b. mamlakatlar b-n bog&#8217;langan. Kuru sh. yaqinida Frantsiya- ning kosmik tadqiqotlar bo&#8217;yicha mil- liy markazi va kosmodrom joylashgan. Pul birligi \u2014 Frantsiya franki.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gviana, Frantsiya Gvianasi (Guyane) \u2014 Jan. Amerikaning shim.- sharqidagi mamlakat. Frantsiya mul- ki (&#171;dengiz ortidagi departamenta&#187;). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-y.lar oxirlari), asosan kre- ol, indeys &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gviana-frantsiya-gvianasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131323","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131323","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131323"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131323\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131327,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131323\/revisions\/131327"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131323"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131323"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131323"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}