{"id":133551,"date":"2024-06-15T10:56:03","date_gmt":"2024-06-15T07:56:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133551"},"modified":"2024-06-15T10:56:05","modified_gmt":"2024-06-15T07:56:05","slug":"tiflotexnika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tiflotexnika-2\/","title":{"rendered":"Tiflotexnika"},"content":{"rendered":"\n<p>Tiflotexnika &#8212; ko&#8217;rlar, ko&#8217;zi ojizlar va ko&#8217;rkarlarni o&#8217;qitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat ko&#8217;rsatish, ko&#8217;zi ojizlarning ko&#8217;rish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun mo&#8217;ljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. T. oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, oftalmologiya, ko&#8217;rish neyrofiziologiyasi, elektrofiziologiya, fiziologik optika, ko&#8217;rish gigienasi, ergonomika, umumiy, muhandislik va tibbiy psixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, aloqa nazariyasi, elektronika, axborotlar nazariyasi va b. sohalarga asoslanadi. Elektron T. narsalar, vizual jarayonlar va hodisalar to&#8217;g&#8217;risida ko&#8217;rlarga ob&#8217;ektiv axborot beradi. Ko&#8217;rlar va ko&#8217;zi ojizlarning odatdagi kitob, jurnali, gazeta va b.ni &#171;o&#8217;qishlari&#187; uchun oddiy harflarni ovoz, taktil, taktiltitrama signallarga aylantirib beruvchi &#171;o&#8217;qish&#187; mashinalari ishlab chiqilgan. Maxsus apparatlar maktablar va b. bilim yurtlarida u^kaziladigan lab. ishlarida ko&#8217;r va ko&#8217;zi ojizlarning atrofdagi narsalar, jarayonlar va xrdisalar to&#8217;g&#8217;risida muayyan tasavvur olishlariga imkon beradi. Ko&#8217;rlarning ko&#8217;chakuyda mo&#8217;ljal olishlarini osonlashtirish uchun tovush yoki taktil signalizasiyali elektron asboblar yaratilgan, maxsus elektron hassalar ishlab chiqarilgan. Ko&#8217;rlar va ko&#8217;rkarlarning yozishlari uchun L. Brayl tizimida turli asboblar va maxsus yozuv mashinkalari ishlab chiqarilgan. Ko&#8217;zi ojizlar uchun maxsus linzalar, proektsion apparatura, o&#8217;qish moslamalari, maktablardagi frontal mashg&#8217;ulotlar uchun berk tizimdagi televizion qurilmalar mavjud. Bunday vositalarning yangi turlarini ishlab chiqish borasida i. t. ishlari olib borilmoqda. Ko&#8217;zi ojizlarning ko&#8217;rish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun turlituman optik asboblar yaratilgan. Ko&#8217;rlar va ko&#8217;zi ojizlarning mehnat faoliyatiga ko&#8217;maklashish uchun ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan, mehnat xavfsizligini ta&#8217;minlaydigan qurilmalar ishlab chiqarilgan. T. ko&#8217;z va qulog&#8217;ida kamchiliklar bo&#8217;lgan odamlarning hayot kechirishi va mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun juda muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tiflotexnika &#8212; ko&#8217;rlar, ko&#8217;zi ojizlar va ko&#8217;rkarlarni o&#8217;qitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat ko&#8217;rsatish, ko&#8217;zi ojizlarning ko&#8217;rish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun mo&#8217;ljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. T. oliy nerv &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tiflotexnika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133551","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133551","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133551"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133551\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133563,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133551\/revisions\/133563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133551"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133551"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133551"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}