{"id":131404,"date":"2024-06-10T18:35:31","date_gmt":"2024-06-10T15:35:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131404"},"modified":"2024-06-10T18:35:35","modified_gmt":"2024-06-10T15:35:35","slug":"toshkent-tsirki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkent-tsirki\/","title":{"rendered":"Toshkent tsirki"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshkent tsirki &#8212; o&#8217;zbek va boshqa davlatlar tsirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik stasionar tsirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda tsirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va uy hayvonlarini o&#8217;rgatuvchi kishilar mahorati bilan boshlangani haqidagi tafsilotlar, rivoyatlar saklangan. Xalq sayillarida, bozor va guzarlarda dorboz va simbozlar, jonglyorlar, polvon va besuyaklar o&#8217;z san&#8217;atlarini namoyish etganlar. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan. 19-a. oxirida Toshkentda gastrolda bo&#8217;lgan F. Yupatov, V. Sobolevskiy, A. Farrux, R. Kapito, E. Gamkrelidze va b.ning antreprenyor truppalari muvaqqat binolarda tomosha ko&#8217;rsatgan. Toshkent yarmarkalarida bir vaktda 3-4 ta tsirk tomoshasi, jumladan, o&#8217;rgatilgan hayvonlar bilan ham tomosha ko&#8217;rsatilgan. Eski shaharda 10 ming tomoshabinga mo&#8217;ljallangan ochiq tsirk ishlab turgan. 1913 y.dan tsirk truppalarining tomoshalari &#171;Kolizey&#187; binosida ko&#8217;rsatila boshladi. 1914 y. oxirida voskresene bozori hududi (hoz. Navoiy maydoni) yaqinida F. Yupatovning yogochdan ishlangan stasionar tsirk binosi qurildi. Bu erda evropalik va rus artistlari bilan birga o&#8217;zbek artistlari, jumladan, Yusufjon qiziq Shakarjonov, akrobatchi, raqqosa, chavandoz E. Yupatova (go&#8217;zal Elena) va b. xam tomosha ko&#8217;rsatganlar. T.ts.ning birinchi badiiy rahbari va direktori \u2014 A.V. Lapiado (asl familiyasi Korolyov). 1928 y. Karim Zarifov &#171;Kizil Sharq&#187; (keyinroq &#171;kooperativ&#187;) tsirk truppasini tashkil etdi. 1930 y. O&#8217;rta Osiyo respublikalari va Qozog&#8217;iston tsirklari birlashtirilgan davlat tsirklari Markaziy boshqarmasi tuzildi. 1941-44 y.lar T.ts. qoshida Abdulla Gismatulin rahbarligidagi akrobatika studiyasi ishladi. 1942 y. oktyabrda o&#8217;zbek tsirki jamoasi tuzildi. Bu erda Yusufjon Qi^iq, dorbozlar \u2014 Toshkanboevlar, chavandozlar \u2014 Zarifovlar, Rahmonovlar, Xo&#8217;jaevlar, gimnastlar \u2014 Madalievlar, keyinroq qiziqchi va akrobat Yusupovlar, rus masxarabozlaridan g. Zastavnikov, P. Borovikov va b. ishladilar. 1950-56 y.larda T.ts. badiiy rahbari \u2014 Erkin Toshkanboev, 1976-90 y.lar Obidjon Toshkanboev. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin vaqtinchalik shapito tsirki ishlab turdi. 1975 y. Xadra maydonida 2597 o&#8217;rinli yangi T.ts. binosi qurib bitkazildi (arx. G. Aleksandrovich, G. Masyagin; muhandislar S. Berkovich, R. Muftaxov). Tsirk binosi ikki qismdan iborat: tomosha zali hamda uning atrofida joylashgan vestibyul, foye, garderob, bufetlar va xizmat xonalari. Bino echimida an&#8217;anaviy ustun \u2014 to&#8217;sinli ustun o&#8217;rniga hoshiya \u2014 halqali qurilma uslubining qo&#8217;llanilishi foyeni ustunlardan xoli kilishga va tomoshabinlar uchun qulay sharoit yaratilishiga imkon berdi. Shu bilan birga foye ikki xil balandlikda qurilgan; yuqoridagisi 7 metrli halqa konsol yordamida to&#8217;la aylana hosil qilib, katta bufet bilan birlashtirilgan. U serhasham zinapoyalar orqali pastki sathi bilan tutashtirilgan. Foye intererlari tsirk san&#8217;ati mavzuiga oid yorqin nur taratuvchi rangli vitraj bezaklar yordamida vazmin oqish tus ko&#8217;rinishiga ega. Foye, zalga kiriladigan yo&#8217;lakchalar milliy an&#8217;anaviy ganch o&#8217;ymakorligi, eshiklar yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi uslubida ishlangan. Po&#8217;lat Toshkanboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent tsirki &#8212; o&#8217;zbek va boshqa davlatlar tsirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik stasionar tsirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda tsirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va uy hayvonlarini o&#8217;rgatuvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toshkent-tsirki\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131404"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131418,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131404\/revisions\/131418"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}