{"id":13311,"date":"2021-12-26T09:48:00","date_gmt":"2021-12-26T06:48:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13311"},"modified":"2021-12-26T09:48:01","modified_gmt":"2021-12-26T06:48:01","slug":"yunusxoja","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunusxoja\/","title":{"rendered":"YUNUSXO&#8217;JA"},"content":{"rendered":"\n<p>YUNUSXO&#8217;JA (? 1801) \u2014 mustaqil Toshkent davlati hokimi (1784 \u2014 1801), Yunusxo&#8217;ja Toshkentdagi 4 dahaning biri \u2014 Shayxontohur hokimi Ulug&#8217;xo&#8217;janing o&#8217;g&#8217;li bo&#8217;lgan. Ulug&#8217;xo&#8217;ja o&#8217;zaro kurashlar avjga chiqib, xavf-xatar tug&#8217;ilgan paitda to&#8217;rtinchi o&#8217;g&#8217;li \u2014 yu.ni bir ishonchli kishi bilan Toshkentdan chiqarib yuborgan. U qozoqlar orasida yashagan. Otasining o&#8217;limidan so&#8217;ng shaharga yashirin kirgan. Yunusxo&#8217;ja avval otasiga tegishli Shayxontohurni egallashga va nufuzli kishilarni o&#8217;z tarafiga tortishga erishgan. Shundan keyin Yunusxo&#8217;ja o&#8217;zaro kurashlardan toliqqan raqiblarini, jumladan, Turobxo&#8217;jani yengishga va 4 dahani birlashtirishga muvaffaq bo&#8217;lgan. Yunusxo&#8217;ja shahar mudofaasini mustahkamlash va qo&#8217;shin jangovarligini oshirishga qaratilgan choralarni amalga oshirgan. U shahar devorlarini hashar yo&#8217;li bilan tuzattirgan, mustahkamlagan. 1800 yilgi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, devor quyi qismining qalinligi 1,8 metr, ustki qismi 0,9 metr atrofida bo&#8217;lib, aylanma uzunligi 18 chaqirimdan ortiq, devor balndligi 7,9 metr bo&#8217;lgan. Yunusxo&#8217;ja 6 ming kishidan iborat qo&#8217;shin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon bilan qurollantirgan. Toshkent tarixida birinchi bo&#8217;lib to&#8217;pdan foydalanishni joriy etgan. Yunusxo&#8217;ja davrida belgilangan tartibga ko&#8217;ra, har bir jondan bir oyda daromadiga qarab 5 tangadan 10 tangagacha, yerdan olingan hosilning qirqdan bir qismi olingan. Qoraqozonlar soliqlardan ozod qilingan. Shaharda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq izga tushgan. Yunusxo&#8217;ja ichki va tashqi savdoning o&#8217;sishiga e&#8217;tibor bergan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUNUSXO&#8217;JA (? 1801) \u2014 mustaqil Toshkent davlati hokimi (1784 \u2014 1801), Yunusxo&#8217;ja Toshkentdagi 4 dahaning biri \u2014 Shayxontohur hokimi Ulug&#8217;xo&#8217;janing o&#8217;g&#8217;li bo&#8217;lgan. Ulug&#8217;xo&#8217;ja o&#8217;zaro kurashlar avjga chiqib, xavf-xatar tug&#8217;ilgan paitda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunusxoja\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13311","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13311","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13311"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13318,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13311\/revisions\/13318"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13311"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13311"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}