{"id":13485,"date":"2021-12-26T16:07:49","date_gmt":"2021-12-26T13:07:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13485"},"modified":"2021-12-26T16:07:50","modified_gmt":"2021-12-26T13:07:50","slug":"yovvoyi-echkilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-echkilar\/","title":{"rendered":"YOVVOYI ECHKILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YOVVOYI ECHKILAR (Sarga) quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvonlarning bir urug&#8217;i. Qo&#8217;ylar urug&#8217;i bilan birgalikda echkisimonlar kenja oilasi (Capravinae) HH tashkil etadi. Tuzilishi va yashash muhiti jihatdan qo&#8217;ylarga o&#8217;xshaydi, lekin ulardan soqoli va takalarining dumi ustida sassiq hidli sekret chiqaradigan teri bezlari borligi, tuyoq orasi va ko&#8217;zoldi bezlari yo&#8217;qligi, manglayi kengligi, dumining kaltaligi hamda dumi ostida Yung bo&#8217;lmasligi bilan farq qiladi. Takasining shoxi yirik, shakli va tuzilishi xilma-xil. Urg&#8217;ochilarining shoxi kichik va deyarli bir xil. Yungi dag&#8217;al qildan va qalin tivitdan iborat. Shimoliy G&#8217;arbiy Afrika, Yevropa va Osiyo tog&#8217;larida 8 turi tarqalgan. Dengiz sathidan 5,5 ming metr balandlikkacha ko&#8217;tariladi. Bo&#8217;g&#8217;ozlik davri 5 oy. May\u2014iyunda 2 ta bola tug&#8217;adi. Bolasi 2 yoshda voyaga yetadi. Go&#8217;shti va terisi uchun ovlanadi. Qo&#8217;lga tez o&#8217;rganib, urchiydi. O&#8217;simliklar bilan oziqlanadi. Yovvoyi echkilar shoxlarining tuzilishiga ko&#8217;ra 3 guruhga bo&#8217;linadi: 1-guruhga uch qirrali va kamalaksimon shoxli echkilar kiradi. Bu guruhga Janubiy Sibir, Markaziy Osiyo tog&#8217;larida yashaydigan tog\u2019 takalari (Sarga sibirica), Alp tog\u2019larida yashaydigan Alp echkilari (Sarga severtzovi) kiradi. 2-guruhga yassi shoxli echkilar, ya&#8217;ni O&#8217;zbekiston, Tojikiston va Afg&#8217;oniston tog&#8217;larida uchraydigan morxo&#8217;r (Sarga falconeri), Janubiy Osiyo, kichik Osiyo, Kavkaz, Turkmaniston tog&#8217;larida yashaydigan bezoar echki yoki tog&#8217;kiyigi (Sarga aegagrus) kabilar kiradi. 3guruhga spiralsimon burama shoxli echkilar \u2014 katta Kavkaz tog&#8217;larining Sharqiy qismida yashaydigan Dog&#8217;iston turlari (Sarga cylindricornis), Periney yarim orolidagi tog&#8217;larda tarqalgan ispan echkilari (Sarga pyrenaica) kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOVVOYI ECHKILAR (Sarga) quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvonlarning bir urug&#8217;i. Qo&#8217;ylar urug&#8217;i bilan birgalikda echkisimonlar kenja oilasi (Capravinae) HH tashkil etadi. Tuzilishi va yashash muhiti jihatdan qo&#8217;ylarga o&#8217;xshaydi, lekin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yovvoyi-echkilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13485","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13485","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13485"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13485\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13499,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13485\/revisions\/13499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13485"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13485"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13485"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}