{"id":133591,"date":"2024-06-15T11:02:08","date_gmt":"2024-06-15T08:02:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133591"},"modified":"2024-06-15T11:02:11","modified_gmt":"2024-06-15T08:02:11","slug":"tinish-belgilari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tinish-belgilari\/","title":{"rendered":"Tinish belgilari"},"content":{"rendered":"\n<p>Tinish belgilari \u2013 muayyan tilda yozma nutqni to&#8217;g&#8217;ri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran bo&#8217;laklari)ning o&#8217;zaro mantiqiygrammatik munosabatlarini ko&#8217;rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. T.b. Markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va T. b.) mansub bo&#8217;lib, u qo&#8217;shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma&#8217;lum jihatlari bilan farq qiladi. T.b. ning yozuvda qo&#8217;llanishi o&#8217;ziga xos tizimga ega. Bu tizim \u2014 T.b. miqdori, qo&#8217;yilish tartibi va qo&#8217;llanish printsiplari yig&#8217;indisi \u2014 punktuasiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (so&#8217;zlar, morfemalar) bilan ko&#8217;rsatish mumkin bo&#8217;lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. T.b. ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo&#8217;linishini ko&#8217;rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonasion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hoz. o&#8217;zbek yozuvida T.b. soni 10 ta: nuqta, so&#8217;roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko&#8217;p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo&#8217;shtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo bo&#8217;lgan. T. b. o&#8217;z vazifasiga ko&#8217;ra, 2 ga bo&#8217;linadi: a) chegaralovchi T.b. \u2014 muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap bo&#8217;lagini intonasionmazmuniy jihatdan ajratib ko&#8217;rsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (so&#8217;zlovchi)ning sub&#8217;ektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini ko&#8217;rsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qo&#8217;shtirnoq, yagona qo&#8217;shaloq belgi sifatida qo&#8217;llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi T.b. \u2014 mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bog&#8217;langan va bog&#8217;lovchisiz qo&#8217;shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan bo&#8217;laklarini, birgalik ergashishli qo&#8217;shma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga ko&#8217;ra turlarini, nutqning bo&#8217;linganligini ko&#8217;rsatuvchi T.6.: nuqta, so&#8217;roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko&#8217;p nuqta. Ba&#8217;zi T.b. ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. T.b. tuzilish jiqatdan ham 2 ga bo&#8217;linadi: a) bir elementli T. b. \u2014 vergul, tire, nuqta; b) ko&#8217;p elementli T. b. Bu guruh, o&#8217;z navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (ko&#8217;p nuqta) va 4 elementli (qo&#8217;shtirnoq) T.b. ga ajraladi. Qo&#8217;llanish o&#8217;rniga ko&#8217;ra, T.b. 3 guruhga bo&#8217;linadi: gap oxirida qo&#8217;llanadigan T. b. (nuqta, so&#8217;roq va undov belgilari), gap o&#8217;rtasida qo&#8217;lanadigan T.b. (vergul) va aralash, ya&#8217;ni gapning turli o&#8217;rinlarida qo&#8217;llaniladigan T. b. (tire, ikki nuqta, qo&#8217;shtirnoq, qavs, kup nuqta). T. b. ning qo&#8217;llanish usuli va tartibi punktuasiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differentsiasiya (farqlash) printsiplari asosida belgilanadi. Ad.: Abdurahmonov G&#8217;., Punktuasiya o&#8217;qitish metodikasi, T., 1968; Nazarov K., O&#8217;zbek tili punktuasiyasi, T., 1976. Abduvahob Madvaliev, Ne&#8217;mat Mahkamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tinish belgilari \u2013 muayyan tilda yozma nutqni to&#8217;g&#8217;ri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran bo&#8217;laklari)ning o&#8217;zaro mantiqiygrammatik munosabatlarini ko&#8217;rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. T.b. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tinish-belgilari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133591","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133591","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133591"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133591\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133605,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133591\/revisions\/133605"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133591"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133591"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133591"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}