{"id":134418,"date":"2024-06-15T15:55:15","date_gmt":"2024-06-15T12:55:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=134418"},"modified":"2024-06-15T15:55:17","modified_gmt":"2024-06-15T12:55:17","slug":"geliosentrik-sistema","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geliosentrik-sistema\/","title":{"rendered":"GELIOSENTRIK SISTEMA"},"content":{"rendered":"\n<p>GELIOSENTRIK SISTEMA -Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi tasavvur; unga ko&#8217;ra, Kuyosh Markaziy jism bulib, boshqa sayyoralar, shu jumladan Er ham Quyosh atrofida va o&#8217;z o&#8217;qi atro- fida aylanib turadi. Bu ta&#8217;limotni polyak olimi N. Kopernik yaratdi. Mil. AV. 4-a.da yunon faylasufi Geraklit er shar shaklida, u o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylana- Di, yulduzlar esa qo&#8217;zg&#8217;almas, deb aytgan. U Merkuriy va Venera Quyosh atrofida aylanib, Quyosh b-n birga er atrofida harakatlanadi, deb uylagan. Mil. AV. 3-a. da yashagan Samoslik Aristarx yulduzlar joylashgan sfera va Quyosh qo&#8217;zg&#8217;almaydi, Er esa markazida Quyosh joylashgan ayla- na bo&#8217;ylab harakatlanadi, degan fikrni aytgan. Abu Rayhon Beruniy &#171;al-qonun almas&#8217;udiy&#187;asarida Aristarx ta&#8217;limo &#8212; tiga murojaat qilib, erning harakati haqida yozgan edi. Ammo bu fikrlar ri- vojlanmadi va to 16-a.gacha Ptolemeynnsh geosentrik sistema haqidagi ta&#8217;limoti hukmron bo&#8217;lib keldi. N. Kopernik &#171;OS- mon sferalarining aylanishi&#187; asarida (1543) er harakati to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyani ma- tematik usulda isbotlab berdi. G. s. ta&#8217;- limotiga ko&#8217;ra: 1) olamning markazida er emas, balki Quyosh turadi; 2)er va b. shar- Simon sayyoralar Quyosh atrofida faqat bir yo&#8217;nalishda harakatlanadi hamda bi- ror diametr atrofida aylanadi; 3) sayyo- ralarning Quyosh atrofidagi yo&#8217;li (orbi- tasi) aylanadan iborat; 4) sayyoralar bir xil tezlikda tekis harakat qiladi. Bun- dan tashqari, Kopernik oy er atrofida aylanadi va er b-n birga Kuyosh atrofida harakatlanadi, deb hisoblaydi. Koper- nik osmon yoritqichlarining sutkalik ko&#8217;rinma harakati erning o&#8217;z o&#8217;qi atrofi- da aylanishi natijasida, Quyoshning yil- lik ko&#8217;rinma harakati esa erning Quyosh atrofida yillik aylanishi natijasida sodir bo&#8217;lishini tushuntirdi. Nemis astronomi I. Kepler N. Kopernik ta&#8217;li- motini rivojlantirib, sayyoralarning harakat qonunlarini ochdi. G. s. geosen- trik sistema tarafdorlariga qaqshatqich zarba berdi. J. Bruno, G. Galiley G. s. g&#8217;oyasining taraqqiyotiga katta hissa qo&#8217;shishdi. 1677 y.da I. Nyuton o&#8217;zining butun olam tortishish qonunini kashf etdi va bu b-n sayyoralarning Kuyosh atro- fida harakat qilish sabablarini ochib berdi. 1957 y. 4 okt.da boshlangan kosmik era, ya&#8217;ni er suniy yo&#8217;ldoshlarining uchirilishi, kosmik raketalarning oy va sayyoralarga parvozi g. s. g&#8217;oyasining to&#8217;g&#8217;ri ekanligini isbotladi. G. s. tabiat- shunoslikning rivojlanishida olamshu- mul o&#8217;rin tutdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GELIOSENTRIK SISTEMA -Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi tasavvur; unga ko&#8217;ra, Kuyosh Markaziy jism bulib, boshqa sayyoralar, shu jumladan Er ham Quyosh atrofida va o&#8217;z o&#8217;qi atro- fida aylanib turadi. Bu ta&#8217;limotni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/geliosentrik-sistema\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-134418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/134418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=134418"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/134418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":134435,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/134418\/revisions\/134435"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=134418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=134418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=134418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}