{"id":13480,"date":"2021-12-26T16:05:38","date_gmt":"2021-12-26T13:05:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13480"},"modified":"2021-12-26T16:05:39","modified_gmt":"2021-12-26T13:05:39","slug":"yovvoyi-olma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-olma\/","title":{"rendered":"YOVVOYI OLMA"},"content":{"rendered":"\n<p>YOVVOYI OLMA \u2014 olma avlodiga mansub yovvoyi holda o&#8217;sadigan olma turlari. Bog&#8217;dorchilikda urug&#8217;idan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda selektsion material sifatida foydalaniladi, mevasidan povidlo, jem kabi mahsulotlar tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonda 10 turi uchraydi. Yovvoyi olmaning turlari, asosan, Toshkent viloyati (Bo&#8217;stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari) ning tog&#8217;li zonalarida tarqalgan. Asosiy turlari: o&#8217;rmon olmasi (M. silvestril Mill.) \u2014 uning juda ko&#8217;p tur xillari va shakllari bor. Yevropa o&#8217;rmonlarida tarqalgan. Daraxti kam bachki chiqaradigan uzun tanali. Qurg&#8217;oqchilikka va sovuqqa chidamli, eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Olxo&#8217;ri bargli olma \u2014 Kitayka (M. prunifolia Borkh.) \u2014 Sibir, Uzoq Sharq, Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;izistonda o&#8217;sadi. Sovuqqa chidamli. Balandligi 10 metr, ildizlari baquvvat, mevasi mayda, qizg&#8217;ishsariq yoki qizil. Past bo&#8217;yli olma (M. pumila Mill.) \u2014 Yevropa, Kavkaz, Qrim, O&#8217;rta Osiyoda tarqalgan. Past bo&#8217;yli daraxtining novdalari tukli va ildizi baquvvat, bir necha tur xillari bor. Issiqsevar, bu turga dusen va paradizka kiradi. Paradizka, rayka (M. paralisiaca Schn.) \u2014 pakana butasimon daraxt. Balandligi 2 metr, sovuqqa chidamsiz. Pakana payvandtag sifatida ekiladi. Sharq yoki Kavkaz olmasi (M. orientalis Uglitz.) \u2014 Kavkazda, Qrim va O&#8217;rta Osiyoning tog&#8217;li mintaqalarida o&#8217;sadi. Sovuqqa chidamsiz, qurg&#8217;okchilikka chidamli. Mahalliy Kavkaz navlari bog&#8217;dorchilikda o\u2019stirib madaniylashtirilgan. Sivere olmasi (M. Siversii) \u2014 yovvoyi holda O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;larida o\u2019sadi. Sovuqqa chidamliligi o&#8217;rtacha, vegetativ ko&#8217;payish xususiyatiga ega. O&#8217;rta Osiyo bog&#8217;laridagi olmalarning asosiy payvandtagi. Turkman olmasi (M. turkmenorum Jus et.pop.) \u2014 Kopetdog&#8217; tog&#8217;larida o\u2019sadi. Bo&#8217;yi 3-5 metr, ildiz bachkilari ko&#8217;p bo&#8217;lgani uchun tez ko&#8217;payadi, tupi kichikroq. Mevasi o&#8217;rtacha yirik, och yashiljigarrang (ba&#8217;zan qizg&#8217;ish), issiqqa chidamli. Yer osti suvi yuza joylarda yaxshi o&#8217;sadi. Turkistonda &#171;baboarab olmasi&#187;, Xorazmda &#171;Xazorasp&#187; yoki &#171;Xorazm olmasi&#187; nomi bilan mashhur. Qizil olma yoki Nedzevedskiy olmasi (M. Niedzwetskiana Duck.) \u2014 Tyanshanda va O&#8217;rta Osiyoda ekma holda uchraydi. Yovvoyi turlari, asosan, Toshkent viloyati tog&#8217;larida ko&#8217;p. Ayrim turlari manzarali o&#8217;simlik sifatida ekiladi. 19 asrning oxiriga qadar O&#8217;zbekistonda Yovvoyi olmaning tur xillari ekib kelingan. 19 asrning oxiri \u2014 20 asrning 20 yillaridan chet ellarda chiqarilgan madaniy navlar tarqala boshladi. Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOVVOYI OLMA \u2014 olma avlodiga mansub yovvoyi holda o&#8217;sadigan olma turlari. Bog&#8217;dorchilikda urug&#8217;idan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda selektsion material sifatida foydalaniladi, mevasidan povidlo, jem kabi mahsulotlar tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonda 10 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-olma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13494,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13480\/revisions\/13494"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}