{"id":131777,"date":"2024-06-11T19:45:11","date_gmt":"2024-06-11T16:45:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131777"},"modified":"2024-06-11T19:45:12","modified_gmt":"2024-06-11T16:45:12","slug":"traxoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/traxoma\/","title":{"rendered":"Traxoma"},"content":{"rendered":"\n<p>Traxoma (Yun. trachus \u2014 g&#8217;adirbudir) \u2014 ko&#8217;z shilliq pardasining surunkali yallig&#8217;lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. T.ni chlamydia trachomatis qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bemor kasallikning asosiy manbai hisoblanadi. Sog&#8217;lom ko&#8217;zga kir qo&#8217;l yoki uyro&#8217;zg&#8217;or buyumlaridan (ko&#8217;pchilik bitta yostiq, sochiq, adyol va b. dan foydalanganda) yuqadi. Bolalar bog&#8217;cha va yaslilarda o&#8217;yinchoklar orqali zararlanishi mumkin. T. sezilarsiz boshlanib, astasekin zo&#8217;rayadi. Avvaliga ko&#8217;zga bir narsa qadalgandek, qovoqlar og&#8217;irlashgandek tuyuladi. Yuqori qovoq shilliq pardasida shish va follikulalar \u2014 donachalar paydo bo&#8217;ladi, ko&#8217;z qizaradi va qovoklar toraya boradi. Bemor yaqinda uyqudan turgandek yoki chala uxlagandek bo&#8217;ladi. Kasallik avj olganda ko&#8217;z muguz pardasida ham donachalar paydo bo&#8217;la boshlaydi. Bunda ko&#8217;z yoshlanadi, bemor ko&#8217;zini ocholmay qoladi. Qovoq chetidagi yushriklar o&#8217;zagi chandiqlanib, ular noto&#8217;g&#8217;ri o&#8217;sib chiqadi va ko&#8217;z muguz pardasiga ta&#8217;sir etib, unga qadalaveradi. Qovoq shilliq pardasida chandiklar paydo bo&#8217;lishi natijasida pastki qovoq. cheti ichiga qayriladi. Kasallik engil, o&#8217;rtacha va og&#8217;ir kechishi mumkin. U ko&#8217;p jihatdan bemor organizmi holatiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, vitaminlar etishmasligi, mahalliy kasalliklarning qo&#8217;shilishi va b.da birmuncha jiddiy kechadi. T. o&#8217;z vaqtida aniklanib davolanmasa, 5-10 yillab davom etib, bemor butunlay ko&#8217;r bo&#8217;lib qolishi mumkin, chunki ko&#8217;z muguz pardasini namlab turadigan ko&#8217;z yoshi yo&#8217;llari chandiqlanib, bekilib qoladi, natijada muguz parda qahrab, oppoq oqarib, sadafga o&#8217;xshab ko&#8217;rinadi. Kasallikning oldini olishda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, aholining madaniy turmush darajasini oshirib borish katta ahamiyatga ega. T. ga gumon qilinganda darhol vrachga ko&#8217;rinish lozim; bemor to&#8217;g&#8217;ri va muntazam davolansa, butunlay sog&#8217;ayib ketishi mumkin. Hoz. T. deyarli uchramaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Traxoma (Yun. trachus \u2014 g&#8217;adirbudir) \u2014 ko&#8217;z shilliq pardasining surunkali yallig&#8217;lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. T.ni chlamydia trachomatis qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bemor kasallikning asosiy manbai hisoblanadi. Sog&#8217;lom ko&#8217;zga kir qo&#8217;l yoki uyro&#8217;zg&#8217;or &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/traxoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131777","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131777","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131777"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131777\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131777\/revisions\/131783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131777"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131777"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131777"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}