{"id":131451,"date":"2024-06-10T20:26:49","date_gmt":"2024-06-10T17:26:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131451"},"modified":"2024-06-10T20:26:53","modified_gmt":"2024-06-10T17:26:53","slug":"tomsk-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tomsk-viloyati\/","title":{"rendered":"Tomsk viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Tomsk viloyati &#8212; RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 13 avgustda tashkil etilgan. Mayd. 316,9 ming km2. Aholisi 1046 ming kishi (2002). Asosan, ruslar (88,2%), shuningdek, ukrain, tatar, nemis, Belorus, chuvash, shimol xalklari (shu jumladan, selkup, Xanti va b.) yashaydi. Shahar aholisi 68,4%. Tarkibiga 16 ma&#8217;muriy tuman, 6 shahar, 1 shaharcha kiradi. Markazi \u2014 Tomsk sh. Boshka yirik shaharlari: Strejevoy, Asino. T. v. G&#8217;arbiy Sibirning Jan.sharqida, Ob daryosining o&#8217;rta oqimida joylashgan. Hududining asosiy qismini G&#8217;arbiy Sibir tekisligining yassi, kuchli botqoqlashgan hududlari egallagan. Faqatgina, Jan.sharkda viloyat hududiga Kuznesk Olatovining (bal. 211 m gacha) shim. tarmoklari kirib borgan. Shim.dan 58\u00b0 shu kabida relefining muzlik shakllari \u2014 morena qator tepalari, ko&#8217;l\u2014muzlik botiqlari va b. joylashgan. Ob daryosining keng vodiysi viloyat hududini botqoqlashgan Vasyugane tekisligi va sal ko&#8217;tarilgan o&#8217;ng sohilga bo&#8217;ladi. Foydali qazilmalardan temir rudasi, neft, gaz, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, qurilish materiallari konlari va b. topilgan. Torf, er osti suvlari va issiq mineral suvlari zaxiralari ko&#8217;p. Iqlimi kontinental. Qishi qattiq va davomli. Yanv.ning o&#8217;rtacha trasi \u2014 19\u00b0 dan -21\u00b0 gacha. Yozi iliq, qisqa. Iyulning o&#8217;rtacha trasi 17-18\u00b0. Yillik yog&#8217;in 450\u2014 770 mm. Vegetasiya davri 125 kunga yaqin. Asosiy suv tarmoqlari \u2014 ob daryosi va uning irmoklari (Tom, Chulim, ket, Tim, Chaya, Parabel, Vasyugan). Ko&#8217;l ko&#8217;p. T. v. o&#8217;rta va Jan. tayga va qisman aralash o&#8217;rmonlar zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, chimlipodzol va torflibotqoq, Jan.sharqida bo&#8217;zo&#8217;rmon tuproq. O&#8217;rmonlar (Sibir kedri, oqqarag&#8217;ay, qarag&#8217;ay, qayin, tog&#8217;terak) viloyat hududining 54% ni egallaydi. Bo&#8217;ri, silovsin, tulki, shimol bug&#8217;usi, Los, elik, burunduq, olaxurjun yashaydi. Tiyin, sobol, ondatra ovlanadi. Xo&#8217;jaligining etakchi sanoat tarmoklari\u2014mashinasozlik va metallsozlik. Priborlar, elektrotexnika asboblari (&#171;Sibelektromotor&#187;), podshipniklar (&#171;Roltom&#187;), konchilik asbob uskunalari (&#171;Tomskiy instrument&#187;), (&#171;Sibkabel&#187;) ishlab chiqariladi. Neft qazib olinadi, kimyo (&#171;Nefteximicheskiy kombinat&#187;, &#171;Polipropilen&#187; va &#171;zavod rezinovoy obuvi&#187;), o&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlik (&#171;Tomsklesprom&#187;, qalam fkasi) korxonalari bor. Oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari \u2014 Tomsk, Asino, Kolpashevo, Strejevoy; Samus shaharchasi. Bug&#8217;doy, arpa, kartoshka, sabzavot, zig&#8217;ir, emxashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik (qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki), parrandachilik rivojlangan. Baliqchilik, mo&#8217;ynali hayvonlarni ovlash va darrandachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Asosiy transport vositalari suv va avtomobil transporti. Ob, Tom, Chulim, Ket, Chaya, Parabel, Vasyugan daryolarida kema katnaydi. T.y. uzunligi 346 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uz. 3,4 ming km. Havo transporti rivojlangan. 1 xalqaro va 6 mahalliy ahamiyatdagi aeroportlar mavjud. 6 oliy o&#8217;quv yurti, 2 muzey, 2 teatr bor. 20 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tomsk viloyati &#8212; RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 13 avgustda tashkil etilgan. Mayd. 316,9 ming km2. Aholisi 1046 ming kishi (2002). Asosan, ruslar (88,2%), shuningdek, ukrain, tatar, nemis, Belorus, chuvash, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tomsk-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131451","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131451","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131451"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131451\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131456,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131451\/revisions\/131456"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131451"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131451"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131451"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}