{"id":131950,"date":"2024-06-11T20:21:31","date_gmt":"2024-06-11T17:21:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131950"},"modified":"2024-06-11T20:21:32","modified_gmt":"2024-06-11T17:21:32","slug":"tunlamlar-tungi-kapalaklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tunlamlar-tungi-kapalaklar\/","title":{"rendered":"Tunlamlar, tungi kapalaklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) \u2014 tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi ma&#8217;lum. Kapalaklari o&#8217;rtacha va mayda (3-5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning og&#8217;iz apparati so&#8217;ruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining ko&#8217;pchiligi yalang&#8217;och, g&#8217;umbagi qizg&#8217;ishjigarrang yoki qo&#8217;ng&#8217;ir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qo&#8217;ygan tuxumi sarg&#8217;imtiroqish. Qurtlarida 3 juft ko&#8217;krak oyog&#8217;ining birinchi bo&#8217;g&#8217;imida va 10 juft qorin oyog&#8217;ining 1-8 bo&#8217;g&#8217;imida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. O&#8217;simlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qo&#8217;yadi. Ba&#8217;zi T. qurtlari tuproqda yashab, o&#8217;simlik ildizlari yoki poyasining ildiz bo&#8217;g&#8217;izlarini kemiradi (mas., ko&#8217;k qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari o&#8217;simlik bargi, shonasi, guli, ko&#8217;sagiga zarar etkazadi (mas., karadrina, ko&#8217;sak qurti, beda tunlami va b.). Hammaxo&#8217;r T.dan karam tunlami karam, lavlagi, no&#8217;xat va b. ekinlarni; Jan.da tarqalgan ko&#8217;sak qurti va karadrina g&#8217;o&#8217;za, makkajo&#8217;xori, no&#8217;xat, pomidor va b.ni; Uzoq Sharq va O&#8217;rta Osiyoning Jan.ida tarqalgan o&#8217;tzor tunlami, asosan, turli ekinlarni, Markaziy rnlarda uchraydigan gamma tunlami zig&#8217;ir va lavlagini; kuzgi tunlam qand lavlagi va kuzgi g&#8217;alla ekinlarini; janub yoki yovvoyi tunlam \u2014 sabzavot va b. ekinlarni zararlaydi. O&#8217;rta Osiyoda uchraydigan mingdevona T.i, shuvoq T.i, janub poya T.i va b. ekinlarga ko&#8217;p zarar keltiradi. Kurash choralari: begona o&#8217;tlar yo&#8217;qotiladi, er chuqur haydaladi, o&#8217;simlik qator oralari yumshatiladi, almashlab ekish joriy etiladi, urug&#8217;lar ekishdan avval dorilanadi, entomafaglardan foydalaniladi, qurtlarga qarshi ekinlar insektisidlar bilan ishlanadi va h.k. Ad.: Xo&#8217;jaev Sh. T., G&#8217;o&#8217;za tunlami va unga qarshi kurash, T., 1982; Adilov Z.K., Primenenie trixogrammi dlya borbi s sovkami na xlopchatnike v usloviyax Uzbekistana, T., 1986.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) \u2014 tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi ma&#8217;lum. Kapalaklari o&#8217;rtacha va mayda (3-5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tunlamlar-tungi-kapalaklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131950","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131960,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131950\/revisions\/131960"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}