{"id":132712,"date":"2024-06-14T20:14:51","date_gmt":"2024-06-14T17:14:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132712"},"modified":"2024-06-14T20:14:52","modified_gmt":"2024-06-14T17:14:52","slug":"temuriylar-tarixi-davlat-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temuriylar-tarixi-davlat-muzeyi\/","title":{"rendered":"TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI"},"content":{"rendered":"\n<p>TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI \u2014 Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi o&#8217;rta asr me&#8217;morligi an&#8217;analari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri \u2014 tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, g&#8217;isht, turli beton blok va engil tayyorlangan sun&#8217;iy qurilish uskunalari qo&#8217;llanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, &#171;Turon&#187; firmasi, Toshkent aviasiya ishlab chiqarish. birlashmasi, &#171;Oniks&#187; korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, og&#8217;irligi 2 t, bal. 8 m &#171;Zumrad&#187; qandil ishlab bergan), &#171;Usto&#187; birlashmasi qatnashgan. Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan) dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yog&#8217;och o&#8217;ymakorligidagi eshik o&#8217;ziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida &#171;suls&#187; uslubida insonni yaxshilikka undovchi so&#8217;zlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, ma&#8217;muriyat, vestibyul, kassa, axborotma&#8217;ruza zali va b. texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda ko&#8217;rgazma va kinolektsiya zali (200 o&#8217;rindiqli) bor. 2qavatdagi ko&#8217;rgazma zali 8 bo&#8217;limdan iborat. Ko&#8217;rgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar O&#8217;zbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 y.da Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag&#8217;ishlab o&#8217;tkazilgan ko&#8217;rgazmadagi eksponatlar qam muzeyga o&#8217;tkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etn., numizmatika yodgorliklari, qo&#8217;lyozmalar, tasviriy san&#8217;at namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga bo&#8217;lgan hurmatini ifodalovchi dil so&#8217;zlari va &#171;Temur tuzuklari&#187;dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan. Ko&#8217;rgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan &#171;Buyuk Sohibqiron \u2014 buyuk Bunyodkor&#187; nomli 3 qismdan iborat asar o&#8217;rin olgan. Birinchisi \u2014 &#171;Tug&#8217;ilish&#187; qismida Sohibqironning tug&#8217;ilishi bilan bog&#8217;liq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi \u2014 &#171;yuksalish&#187;da &#171;rosti\u2014rasti&#187; (&#171;to&#8217;g&#8217;rilik najotdir&#187;) degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda o&#8217;tirgan Sohibqironning vazir, ulamo, harbiy a&#8217;yonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad Sulton, Ulug&#8217;bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur) bobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan me&#8217;moriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi \u2014 &#171;Faxrlanish&#187; bo&#8217;limida merosning avloddanavlodga o&#8217;tib kelayotganlik g&#8217;oyasi o&#8217;z aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI \u2014 Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi o&#8217;rta asr me&#8217;morligi an&#8217;analari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/temuriylar-tarixi-davlat-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132712","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132712"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132721,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132712\/revisions\/132721"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}