{"id":131374,"date":"2024-06-10T18:29:43","date_gmt":"2024-06-10T15:29:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131374"},"modified":"2024-06-10T18:29:47","modified_gmt":"2024-06-10T15:29:47","slug":"toglar-togli-olkalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toglar-togli-olkalar\/","title":{"rendered":"Tog&#8217;lar, tog&#8217;li o&#8217;lkalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Tog&#8217;lar, tog&#8217;li o&#8217;lkalar \u2014 er yuzasining tevarakatrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator ko&#8217;tarilib turgan baland joylari. T. turli yo&#8217;nalishda, har xil masofada to&#8217;g&#8217;ri chiziq shaklida (Ural, Katta Kavkaz, Kordilera, olay, Zarafshon va b.) yoki yoysimon shaklda (Alp, Karpat va b.) cho&#8217;zilgan bo&#8217;ladi. Tog&#8217;li o&#8217;lkalar Er po&#8217;stining burmali va burmalipalaxsali strukturaga ega, balandligi dengiz sathidan bir necha ming m gacha ko&#8217;tarilgan va o&#8217;z doirasida balandliklari keskin farq qiluvchi keng (bo&#8217;yi minglab, eni yuzlab km ga cho&#8217;zilgan) hududlaridir. Tog&#8217;li o&#8217;lkalarda tog&#8217;tizmalari, yakkayakka tog&#8217;lar, vodiylar, keng soyliklar ham mavjud. Tog&#8217;tizmalari har ikki tomondagi yon bag&#8217;irlari tik bo&#8217;lgan, uzunasiga cho&#8217;zilgan yirik relef shakllaridir. T. ning balandligi dengiz sathidan 200 m dan (qirlar, adirlar) boshlab bir necha km ga etishi mumkin. Mas., Er sharining eng baland nuqtasi Himolay tog&#8217;laridagi Jomolungma cho&#8217;qqisi (8848 m). T. yon atrofidagi tekisliklardan tog&#8217;etag i, ba&#8217;zan adirlar bilan ajralib turadi. Tog&#8217;etagi T. shaklining turiga qarab har xil ko&#8217;rinishda bo&#8217;lishi mumkin. T. relefining tarkibiy qismlari \u2014 tog&#8217; zanjirlari, ularning ayrim tarmoqlari \u2014 tizmalar, ular orasidagi tektonik cho&#8217;kmalar, qad. denudasion ko&#8217;tarilmalar va q.k.dan iborat. Morfologik jihatdan qor chizig&#8217;idan yuqori ko&#8217;tarilgan baland yoki Alp tipidagi (bal. 3000-5000 m dan ziyod) T. alohida ajralib turadi. Bunday T. relefi tik, muzlik hosil qilgan relef shakllari: qirlar, piramidasimon cho&#8217;qqilar, o&#8217;tkir qirrali tog&#8217;tepalari, tog&#8217;orasimon vodiylardan iborat bo&#8217;ladi. Bularga Kavkaz, Pomir, Tyanshan, Himolay, Alp, Kordilera tog&#8217;larini misol qilish mumkin. Alp tipli tog&#8217;lardan farqli ravishda, o&#8217;rtacha balandlikdagi (bal. 2000\u2014 3000 m) T.ning tepalari yumaloqroq, yon bag&#8217;irlari qiyaroq. Kopetdog&#8217;, O&#8217;rta va Shim. Ural, Karpat, Shvarsvald tog&#8217;lari o&#8217;rtacha balandlikdagi T. dir. Tashqi omillar, ichki va tashqi kuchlar ta&#8217;sirida T. emirilib, pasaya boradi, cho&#8217;kindilar ko&#8217;proq to&#8217;planadi, relef shakllari silliqlanadi. Balandligi dengiz sathidan 1000 \u2014 2000 m gacha ko&#8217;tarilgan bo&#8217;lsa past T. deyiladi: Qozog&#8217;iston past tog&#8217;lari, ChuIli, Jan. Tojikistondagi T. past tog&#8217;lardir. Tabiatda T. to&#8217;la ravishda emirilmay turib, yana ko&#8217;tarila boshlaydi va bunday o&#8217;zgarishlar bir necha marta takrorlanadi. Kelib chiqishiga ko&#8217;ra, tektonik, erozion va vulkanik T. farq qilinadi. Tektonik T. Er po&#8217;stining kuchli dislokasiyaga uchragan, asosan, geosinklinal sistemalar, ba&#8217;zida platformalarning jadal sur&#8217;atlarda ko&#8217;tarilishi natijasida vujudga keladi, bunda muvofiq ravishda epigeosinklinal va epiplatformalar ham shakllanadi. Ular burmali va palaxsali (uzilmali) T.ga bo&#8217;linadi. Burmali T. Er po&#8217;stining harakatchan zonalarida paydo bo&#8217;ladi. Palaxsali T. burmalangan zonalarda er po&#8217;sti burmalanmasdan ayrim palaxsalarga ajralgan, ularning bir qismi ko&#8217;tarilib gorstlar hosil qilgan, ikkinchi qismi cho&#8217;kib, grabenlarga aylangan. Shuning uchun tektonik T. burmalipalaxsali T. deb yuritiladi. Erozion T. dengiz sathidan baland ko&#8217;tarilgan va oqar suvlar ta&#8217;sirida chuqur o&#8217;yilib ketgan, gorizontal yotgan tog&#8217;jinslaridan tarkib topgan maydonlar, ya&#8217;ni parchalangan plato va yassitog&#8217;liklardan iborat. Vulkanik T., asosan, tektonik asos, yosh tog&#8217;li o&#8217;lka yoki qad. platformalar ustida yotgan va keng maydonlarga yoyilgan vulkan konuslari, LAVA oqimlari va tuf yotqiziqlaridan yuzaga keladi. Tog&#8217;larning yoshi geologik yosh va morfologik yoshga ajratiladi. T.ning geologik yoshi deb, uning geosinklinaldan dastlab ko&#8217;tarilgan vaqti tushuniladi. Jumladan, kaledon yoki gersin burmalanishidan g&#8217;osil bo&#8217;lgan T. Alp burmalanishidagi T.dan geologik jihatdan keksaroq hisoblanadi. Morfologik yosh relefning geologik rivojlanishi tarixi to&#8217;g&#8217;risida fikrlash imkonini beradi. Ko&#8217;tarilayotgan T. &#171;yosh&#187; hisoblanadi. Dengiz sathidan baland ko&#8217;tarilib turgan T.da atmosferaning turli qatlamlari joylashganidan, tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida iklim vertikal tarzda almashinib boradi va shu yo&#8217;sinda tog&#8217;li o&#8217;lkalar landshafti vertikal mintaqalarga ajralib turadi. Landshaft mintaqalari soni, ularning xususiyati, izchilligi va balandlik chegaralari turli tog&#8217;li o&#8217;lkalarda turlicha bo&#8217;lib, geografik kengligiga, shuningdek, T.ning balandligiga bog&#8217;liq. T.ni o&#8217;rganish katta amaliy ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tog&#8217;lar, tog&#8217;li o&#8217;lkalar \u2014 er yuzasining tevarakatrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator ko&#8217;tarilib turgan baland joylari. T. turli yo&#8217;nalishda, har xil masofada to&#8217;g&#8217;ri chiziq shaklida (Ural, Katta Kavkaz, Kordilera, olay, Zarafshon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toglar-togli-olkalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131374","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131374","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131374"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131374\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131391,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131374\/revisions\/131391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131374"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131374"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131374"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}