{"id":132783,"date":"2024-06-14T20:25:58","date_gmt":"2024-06-14T17:25:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132783"},"modified":"2024-06-14T20:25:59","modified_gmt":"2024-06-14T17:25:59","slug":"texnik-diagnostika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/texnik-diagnostika\/","title":{"rendered":"Texnik diagnostika"},"content":{"rendered":"\n<p>Texnik diagnostika &#8212; mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va b.da nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va urganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi og&#8217;ishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida o&#8217;tkaziladi. T.D. nazorat qilinayotgan ob&#8217;ekt (mashina, qurilma, televizor va b.)ni tashqi ko&#8217;zdan kechirish, maxsus diagnostika apparatlari yoki diagnostika dasturlaridan foydalanish yo&#8217;li bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi ob&#8217;ektlar (avtomobillar, Motosikllar, traktorlar va b.) maxsus ustaxonalar yoki ta&#8217;mirlash korxonalaridagi diagnostika punktlarida, muqim (qo&#8217;zg&#8217;almas) ob&#8217;ektlar (stanoklar, texnik tizimlar va b.) turgan joyida T.D.dan o&#8217;tkaziladi. Nazorat qilinayotgan ob&#8217;ekt va uni tekshirish vositalari (apparatlari va b.) birgalikda diagnostika tizimini tashkil qiladi. Ular o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashib, diagnostika algoritmini amalga oshiradi. Natijada ob&#8217;ektning texnik holati to&#8217;g&#8217;risidagi xulosa tuziladi (mas., &#171;mashina buzuq emas&#187;, &#171;stanok ishga yaroqsiz&#187;, &#171;televizorda chastotalar detektori ishdan chiqqan&#187; kabi xulosalar qayd qilinadi). T. D.ni amalga oshirish uchun ob&#8217;ektning matematik modeli (uning risoladagi va buzuq holatlari bayoni) ni tuzib olish usulidan ham foydalanish mumkin. Mas., shovqin bilan yoki titrab ishlovchi ob&#8217;ektlarni tekshirishda shovqin yoki titrash egri chiziqlari (akustik T.D. usu &#8212; li), mikroelektron texnologiya yoki payvandlash jarayonida ob&#8217;ektlarni rentgen nurlarida tasvirlash model vazifasini o&#8217;tashi mumkin. Diagnostika vositalarini apparatli, dasturli va dasturapparatli turlarga bo&#8217;lish mumkin. Hozir T.D.ning kompyuterli va raqamli vositalaridan keng foydalaniladi. T.D. texnik ob&#8217;ektlarning ishonchliligini ta&#8217;minlash va risoladagidek tutib turishda juda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uslubiy jihatdan T.D.ning tibbiy diagnostika bilan umumiy tomonlari mavjud (q. Diagnostika, diagnostika vositalari).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Texnik diagnostika &#8212; mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va b.da nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va urganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/texnik-diagnostika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132783","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132783","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132783"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132783\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132791,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132783\/revisions\/132791"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132783"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132783"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132783"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}