{"id":132711,"date":"2024-06-14T20:14:45","date_gmt":"2024-06-14T17:14:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132711"},"modified":"2024-06-14T20:14:46","modified_gmt":"2024-06-14T17:14:46","slug":"temur-malik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temur-malik\/","title":{"rendered":"Temur Malik"},"content":{"rendered":"\n<p>Temur Malik (12-a. oxiri 13-a. ning 1yarmi) \u2014 Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xo&#8217;jand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 y.ning dek.da 3 kunlik jangdan keyin Banokatnn egallagan aloq no&#8217;yon boshliq 5 ming kishilik mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shini Xo&#8217;jandni qamal qilishga kirishadi. T. M. ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo o&#8217;rtasidagi orolda, suv 2 shoxga bo&#8217;linib oqadigan joyda, bir mustahkam qal&#8217;a qurdirib qo&#8217;ygan edi. Mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shini son va qurolaslaha jihatdan ustun bo&#8217;lgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, T.M. 1000 kishilik otryadi bilan 1220 y.ning apr.da orolga ko&#8217;chib o&#8217;tadi va tezlikda qal&#8217;ani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qal&#8217;a atrofini dushman halqa qilib o&#8217;rab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga etmagandan so&#8217;ng mo&#8217;gullar xo&#8217;jandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxm. 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, mo&#8217;g&#8217;ullarning 20 ming kishilik qo&#8217;shini esa jangga kirishadi. T.M. usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, o&#8217;q otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirg&#8217;in keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, T.M. Orolni tashlab ketishga majbur bo&#8217;ladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi bo&#8217;ylab suzib ketadi. Barchinlig&#8217;kent (Qizilo&#8217;rdadan taxm. 50 km Jan.da bo&#8217;lgan) yaqinida mo&#8217;g&#8217;ullar daryoni to&#8217;sib qo&#8217;yadilar. T.M. qirg&#8217;oqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Ko&#8217;p talafot berib, yolg&#8217;iz o&#8217;zi Kizilqum cho&#8217;li orqali 1220 y.ning yozida Xorazmga etib keladi. Askar to&#8217;plab Jo&#8217;jixon qo&#8217;shiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) sh.ni mo&#8217;g&#8217;ullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. T.M. 1221-32 y.lar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda mo&#8217;g&#8217;ullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin o&#8217;z yurtiga qaytadi. Ma&#8217;lum vaqtdan so&#8217;ng T.M. mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan qo&#8217;lga olinadi va qatl qilinadi. T. M. jasorati haqida Mirmuhsin &#171;Temur Malik&#187; romani (1986)ni yozgan. Ashrafiy &#171;Temur Malik&#187; nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatriyaa uning &#171;Temur Malik&#187; baleti (1970) qo&#8217;yilgan. Toshkent sh.dagi shoh ko&#8217;chalarning biriga T.M. nomi berilgan. Ad.:Rashidad-din, Sbornik letopisey, t.1, kniga 2, [perevod s Pers. yaz. O. I. Smirnovoy], M.\u2014L., 1952; Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Mirzo Ulug&#8217;bek, to&#8217;rt ulus tarixi, T., 1994. Hamidulla Dadaboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temur Malik (12-a. oxiri 13-a. ning 1yarmi) \u2014 Xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xo&#8217;jand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 y.ning dek.da &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temur-malik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132711","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132711","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132711"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132711\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132720,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132711\/revisions\/132720"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132711"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132711"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132711"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}