{"id":131452,"date":"2024-06-10T20:26:52","date_gmt":"2024-06-10T17:26:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131452"},"modified":"2024-06-10T20:26:56","modified_gmt":"2024-06-10T17:26:56","slug":"tolerantlik-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tolerantlik-4\/","title":{"rendered":"Tolerantlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Tolerantlik (immunologik tolerantlik \u2014 barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yo&#8217;qolishi yoki susayishi. &#171;T.&#187;termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan ko&#8217;chirib o&#8217;tqazilgan begona to&#8217;qimaga nisbatan organizm immun sistemasi &#171;chidamliligini&#187; ko&#8217;rsatish maqsadida taklif etilgan. &#171;Immunologik falajlik&#187;, &#171;areaktivlik&#187;, &#171;antigen og&#8217;irligi&#187; kabi terminlar T. ning har xil shakllariga Moe keladi. Sog&#8217;lom organizmning immun tizimi o&#8217;zining antigenlariga nisbatan tolerant bo&#8217;lishi tufayli organizm to&#8217;qima va hujayralariga zarar etkazishi mumkin bo&#8217;lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantligining fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Kon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarning ona qornida bo&#8217;ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan (q. Qon guruhlari) antigenlariga nisbatan o&#8217;zaro fiziologik T. paydo bo&#8217;lishi mumkin. Bakteriya va viruslarga nisbatan T. latent, ya&#8217;ni yashirin infektsiya yuqqanida (mas., odamda zardob gepatiti virusi) kuzatiladi. Organ va to&#8217;qimalar transplantasiyasi (ko&#8217;chirib o&#8217;tqazish) da transplantantning takdiri resipientda donorning gistoo&#8217;rindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan T. ning qanchalik to&#8217;liq va uzoq bo&#8217;lishi bilan aniklanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan T.ning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi. T. to&#8217;liq yoki immun javobning biron shakliga taallukli bo&#8217;lishi mumkin (mas., antigenlar hosil qilish qobiliyatini yo&#8217;qotganda hujayra immunitetini saqlab qolish). T.ning murakkab tabiati, bu holatni o&#8217;rganish uchun tajribalar o&#8217;tkazish vaqtida ochiladi. Immunokompetent hujayralar ma&#8217;lum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay to&#8217;xtashi natijasida qaytmas T. vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immun sistema pishib etilmagan davrda, ayniqsa, organizmga ko&#8217;p miqsorda antigenlar kiritilganda paydo bo&#8217;ladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tug&#8217;ilgandan keyingi dastlabki kunlarda). Voyaga etgan organizmlarda T.ni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunocompetent hujayralarni to&#8217;liq bo&#8217;g&#8217;ish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa bo&#8217;ladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfositlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni to&#8217;sib qo&#8217;yadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar T.ni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi. T. V limfositlar hamda fagositlarning immune javobini to&#8217;xtatib turuvchi maxsus Tlimfositlar mavjud. Bunday Tlimfositlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik T.ni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir me&#8217;yorda hosil bo&#8217;lishini amalga oshiruvchi T. shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar to&#8217;qimalardagi antigenlar bilan bog&#8217;lanadi. T.ni organizmga ko&#8217;p miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfositlarga etkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunocompetent hujayralardan to&#8217;sib turadi. Organizmning tashki muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham T. deb ataladi. O&#8217;simliklarda T. himoya reaktsiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban o&#8217;ziga xos chidamlilikning namoyon bo&#8217;lishi. Turda T.ning paydo bo&#8217;lishi tanlash natijasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, tabiiy populyasiyalardagi evolyusion jarayonda o&#8217;simlik bilan patogen o&#8217;rtasida uzoq vaqt davom etgan o&#8217;zaro ta&#8217;sirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy o&#8217;simliklar T. tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. T.ning namoyon bo&#8217;lishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh o&#8217;simlik ontogenezi fazalariga va b.ga bog&#8217;liq. Barcha navlarga mansub bo&#8217;lgan o&#8217;simliklar T. i qulay sharoitlarda o&#8217;stirilganda (oziklantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng mikyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa o&#8217;simliklarni zararlovchi manba bo&#8217;ladi; kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo bo&#8217;lishiga qulay sharoit yaratadi. Farmakologiya va toksikologiyada T. zaharli va farmasevtik moddalar (mas., narkotiklar)ga nisbatan sezuvchanlikning pasayishini anglatadi. Uzoq vaqt davomida organizmga kichik dozalarni kiritish natijasida kuchli ta&#8217;sir etuvchi zaharlarga ko&#8217;nikish mitridatizm deb ataladi (q. Immunitet, Immunologiya). Abdukarim Zikiryoev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tolerantlik (immunologik tolerantlik \u2014 barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yo&#8217;qolishi yoki susayishi. &#171;T.&#187;termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan ko&#8217;chirib o&#8217;tqazilgan begona to&#8217;qimaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tolerantlik-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131452","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131452","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131452"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131452\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131457,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131452\/revisions\/131457"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131452"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131452"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131452"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}