{"id":13705,"date":"2022-01-03T17:44:57","date_gmt":"2022-01-03T14:44:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13705"},"modified":"2022-01-03T17:44:58","modified_gmt":"2022-01-03T14:44:58","slug":"yoritish-jihozlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoritish-jihozlari\/","title":{"rendered":"YORITISH JIHOZLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YORITISH JIHOZLARI bino, kucha, xiyobonlar va boshqalarni yoritish uchun foydalaniladigan qurilmalar (yoritish asboblari va yoritish qurilmalari, yoritish armaturalari). Yoritish asboblari \u2014 yoritish, nurlatish, yorug&#8217;lik signalizatsiyasi yoki proektsiyalash uchun mo&#8217;ljallangan asboblar; yorituvchi, nurlatuvchi, signal beruvchi va proektsiyalovchi xillari bor. Ular optik nurlatish manbai, yorug&#8217;lik nuri oqimini fazoda berilgan yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha qayta taqsimlash qurilmalari, konstruktsion detallardan iborat. Konstruktsion detallar yoritish asboblarining barcha qismlarini birlashtiradi va nurlanish manbaini hamda yorug&#8217;likni qayta taqsimlaydigan qurilmalarni shikastlanishdan va atrof muhit ta&#8217;sirlaridan himoya qiladi. Yorug&#8217;lik oqimini to&#8217;plash darajasiga qarab, yorug&#8217;lik oqimini optik o&#8217;q bo&#8217;ylab to&#8217;la to&#8217;playdigan (projektorlar), yorug&#8217;lik oqimini optik o&#8217;qning ba&#8217;zi uchastkasida kichik hajmda to&#8217;la to&#8217;playdigan (proektorlar), yorug&#8217;lik oqimini katta fazoviy burchakda qayta taqsimlaydigan (yoritish jihozlari) xillarga bulinadi. Yorug&#8217;lik oqimini qayta taqsimlashda turli shakldagi qaytargichlardan foydalaniladi. Yorug&#8217;lik asboblari yig&#8217;indisidan iborat yoritqich yoritish qurilmalari deyiladi. Bular yordamida maydon, xona yoki ayrim ob&#8217;ektdar yoritiladi. Yoritish armaturalari \u2014 yorug&#8217;lik oqimini fazoda ma&#8217;lum tomonga yo&#8217;naltiradigan, taqsimlaydigan va ko&#8217;zni qamashishdan saqlaydigan qurilmalar. O&#8217;rnatilishiga qarab, osma, shipga, devorga, polga o&#8217;rnatiladigan, stolga qo&#8217;yiladigan; vazifasiga qarab, oddiy va bezak xillarga bo&#8217;linadi. Oddi y yoritish armaturalariga sanoat binolarini yoritish uchun ishlatiladigan qaytargichi emalli, zdlarning baland tsexlari va xonalari, shuningdek, katta ko&#8217;chalarni yoritadigan qaytargich oynali, nam o&#8217;tkazmaydigan va portlashdan saqlaydigan, stolga qo&#8217;yiladigan va boshqalar. Yoritish jihozlari kiradi. Bezak yoritish armaturalariga abajur, lampalar, muzey, teatr va boshqa joylarga o&#8217;rnatiladigan lyustra \u2014 qandillar, stolga o&#8217;rnatiladigan lampalar, yotoqxonalar, yo&#8217;lakchalar va poyezd vagonlarida ishlatiladigan lampa ko&#8217;cha yoritqichi (Toshkent shahri). Lampalarni mahkamlashda, yorug&#8217;likning spektr tarkibini o&#8217;zgartirishda, lampochkalarni changdan, namlikdan shikastlanishdan saqlashda yoki o&#8217;tga o&#8217;ch muhitlardan ajratishda turli moslamalar qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORITISH JIHOZLARI bino, kucha, xiyobonlar va boshqalarni yoritish uchun foydalaniladigan qurilmalar (yoritish asboblari va yoritish qurilmalari, yoritish armaturalari). Yoritish asboblari \u2014 yoritish, nurlatish, yorug&#8217;lik signalizatsiyasi yoki proektsiyalash uchun mo&#8217;ljallangan asboblar; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoritish-jihozlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13705","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13705","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13705"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13705\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13710,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13705\/revisions\/13710"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13705"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13705"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13705"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}