{"id":131446,"date":"2024-06-10T18:44:43","date_gmt":"2024-06-10T15:44:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131446"},"modified":"2024-06-10T18:44:52","modified_gmt":"2024-06-10T15:44:52","slug":"toxarlar-toxorlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toxarlar-toxorlar\/","title":{"rendered":"Toxarlar, to&#8217;xorlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Toxarlar, to&#8217;xorlar \u2014 Markaziy Osiyoning kadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunonrim manbalarida toxar, Tagur (mil. AV. 1 \u2014 mil. 1-a.lar), keyinroq esa, ilk o&#8217;rta asrlarda hind manbalarida tukxara, Xitoy yilnomalarida tuxolo, qad. turk manbalarida toqar (to&#8217;qar), toxri (to&#8217;xri) shakllarida qayd etiladi. Ko&#8217;pchilik olimlar (E. V. Rtveladze, Yu. A. Zuev) T. ni hindevropa tillari oilasining alohida tarmog&#8217;i hisoblaydilar. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar (g. V. Bayle, V. Genning) esa ularni hindevropa til oilasining Eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, T. mil. AV. 2-a. o&#8217;rtalarida bir guruh ko&#8217;chmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, Jan.g&#8217;arbda YunonBaqtriya podsholigshsh bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. 1-a.) T.ni &#171;Baqtriyaning eng katta xalqi&#187; sifatida tilga oladi. Ilk o&#8217;rta asrlarda Baktriya o&#8217;lkasining Toxarispgon nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining ko&#8217;p sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini ko&#8217;rsatadi. Baqtriya o&#8217;lkasi qad. Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar so&#8217;zining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar. T. ning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti shim. Qora dengizbo&#8217;yi yoki Volgabo&#8217;yi dashtlari bo&#8217;lib, mil. AV. 3ming yillikda Old Osiyo orqali sharqqa, O&#8217;rta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga ko&#8217;ra, T. ning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston bo&#8217;lib, ular bu erning avtoxton (tub joy) aholisi bulgan va mil. AV. so&#8217;nggi asrlarda O&#8217;rta Osiyo va Baqtriyaga ko&#8217;chib o&#8217;tishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qad. Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunonrim manbalaridagi T.ni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hoz. Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini ta&#8217;kidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida T.ga mansub Braxmiy xatida bitilgan ko&#8217;plab qad. yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. 5-10-a. larda yaratilgan bo&#8217;lib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor ko&#8217;li atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. 3-4-a.larga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha suzlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini ko&#8217;rsatadi. 3. Validiy fikricha, ular asli uraloltoy xalqlariga mansub bo&#8217;lib, keyinchalik toxar etnonimi Sharqiy Turkistonga ko&#8217;chib kelgan hindevropaliklarning bir guruhi uchun qo&#8217;llanila boshlagan. Xususan, toxar etnonimining yasalishi uraloltoy tillariga xosdir. Ushbu til oilasiga mansub xalqlarda \u2014ar (er) &#171;odam&#187; ot yasovchi qo&#8217;shimchasi asosida ko&#8217;plab etnik nomlar vujudga kelgan. Jumladan, avar, majar (mojor), bulg&#8217;ar (bulg&#8217;or), tatar, xazar, Sabar kabi. Toxar etnonimi ham xuddi shu shaklda paydo bo&#8217;lgan, ya&#8217;ni toxarq&#187;toxQar&#187;. Shuningdek, Dunxuandan topilgan ilk o&#8217;rta asrlarga taalluqli &#171;SakXo&#8217;tanBrahma&#187; yozuvli &#171;qavmlar va geografik nomlar ro&#8217;yxati&#187;da Sharqiy turklarning besh Tardush urug&#8217;idan biri tugara etnonimini toxar bilan tenglashtiradilar. O&#8217;g&#8217;uzlarning bir urug&#8217;i bo&#8217;lgan to&#8217;gar (do&#8217;ker) nomini ham toxar etnonimi bilan bog&#8217;laydilar. Bular qatoriga turkmo&#8217;g&#8217;ul qabilasi bo&#8217;lmish jaloyirlarning bir urug&#8217;i toxraut, Old Osiyoda yashagan oqqo&#8217;yunli turklarning tuxarlu singari etnonimlarini qo&#8217;shish mumkin. Bundan tashqari, fors til guruhiga mansub osetinlarning yana bir nomi digor deb yuritiladiki, tadqiqotchilar uni toxar etnonimining izlaridan biri hisoblashadi. Ad.: Rtveladze E.V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999; Zuev Yu. A., Rannie tyurki: ocherki istorii i ideologii, Al &#8212; mati, 2002. G&#8217;aybulla Boboyorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toxarlar, to&#8217;xorlar \u2014 Markaziy Osiyoning kadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunonrim manbalarida toxar, Tagur (mil. AV. 1 \u2014 mil. 1-a.lar), keyinroq esa, ilk o&#8217;rta asrlarda hind manbalarida tukxara, Xitoy yilnomalarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toxarlar-toxorlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131446","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131446","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131446"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131446\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131448,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131446\/revisions\/131448"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131446"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131446"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131446"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}