{"id":13186,"date":"2021-12-19T19:12:03","date_gmt":"2021-12-19T16:12:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13186"},"modified":"2021-12-19T19:12:05","modified_gmt":"2021-12-19T16:12:05","slug":"yulduz-astronomiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yulduz-astronomiyasi\/","title":{"rendered":"YULDUZ ASTRONOMIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>YULDUZ ASTRONOMIYASI astronomiyaning yulduzlar sistemasining tuzilishi, tarkibi, dinamikasi va evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish va bu qonuniyatlarni bizning yulduzlar sistemamiz (Galaktikamiz) ga tatbiq qilinishini o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanuvchi bo&#8217;limi. Alohida yulduzlar, tumanliklar o&#8217;rganiladigan astrofizikadan farqi shundaki, bunda ob&#8217;yektlarning to&#8217;plami ansambli tadqiq qilinadi. Yulduz astronomiyasi 3 ta bo&#8217;lim: yulduzlar statistikasi, yulduzlar kinematikasi va yulduzlar dinamikasi bo&#8217;limlaridan iborat. Yulduzlar statistikasida yulduzlarning fizik va ko&#8217;rinma xususiyatlarini ifodalovchi kattaliklar (massalari, yorqinligi, spektral sinflari, parallaksi, tezliklari, ko&#8217;p rangli fotometrik parametrlari va boshqalar) orasidagi empirik qonuniyatlar kuzatuv ma&#8217;lumotlari asosida topiladi, shu ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha Galaktikamizning tuzilishi va uning tashkil etuvchilari tadqiq qilinadi. Bunda, xususan, yulduzlarning yorqinlik, ravshanlik va fazoviy zichlik funktsiyalarini o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi integral tenglamalaridan foydalaniladi. Yulduzlar kinematikasida esa somon Yo&#8217;lining Galaktikamiz o&#8217;zagi atrofida differentsial aylanishi xususiyatlari va, umuman, yulduzlarning Nuriy hamda ko&#8217;ndalang tezliklari komponentalarini kuzatuvdan topish muammolari o&#8217;rganiladi. U turli xalqaro kuzatuv dasturlariga (jumladan, yulduzlarning xususiy harakatini anikdash dasturiga) asoslangan. Yulduzlarning fazoviy tezlik vektorlarini topib, ularning qator fizik guruhlari va to&#8217;dalari kashf qilingan. Quyosh tizimining Galaktikamiz o&#8217;zagi atrofidagi harakati va uning turli maxsus kinematik parametrlari qiymati to&#8217;la hisoblab topilgan. Zamonaviy tadqiqotlarga ko&#8217;ra, Galaktikamiz 5 qism (o&#8217;zak, disk, balj, galo va toj) dan iborat bo&#8217;lib, ularning tarkibi va kinematikasi nisbatan yaqqol farq qiladi. Masalan, galo, asosan, qizil gigant, qisqa davrli tsefeida yulduzlari, submitti yulduzlarning sharsimon to&#8217;dalaridan tashkil topgan bo&#8217;lib, ular disk qismda umuman bo&#8217;lmaydi, chunki disk galoga mansub bo&#8217;lmagan uzun davrli tsefeidalar (o&#8217;tagigantlar), spektral sinfi o va V bo&#8217;lgan qaynoq yulduzlar, yosh gigantlar, yulduzlarning tarqoq to&#8217;dalaridan iborat. Bunday murakkab tuzilishga ega bo&#8217;lgan spiralsimon Galaktikamizning vujudga kelishi va evolyutsiyasi bilan yulduzlar va ular tizimining dinamikasi shug&#8217;ullanadi. Yuz milliard yulduzdan ortiq Galaktikamizning gravitatsion maydoni murakkab va uzluksizdir. Uning modelini tuzishda bu maydon gravitatsion kuch funktsiyasi regulyator deb olinib, ma&#8217;lum kinetik va gidrodinamik tenglamalar Puasson tenglamasi bilan birga yechiladi. Ixtiyoriy yulduz dinamikasini dastlab ushbu umumiy regulyar kuch funktsiyasiga va ma&#8217;lum darajada unga ko&#8217;shni yulduzlarning ta&#8217;siriga bog&#8217;liq notekis kuchlar orqali ifodalanadi. Asosiy tadqiqotlar regulyar maydonni aniq modellashtirish, uning protogalaktika holatidagi tuzilishi va bu ikki holat orasidagi qator diskret davrlarni tiklash muammolari ustida olib borilmoqda. 20-asr 90-yillarida Galaktikamizdan tashqaridagi astronomiya keskin rivojlanib, boshqa milliard galaktikalar kuzatuvi va fizikasi faol o&#8217;rganilayotganini hamda ular ichida ko&#8217;plab tug&#8217;ilayotgan galaktikalar kuzatilmoqda. O&#8217;zbekistonda Yulduz astronomiyasiga dori tadqiqotlar O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida va O&#8217;zbekiston milliy universitetida olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YULDUZ ASTRONOMIYASI astronomiyaning yulduzlar sistemasining tuzilishi, tarkibi, dinamikasi va evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish va bu qonuniyatlarni bizning yulduzlar sistemamiz (Galaktikamiz) ga tatbiq qilinishini o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanuvchi bo&#8217;limi. Alohida yulduzlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yulduz-astronomiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13186","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13186","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13186"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13186\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13197,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13186\/revisions\/13197"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13186"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13186"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13186"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}