{"id":131454,"date":"2024-06-10T20:26:55","date_gmt":"2024-06-10T17:26:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131454"},"modified":"2024-06-10T20:27:02","modified_gmt":"2024-06-10T17:27:02","slug":"tok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tok\/","title":{"rendered":"Tok"},"content":{"rendered":"\n<p>Tok (Vitis) \u2014 uzumdoshlar oilasiga mansub ko&#8217;p yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Jan. Evropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60-70 turi ma&#8217;lum. Uzok, Sharq, Kavkaz, O&#8217;rta Osiyo va Jan. Evropada 7-8 turi keng tarqalgan. Madaniy T. (V.vinifera) barcha qit&#8217;alarda etishtiriladi. Jahon bo&#8217;yicha tokzorlar mayd. 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 ts\/ ga, yalpi hosili 60687 ming t. Frantsiya (871 ming ga), AQSh (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln.ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda etishtiriladi (1999). O&#8217;zbekistonda tokzorlar mayd. 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 ts\/ga (2003). T. O&#8217;rta dengiz atroflari VN G&#8217;arbiy Osiyoda mil. dan bir necha ming yillar ilgari etishtirilgan. Madaniy T. taxm. o&#8217;rmon T.i (V. sulvestris) va b. yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning ko&#8217;pchiligi shu turga mansub. Shuningdek, Shim. Amerika T. turlari V.labruska, V.riparia, V.rupestris va b.ham ekiladi. Amur T.i (V. amurensis) \u2014 manzarali o&#8217;simlik. Tyan Shan va PomirOlay tog&#8217;larida o&#8217;suvchi Hisor uzu mi (V.hissarica) qizil kitobga kiritilgan. Madaniy T.ning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. T. tanasi \u2014 liana. Uning ko&#8217;p yillik novdalari (zang va madang) turli yo&#8217;g&#8217;onlikda bo&#8217;ladi. Bir yillik novdalari uzun (3-5 m) va ingichka bo&#8217;lib, bo&#8217;g&#8217;imida barg, barg qo&#8217;ltig&#8217;ida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3\u20145bo&#8217;g&#8217;imlarida gul to&#8217;plami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo bo&#8217;ladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 bo&#8217;lakli, navbat bilan joylashgan. Sho&#8217;ralari shokila yoki ro&#8217;vaksimon. Gullari mayda, ko&#8217;kimtirsarg&#8217;ish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Xasharotlar, shamol yordamida va o&#8217;zo&#8217;zidan changlanadi. G&#8217;ujumi (uzumi) rezavor, 1-4 urug&#8217;li, etli, sersuv yoki kamsuv. Urug&#8217;siz navlari (kishmishlar) ham bor. G&#8217;ujumlari turli shakl va rangda, shingilga to&#8217;plangan. T. issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yo&#8217;l bilan ko&#8217;paytiriladigan o&#8217;simlik, ko&#8217;chatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, selektsiya maqsadida urug&#8217;laridan ko&#8217;paytiriladi, 2, 3 yili hosilga kiradi. T.ning ko&#8217;pchilik navlari -18\u00b0, -20\u00b0, ayrimlari -28\u00b0, -30\u00b0 gacha sovuqqa chidaydi, 25-30\u00b0 da yaxshi o&#8217;sadi, 40\u00b0 dan yuqori harorat yomon ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. T. yog&#8217;inlar miqdori 300 mm dan kam bo&#8217;lganda sug&#8217;orib etishtiriladi. T. aslida er tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sug&#8217;oriladigan, unumdor erlarda yaxshi o&#8217;sadi. T. 30-300 yil yashaydi, o&#8217;z ildiziga ega tuplari 60-80 y., payvand qilinganlari 30-40 y. hosil beradi. O&#8217;rtacha hosildorligi 70-400 ts\/ ga ga boradi. T.ning uzumi eyiladi, qayta ishlanadi (konserva qilinadi, turli vinolar, konyak, qiyom, shinni, sharbat, kompot tayyorlanadi, mayiz solinadi va b.). Uzum tarkibida 6585% suv, 33% gacha qand, 0,51,4% organik kislotalar, 0,15\u2014 0,9% oqsil, 0,3\u20141,0% pektin, 0,3\u20140,5% mineral moddalar, shuningdek, S, V,, V2 vitaminlar, provitamin A, g&#8217;ujumi po&#8217;stida oshlovchi va bo&#8217;yoq moddalar, pektin va b., urugida 4-19% moy, 1,8\u20148% oshlovchi moddalar bor. T., asosan, tekis, shuningdek, qiyalik erlarga (terrasa solib) ham