{"id":131483,"date":"2024-06-10T20:33:34","date_gmt":"2024-06-10T17:33:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131483"},"modified":"2024-06-10T20:33:37","modified_gmt":"2024-06-10T17:33:37","slug":"tektonik-tsikllar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tektonik-tsikllar\/","title":{"rendered":"TEKTONIK TSIKLLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>TEKTONIK TSIKLLAR (bosqichlar) \u2014 umumgeologik va tektonik voqealarning ma&#8217;lum ketma-ketligi bilan tavsiflanadigan, erning katta davr (100 mln. y.dan ortiq)dagi geologik tarixi. T.ts. geosinklinalni platformaga aylantiradigan tektonik jarayonlarning ma&#8217;lum ketma-ketligi bo&#8217;lib, burmalanish davrlari bilan yakunlanadi. Geosinklinallarda juda aniq namoyon bo&#8217;lgan. Bunda tsikl o&#8217;ta asosli intruzivmagmatik va asosli tog&#8217;jinslari hosil bo&#8217;lishi va suv osti vulkanizmi, kalin cho&#8217;kindi qatlamlarning yig&#8217;ilishi va chuqur dengiz havzalarining hosil bo&#8217;lishi bilan boshlanadi. Orollar yoyi paydo bo&#8217;lib, andezitli vulkanlar hosil bo&#8217;ladi, dengiz havzalari parchalanib bo&#8217;laklarga ajraladi va burmali, surilmali deformasiyalar boshlanadi. So&#8217;ngra, molasslar \u2014 tog&#8217;larning emirilish mahsulotlari bilan to&#8217;ldirilgan tog&#8217;lararo toshqotgan, tog&#8217;oldi va tog&#8217;orasi bukilmalari bilan ajralgan burmali va burmaliqoplamli tog&#8217;inshootlari shakllanadi. Bu jarayon regional metamorfizm, granit hosil bo&#8217;lishi er yuzasiga liparitbazaltli vulkanlar otilib chiqishi bilan davom etadi. Voqealarning o&#8217;xshash ketma-ketliligi: kontinental sharoitlarning, dengiz transgressiyasi bilan, so&#8217;ngra yana regressiya bilan almashinuvi, kontinental rejimning o&#8217;rnatilishi va nurash po&#8217;sti hosil bo&#8217;lishi platformalarda ham kuzatiladi. Bu jarayonda cho&#8217;kindilar tipi ham tegishlicha o&#8217;zgarib boradi \u2014 avval kontinental, so&#8217;ngra Laguna cho&#8217;kindilari, ko&#8217;pincha tuzli va ko&#8217;mirli qatlamlar, so&#8217;ngra dengiz chaqiq jinslari, tsikl o&#8217;rtasida karbonatli yoki kremniyli cho&#8217;kindilar, tsikl oxirida esa yana dengiz, Laguna yotqizikdari (tuzlar) va kontinental (ba&#8217;zan muzlanish) yotqiziklari hosil bo&#8217;ladi. Bir geosinklinal zonasida intensiv burmalanish \u2014 siljish deformasiyalari va tog&#8217; hosil bo&#8217;lishi, asosan, shu zona ichkarisida yangi geosinklinal cho&#8217;kish zonasi paydo bo&#8217;lishi va platformada riftlar sistemasi avlokogenlar shakllanishiga ko&#8217;pincha muvofiq keladi. T.ts.ning FA &#8212; nerozoydagi o&#8217;rtacha davomiyligi 150\u2014 180 mln. yil (tokembriyda T.ts. chamasi ko&#8217;proq davom etgan). Ushbu tsikllar bilan bir qatorda yanada yirikroqlari (megasikllar) \u2014 yuz mln. yillab davom etadi. Evropada, qisman shim. Amerika va Osiyoda kechki tokembriy va fanerozoyda quyidagi tsikllar aniklangan: Grenvil (o&#8217;rta rifey); b aykal (kechki rifey \u2014 vend); kaledon (kembriy\u2014devon); gersin (devon\u2014Perm); kimmeriy (trias \u2014 yura); Alp (yura\u2014bo&#8217;r\u2014kaynozoy).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TEKTONIK TSIKLLAR (bosqichlar) \u2014 umumgeologik va tektonik voqealarning ma&#8217;lum ketma-ketligi bilan tavsiflanadigan, erning katta davr (100 mln. y.dan ortiq)dagi geologik tarixi. T.ts. geosinklinalni platformaga aylantiradigan tektonik jarayonlarning ma&#8217;lum ketma-ketligi bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tektonik-tsikllar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131483","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131483","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131483"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131483\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131497,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131483\/revisions\/131497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131483"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131483"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131483"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}