{"id":132980,"date":"2024-06-14T21:12:04","date_gmt":"2024-06-14T18:12:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132980"},"modified":"2024-06-14T21:12:05","modified_gmt":"2024-06-14T18:12:05","slug":"toksikologiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toksikologiya-2\/","title":{"rendered":"Toksikologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Toksikologiya (Yun. toxikon zahar va &#8230;logiya) \u2014 tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga ta&#8217;siri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini o&#8217;rganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo ta&#8217;siriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yo&#8217;llarini izlab topish ishlari bilan shug&#8217;ullanadi. T. ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash, oldini olish va davolash hamda moddalarning inson organizmiga uzoq muddat davomida zararli ta&#8217;sirini o&#8217;rganish va bartaraf etishga karatilgan. T. kommunal gigiena fanining asosiy bo&#8217;limlaridan bo&#8217;lib, tibbiyot oliy o&#8217;quv yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida o&#8217;qitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida Sh.T.Otaboev, T. I.Iskandarov va b.ning hissasi katta. O&#8217;zbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida o&#8217;tkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning zaharliligi va xavfliligini bag&#8217;olash bo&#8217;yicha tasnif ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning organizmga tushish yo&#8217;llari, o&#8217;limga olib boruvchi o&#8217;rtacha dozasi (kontsentrasiyasi) va b.ni bir-biriga bog&#8217;lagan holda xavflilik sinflariga bo&#8217;lish tavsiya qilingan. &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunga asosan, hukumatimizning toksikologiya sohasidagi mutaxassis olimlari (sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot inti, II toshti kommunal gigiena kafedrasi va Markaziy ilmiy tadqiqot lab. toksikologiya bo&#8217;limi xodimlari) tomonidan barcha yangi kimyoviy moddalarning zaharlilik va xavflilik darajalari o&#8217;rganiladi. Mac, fosgen kislotasi birikmalarining zaharlilik darajasi, ularning kimyoviy tuzilishiga bog&#8217;liqlik qonuniyatlari aniqlandi (g.T. Iskandarova). Mazkur qonuniyatlarga muvofiq, kimyogar va biolog olimlar hamkorligida kam zaharli va yuqori samarali defoliantlar ishlab chiqildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toksikologiya (Yun. toxikon zahar va &#8230;logiya) \u2014 tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga ta&#8217;siri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini o&#8217;rganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toksikologiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132988,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132980\/revisions\/132988"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}