{"id":13419,"date":"2021-12-26T14:54:00","date_gmt":"2021-12-26T11:54:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13419"},"modified":"2021-12-26T14:54:04","modified_gmt":"2021-12-26T11:54:04","slug":"yusuf-va-zulayho","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yusuf-va-zulayho\/","title":{"rendered":"&#171;YUSUF VA ZULAYHO&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;YUSUF VA ZULAYHO&#187; \u2014 Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi, Doston. Asl manbai \u2014 ilohiymuqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qur&#8217;oni Karim. Qur&#8217;ondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qur&#8217;oni Karimning &#171;Yusuf&#187; (12) surasi asosida shakllangan bo&#8217;lib, jamiki &#171;Yusuf va Zulayho&#187; qissa va dostonlarining Ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qur&#8217;onda &#171;ahsan ulqisas&#187; (&#171;qissalarning eng go&#8217;zali&#187;) deya ta&#8217;riflanadi. Mazkur qissa davrlar o&#8217;tishi bilan Sharqda go&#8217;zal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, ko&#8217;plab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (9-asrdan) 150 dan ortiq &#171;Yusuf va Zulayho&#187; dostonu qissalari yaratildi. Xususan, eng mashhurlari qatorida Firdavsiy, Abulmuayyid Balxiy, Shahobiddin Am&#8217;aq, Shohin Sheroziy, Abdulloh Ansoriy, Xoja Mas&#8217;ud Iroqiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning qissadostonlarini ko&#8217;rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan. Jumladan, Qul Ali, Nosiriddin Rabg&#8217;uziy, Haydar Xorazmiy, Mulla Yusuf Yorkandiy, Nozim Hiraviy, Sayqaliy, Xiromiy, Salohiy, Andalib, Hoziq kabi ijodkorlar qissa va dostonlar bitganlar. Asarning keng tarqalishi va Shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmun-mohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar &#171;Yusuf va Zulayho&#187;, &#171;Qissai Yusuf alayhissalom&#187; yoki &#171;Qissai Yusuf payg&#8217;ambar&#187; deya turlicha nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzui sufiyona talqinning eng jozibador namunasi bo&#8217;lib qolaverdi. Shu bilan birga, &#171;Yusuf va Zulayho&#187; dostonlari o&#8217;ziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir. Masalan, Durbekka nisbat berib kelingan Xorazmiyning &#171;Yusuf va Zulayho&#187; dostonida (1409) O&#8217;rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, oshiqlarning muhabbat to&#8217;la sarguzashtlari juda yorqin bo&#8217;yoqlarda go&#8217;zal tasvirlangan. Umuman, davrlar o&#8217;tishi bilan &#171;Yusuf va Zulayho&#187; dostoni syujeti asosida yaratilgan asarlarda o&#8217;z davrining turli axloqiy va falsafiy qarashlari, ijtimoiy va siyosiy tushunchalari aks etib boraverdi. Ushbu syujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziy &#171;qiroat&#187; kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha hikoya qilgan, Nozim Hikmat &#171;go&#8217;zal Yusuf&#187; pyesasi, ramz Bobojon &#171;Yusuf va Zulayho&#187; musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning &#171;Yusuf va Zulayho&#187; asari 19-asrda Ogahiy tomonidan o&#8217;zbekchaga tarjima qilindi. G&#8217;arb adabiyoti ham bu syujetga murojaat qilgan (T. Manning &#171;Yusuf va uning akalari&#187; tetralogiyasi, 1933-43). Ad.: Qur&#8217;oni Karim, T., 1992; Mallayev N., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1963; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5J.li], 1J..,T., 1977; Alisher Navoiy, Mukammal asarlar to&#8217;plami, 16j., T., 2000; Durbek, Yusuf va Zulayho, T., 1959. Otabek Jo&#8217;raboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;YUSUF VA ZULAYHO&#187; \u2014 Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi, Doston. Asl manbai \u2014 ilohiymuqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qur&#8217;oni Karim. Qur&#8217;ondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yusuf-va-zulayho\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13419","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13419","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13419"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13419\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13430,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13419\/revisions\/13430"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13419"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13419"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13419"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}