{"id":132131,"date":"2024-06-12T19:46:40","date_gmt":"2024-06-12T16:46:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132131"},"modified":"2024-06-12T19:46:41","modified_gmt":"2024-06-12T16:46:41","slug":"tormoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tormoz\/","title":{"rendered":"Tormoz"},"content":{"rendered":"\n<p>Tormoz (Yun. tormos \u2014 g&#8217;ildirakni aylantirmay qo&#8217;yadigan mix tiqiladigan teshik) \u2014 mashina yoki mexanizmning harakat tezligini pasaytirish yoki butunlay to&#8217;xtatish uchun, ko&#8217;tarishtashish mashinalarida esa yukni osilgan holatda tutib turish uchun mo&#8217;ljallangan qurilma. Ishlash usuli bo&#8217;yicha mexanik (friktsion, ishqalanma), gidravlik (suyuklikli) va elektr (elektromagnit, induktsion va b.); tuzilishiga ko&#8217;ra, kolodkali, tasmali (lentali), disksimon, konussimon va b. turlarga bo&#8217;linadi. Mashinalar va mexanizmlar (ko&#8217;tarishtashish mashinalari, stanoklarning mexanizmlari, t.y. vagonlari)da tashqi kolodkali, avtomobillarda ichki kolodkali T. lar, qo&#8217;l T.lari ishlatiladi. Bunday T. larda kolodkadan tashqari baraban, sharnir, tortish prujinalari (richag tizimlari) bo&#8217;ladi. Tasmali T.da kolod-kalar o&#8217;rniga barabanni kamrab turuvchi tasma (lenta) ishlatiladi. Bunday T. lar ko&#8217;tarishtashish mashinalarining ko&#8217;tarish, surish va burish mexanizmlarida qo&#8217;llanadi. Diskli T.larda mexanizm Vali bilan birga aylanuvchi disklarning boshqa qo&#8217;zg&#8217;almas diskka qisilishi tufayli tormozlanish yuz beradi. Bunday T. lar transport mashinalarining turli mexanizmlarida, metall kesish stanoklarida ishlatiladi. Og&#8217;ir transport mashinalari, mas., yuk avtomobillarida diskkolodkali T. lar ishlatiladi. Bunda tormozlanish disk yon sirtining friktsion kolodkalar bilan ishqalanishi xisobiga yuz beradi. Ko&#8217;tarish mashinalari, konverterlar, sinov qurilmalari va b.da tezlik (tezlikni cheklash) T.lari ishlatiladi. Bunday T.larning markazdan qochma, dinamik (gidravlik), uyurma (induktsion) va b. turlari bo&#8217;ladi. T.larni boshqarish uchun mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrgidravlik, elektrmexanik va b. yuritmalardan foydalaniladi. Mas., engil avtomobillar va ko&#8217;tarish kranlarida gidravlik boshqarish tizimi, yuk avtomobillari, avtobuslar, tramvaylar, t.y. poezdlarida, samolyotlarning shassisida pnevmatik tizim qo&#8217;llanadi. T. ning elektr yuritmasida maxsus doimiy yoki o&#8217;zgaruvchan tok elektromagnitlaridan foydalaniladi. Bular elektr transport (elektrovozlar, tramvay, trolleybus va b.)da qo&#8217;llanadi. Aviasiya va kosmonavtakada aerodinamik tormozlash usuli (tormoz parashyutlari, samolyot qanotidagi mexanizasiya elementlari yordamida), mashina dvigatelining ish rejimini tormozlash usuli (mas., avtomobildagi sekinlashtiruvchi tormoz yordamida) ham qo&#8217;llanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tormoz (Yun. tormos \u2014 g&#8217;ildirakni aylantirmay qo&#8217;yadigan mix tiqiladigan teshik) \u2014 mashina yoki mexanizmning harakat tezligini pasaytirish yoki butunlay to&#8217;xtatish uchun, ko&#8217;tarishtashish mashinalarida esa yukni osilgan holatda tutib turish uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tormoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132131","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132131","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132131"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132131\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132135,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132131\/revisions\/132135"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132131"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132131"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132131"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}