{"id":13271,"date":"2021-12-25T11:08:53","date_gmt":"2021-12-25T08:08:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13271"},"modified":"2021-12-25T11:08:54","modified_gmt":"2021-12-25T08:08:54","slug":"yunusobod-oktepasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunusobod-oktepasi\/","title":{"rendered":"YUNUSOBOD OKTEPASI"},"content":{"rendered":"\n<p>YUNUSOBOD OKTEPASI \u2014 o&#8217;rta asrlar arxeologiya yodgorligi (5-13-asrlar). Toshkentning shimoli Sharqiy qismida, Oqtepa kanali bo&#8217;yida joylashgan. 1886 yil V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940\u2014 41 yillarda A.I.Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975 yil va 1977-85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.S.Mershchiyev, M.I.Filanovich) tomonidan o&#8217;rganilgan. Yunusobod Oktepasi \u2014 Jan. tomoni baland va tik tepalik ko&#8217;rinishdagi ko&#8217;shkli qo&#8217;rg&#8217;onqasr va istehkomsiz qishloq xarobasi. Maydoni qariyb 100 gektar, eng baland qismi 21 metr. Ko&#8217;shkli qo&#8217;rg&#8217;on (86-180 metr) shimoldan Janubga tomon cho&#8217;zilgan va qishloqsan chuqur jarlik (xandaq) bilan ajratilgan. Qazishmalardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, 5-asrda qasr do&#8217;nglik ustiga urib chiqilgan paxsa tagkursi (platforma)da qadimiy ko&#8217;targan. U uzun va keng zinapoyaga o&#8217;xshatib qurilgan ikki qavatli binodan iborat bo&#8217;lib, uning birinchi qavatini maydoni 80&#215;80 metr va yuqori qavatining maydoni 50&#215;50 metrga teng. Qasrning har ikkala qavatining ichkari tomoniga uzun yo&#8217;lak \u2014 galereya bino qilingan va tashqarisi baland devor bilan o&#8217;ralgan. Tashqi devor va tomi ravoqsimon qilib yopilgan yo&#8217;laklar galereyasi xalq tilida &#171;devg&#8217;isht&#187; deb yuritilgan paxsa bloklari (70x70x70 santimetr) hamda 48x24x48 santimetr hajmdagi uzun xom g&#8217;ishtlardan ishlangan. Yo&#8217;laklar halqasining kengligi 2 metr, balandligi 2,3 metr. Ustki qator yo&#8217;laklar burchaklarida gumbazli dumaloq xonalar bo&#8217;lib, ular tashqaridan doira shaklidagi minora (mo&#8217;la)larni hosil qilgan. Kvadratning ichki qismi uzun ensiz, tomi gumbazli xonalardan iborat bo&#8217;lib, ular qator yo&#8217;laklarga tutashgan. 7-asr boshlarida tor xonalar tuproq bilan to&#8217;lg&#8217;azilib, mustahkam tagkursiga aylantirilgan va ustiga binolar qurilgan. Qasrning to&#8217;rt burchagidagi minoralar mustahkamlanib, uningjan. g&#8217;arbiy qismida maydoni 22&#215;22 metrli ko&#8217;shk bino qilingan. Saqlanib qolgani morat qoldiqlariga qaraganda (7-asr oxiri va 8-asr boshi), ko&#8217;shk ham 2 qavatli bo&#8217;lib, uning pastki qavatida ravoqli xonalar, yuqorida esa mulkdorning uyjoy va mehmonxonalari joylashgan. Ko&#8217;shkdan shimolroqda 10 tacha xonalar ochilib, ular ibodatxona majmuasidan iborat bo&#8217;lgan. Ko&#8217;shkning Sharqiy qismida 9 ta uzun boloxonali uylar kavlab ochilib, ayrimlarining ichida devor bo&#8217;ylab ensiz supa, orqa devorida yorug&#8217;lik darchalari, to&#8217;sin tuynuklari saklangan. Xonalar, asosan, omborxona, boloxonalar esa xizmatkor va qarollar uchun boshpana vazifasini o&#8217;tagan. Oqtepaning qasrga yondoshgan qo&#8217;rg&#8217;on qismida ham qazish ishlari olib borilib, qo&#8217;rg&#8217;onning tashqi devori, hovli va devor bo&#8217;ylab chokarlar uchun qurilgan gurar joylar, ko&#8217;shkka tomon yo&#8217;nalgan ko&#8217;tarma yo&#8217;lning bir qismi va darvozaxona oldi inshootlarining vayronalari kavlab ochilgan. Qazish jarayonida sopol buyum bo&#8217;laklaridan tashqari tosh, suyak va metallardan yasalgan qurol-yarog&#8217;, zebi-ziynat, jumladan, temir pichoq, xanjar, bolta, o&#8217;roq, uch parrakli o&#8217;q paykonlari, tosh yorg&#8217;uchoqlar, tog&#8217; xrustali ko&#8217;zli kumush uzuk va hokazolar topilgan. Topilmalar orasida Nuroniy mo&#8217;ysafid tasvirli terrakota, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuningdek, 5-asrdagi mahalliy hukmdorlarning kumush tangalari, umaviylar 12 ta dirhami hamda Sug&#8217;d yozuvli mis tanga qayd etilgan. Tangalar, kuchli yong&#8217;in izlari va boshqalarga qaraganda qo&#8217;rg&#8217;on 8-asrning 1-choragida vayron bo&#8217;lgan. Qo&#8217;rg&#8217;on xarobasi o&#8217;rnida 8-asrning 2-yarmida hayot qayta jonlangan. 9-12-asrlarda u Binkagp viloyatining istehkomli qishloqlaridan biriga aylangan. 13-asr boshida inqirozga uchragan. Ad.: Buryakov Yu.F., Kasmmov M.R., Rostovtsev O. M., Arxeologicheskie pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; Mukminova R.G., Filanovich M.I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., QadimgiToshkent, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUNUSOBOD OKTEPASI \u2014 o&#8217;rta asrlar arxeologiya yodgorligi (5-13-asrlar). Toshkentning shimoli Sharqiy qismida, Oqtepa kanali bo&#8217;yida joylashgan. 1886 yil V.P.Nalivkin qayd qilgan. 1940\u2014 41 yillarda A.I.Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975 yil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunusobod-oktepasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13271","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13271","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13271"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13271\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13281,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13271\/revisions\/13281"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13271"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13271"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13271"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}