ekiladi. Ekishdan oldin gektariga 30\u2014 40 t chirigan go&#8217;ng, 600-1000 kg superfosfat, 150 kg kaliyli o&#8217;g&#8217;it solinadi, er plantaj plug bilan 60 sm chuqurlikda g&#8217;aydaladi, T. ning bir yillik yaxshi pishgan novdalaridan kuzda 35-40 sm uzunlikda qalamchalar olinadi, ko&#8217;chatzorlarda ko&#8217;chat etishtiriladi. T.ning bir yillik ko&#8217;chatlari navi, tuproqiqlim sharoiti, ustirish usuliga qarab qator oralig&#8217;ini 2\u2014 3-4 \u2014 5, tup oralig&#8217;ini 2 \u2014 3 \u2014 4 m qilib, kuz va bag&#8217;orda ekiladi. Novdalari yozning 2yarmida chekanka qilinadi. Kelgusi yili bahoridan tuplarga shakl beriladi. T. novdalarini ko&#8217;tarmay (ertok) yoki novdalarini so&#8217;ri, simbag&#8217;iz, ishkomga kutarib etishtiriladi, kamdankam hollarda aymoqi (daraxtlarga chirmashtirib) qilib o&#8217;stiriladi. O&#8217;zbekiston sharoitlarida kuzda kesilib, novdalari qo&#8217;ndoq qilingan holda tuproq yoki barda, poxol bilan yopiladi va erta bahorda ochilib, madang va novdalari ko&#8217;tarib bog&#8217;lanadi. T. ning o&#8217;sishi va hosildorligi xomtok, novda uchlarini 1-2 sm chilpish (gullash boshlarida), novdalarini kesish (q. Tok kesish) kabi agrotexnika usullari bilan rostlanib boriladi. Har gektar tokzorga har 2-3 y.da 20-30 t chirigan go&#8217;ng, har yili 300-400 kg ammiakli se &#8212; litra, 400-500 kg superfosfat, 60-90 kg kaliyli ugit solinadi. Er sharoitiga qarab, gektariga 600-1000 m3 normada 2-6 marta sug&#8217;oriladi, qishda 1-2 marta 1500-2000 m3 normada yaxob suvi beriladi. Hosildorlikni oshirish uchun T. navlari (ayniqsa, urg&#8217;ochi gulli Charos, Nimrang va b.) qo&#8217;shimcha changlanadi. Karigan yoki sovuq urgan T. tuplari ustki k,ismini kesib tashlash bilan yoshartiriladi, noyob navlarini iskana payvand yo&#8217;li bilan ko&#8217;paytirish mumkin. T. navlari ertapishar (120-130 kunda), urtapishar (135-140 kunda), kechpishar (150-170 kunda) navlar guruhlariga bo&#8217;linadi. O&#8217;zbekistonda 250 ga yakin uzum navlari rnlashtirilgan. 21-a. boshida respublikada ekiladigan va davlat reestriga kiritilgan 40 ga yakin uzum navlari (2004) 3 guruhga bo&#8217;linadi: 1) xo&#8217;raki (Nimrang, Parkent, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Toifi, Sultoniy, Charos, kitob surxagi, Husayni, qora janjal, Haliliy, Chillaki, daroyi, Rizamat, Ho&#8217;ja Axroriy va b.); mayizbop (OK kishmish, kora kishmish (shivilg&#8217;oni), pushti kishmish, Shakarangur, Sultoniy, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Nimrang va b.); 3) vinobop (Baxtiyoriy, Aleatiko, Tarnoe, bayan shirey, muskatlar, Risling, bihishti, &#171;VIR&#187;, Saperavi va b.) navlar. Asosiy zararkunandal ar i: uzum barg o&#8217;rovchisi, o&#8217;rgimchakkana, g&#8217;allakana, buzoqboshi, qurtlar. Kasalliklari: rag&#8217;a, kul, mildyu, dog&#8217;li antraknoz, tserkosporioz va b. Ad.: Tokchilik, T., 1957; Ribakov A.A., Gorbach V.I., va b., O&#8217;zbekiston uzumchiligi, T., 1969; Mirzaev M.M., Sobirov M.K,., O&#8217;zbekistonda tokchilik, T., 1979; Javakyans Yu., Gorbach V., Vinograd Uzbekistana, T., 2001. Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tok (Vitis) \u2014 uzumdoshlar oilasiga mansub ko&#8217;p yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Jan. Evropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60-70 turi ma&#8217;lum. Uzok, Sharq, Kavkaz, O&#8217;rta Osiyo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131454","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131454","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131454"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131454\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131461,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131454\/revisions\/131461"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131454"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131454"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131454"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}