{"id":135379,"date":"2024-06-16T12:50:18","date_gmt":"2024-06-16T09:50:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=135379"},"modified":"2024-06-16T12:50:19","modified_gmt":"2024-06-16T09:50:19","slug":"gidroakkumulyasiyalovchi-elektr-stantsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidroakkumulyasiyalovchi-elektr-stantsiyasi\/","title":{"rendered":"GIDROAKKUMULYASIYALOVCHI ELEKTR STANTSIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>GIDROAKKUMULYASIYALOVCHI ELEKTR STANTSIYASI (GAES), nasos- li akkumulyasiyalovchi elektr stantsiya \u2014 ishlash tarzi boshqa elektr stantsiyalar- dan olinadigan elektr energiyasini suv- ning potentsial energiyasiga aylantirib (akkumulyasiyalab), keyin zarur bo&#8217;lganda uni qayta elektr energiyaga aylanti- rib energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stantsiya. GAES- ning gidrotexnika inshootlari, aso- san, baland-past joylashgan ikkita suv hovuzidan va biriktirish quvurlaridan iborat. GAES binosidagi gidroagregat- lar uch yoki ikki mashinali bo&#8217;lishi mum- kin. Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidrotur- bina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina o&#8217;rnatiladi. Gidromashina aylanish yo&#8217;nalishiga qarab ham nasos, ham turbina sifatida ishlaydi. Yangi qurilayotgan GAES lar- ga iqtisodiy jihatdan tejamli bo&#8217;lgan ikki mashinali agregatlar o&#8217;rnatiladi. Elektr tarmoqlarida ortiqcha elektr energiya bor paytlarda (mas, kechasi) shu ortiqcha energiya GAES uchun suvni pastki hovuzdan yuqorigi, akkumulyasi- yalovchi hovuzga ko&#8217;tarishga sarflanadi. Elektr tarmoqlarda ko&#8217;proq energiya ta- lab qilinganda yuqori hovuzdagi suv, quvurlardan Gaesning turbina reji- mida ishlaydigan gidroagregatlariga yuboriladi. Gaesda olingan tok elektr tarmoqlarga qaytarib beriladi. Suv esa pastki hovuzga yig&#8217;iladi. Akkumulyasiya- lanadigan elektr energiyaning miqdori hovuz hajmiga va Gaesning ish bosimi- ga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Yuqorigi hovuz sun&#8217;iy yoki tabiiy (mas, ko&#8217;l) bo&#8217;lishi; pastki esa daryoga o&#8217;rnatilgan to&#8217;g&#8217;onda hosil bo&#8217;lgan suv havzasi bo&#8217;lishi mumkin. Gaesning f.i.k. 0,66 dan oshmaydi. AQSh, Angliya, GFR, Avstriya, Frantsiya, Yaponiya, Rossiya va b. mamlakatlarda Gaeslar qurilgan. Bir necha minutda Gaesni yurgizib yubo- rish va ish rejimlarini o&#8217;zgartirish mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GIDROAKKUMULYASIYALOVCHI ELEKTR STANTSIYASI (GAES), nasos- li akkumulyasiyalovchi elektr stantsiya \u2014 ishlash tarzi boshqa elektr stantsiyalar- dan olinadigan elektr energiyasini suv- ning potentsial energiyasiga aylantirib (akkumulyasiyalab), keyin zarur bo&#8217;lganda uni qayta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gidroakkumulyasiyalovchi-elektr-stantsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-135379","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/135379","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=135379"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/135379\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":135394,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/135379\/revisions\/135394"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=135379"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=135379"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=135379"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}