{"id":137213,"date":"2024-07-01T20:56:10","date_gmt":"2024-07-01T17:56:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=137213"},"modified":"2024-07-01T20:56:12","modified_gmt":"2024-07-01T17:56:12","slug":"samarqand-ulug-vatan-urushi-yillarida-1941-1945-yillar-qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-ulug-vatan-urushi-yillarida-1941-1945-yillar-qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish\/","title":{"rendered":"Samarqand Ulug\u2019 Vatan urushi yillarida (1941-1945 yillar). Qizil Armiya uchun rezervlar tayyorlash va aholini harbiy ishga o\u2019rgatish"},"content":{"rendered":"\n<p>Fashistlar Germaniyasining Vatanimizga xoinona bostirib kirishi sovet kishilarining tinch mehnat faoliyatini buzdi. Urushning birinchi kunlaridanoq butun mamlakat bo\u2019ylab miting va yig\u2019ilishlar o\u2019tkazilib, ularda qatnashgan mehnatkashlar dushmanni tor-mor keltirmoq uchun o\u2019zlarining bor kuchlarini sarflashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Sovet kishilarining darho frontga yuborishni, harakatdagi armiya va flot safiga jo\u2019natishni iltimos qilib harbiy komissarliklarga to\u2019xtovsiz arizalar berib turganliklari ularning Vatanimiz mustaqilligini saqlab qolishga mahkam bel bog\u2019laganliklarini ko\u2019rsatib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet kishilari qatori Samarqand aholisi ham partiya tashkilotlari hamda shahar va oblast harbiy komissarliklariga darhol frontga yuborishlarini so\u2019rab 1316 ta ariza berdilar. 1941 yil 4 avgustga kelib bunday arizalar soni 2988 taga yetdi. Shu arizalardan 613 tasi xotin-qizlardan edi. O\u2019zi arizalarida sovet kishilari o\u2019z sotsialistik Vatanlariga xalqning cheksiz muhabbat va sadoqatini, fashist bosqinchilariga bo\u2019lgan nafratini ham sotsializm mamlakatini himoya qilish yo\u2019lida jangovar shijoatlar ko\u2019rsatishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019ngillilarni va harakatdagi armiya safiga chaqirilganlarni kuzatib qo\u2019yish sovet vatanparvarligining zo\u2019r namoyishiga aylandi. Chunonchi, pensioner Hasan bobo Mamadaliyev o\u2019g\u2019lini frontga jo\u2019natar ekan: \u201cVatan qo\u2019lingga qurol berdi. Shu qurol bilan dushmanning adabini berib qo\u2019yishing lozim. Hamisha birinchilar safida bo\u2019l! Frontda qahramonliklar ko\u2019rsatishingga aminman!\u201d-deb nasihat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda harbiy ta\u2019lim olgan 72-zapas o\u2019qchi polkning 3-batalon 10-rotasidagi o\u2019zbek jangchilari frontga jo\u2019nash oldidan o\u2019z hamshaharlariga-Samarqand oblast mehnatkashlariga \u201cLeninskiy put\u201d gazetasi orqali quyidagi xat bilan murojaat qildilar: \u201cAziz hamshaharlar, bugun biz sevikli Vatanimizni ko\u2019krak kerib himoya qilish uchun harakatdagi armiya safiga jo\u2019nab ketmoqdamiz. Mamlakat ichkarisida bo\u2019lgan vaqtimizni bekor o\u2019tkazmadik. Zo\u2019r berib tayyorgarlik ko\u2019rdik. Baxtli hayotimizga, ozodligimizga va mustaqilligimizga qasd qilgan fashist gazandalarini yemirib tashlash uchun harbiy ishni qunt bilan o\u2019rgandik. Sevikli Vatanimiz tahqirlanganligi uchun, otalarimiz va onalarimizning, akalarimiz va opalarimizning, xotinlarimiz va bolalarimizning to\u2019kilgan behisob qoni, ko\u2019z yoshlari uchun nafrat olovi qalbimizda yonib turibdi. Siz aziz hamshaharlarimizga aytadigan gapimiz shuki, Qizil Armiyani zarur narsalar bilan ta\u2019minlash va dushmanni tor-mor keltirish uchun sizlar ham mamlakat ichkarisida tinmay mehnat qilingiz. Biz ham sizlarni ishontirib aytamizki, jangda sira bo\u2019sh kelmaymiz, jonajon yerimizni oxirgi tomchi qonimiz qolguncha himoya qilamiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Jangchilar hamshahariga bergan so\u2019zlarining ustidan chiqdilar, Samarqandliklar xizmat qilayotgan harbiy qism 1941-1942 yil qishi davomida dushmanning motomexanizatsiyalashgan va tank qismlari bilan 21 marta og\u2019ir mudofaa janggi qilib, uning jonli kuchi va texnikasiga juda katta talafotlar yetkazdilar. Janglarda komandir va jangchilar chinakam qahramonlik ko\u2019rsatishdi. Chunonchi, Oryol oblastining Chuxlovo shahri uchun 3 kun davom etgan jangda ular dushmanning 18 marta qilgan qarshi hujumini qaytardilar. Bu janga dushmanning kuchi ularning kuchidan to\u2019rt baravar ko\u2019p bo\u2019lsa ham fashistlarning 3 tankini, 1500 ga yaqin soldat va ofitserlarini yer tishlatdi. Sovet jangchilarining qattiq turib mardonavor jang qilishi fashistlarni mudofaaga o\u2019tishga majbur etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 25 iyuldan boshlab butun respublikada harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo\u2019lgan kishilarni harbiy ishga tayyorlash avj oldirildi. Samarqand oblast, shahar, rayon partiya komitetlari, boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari va Samarqand oblast harbiy komissarligi harbiy ishga o\u2019rgatilishi lozim bo\u2019lgan kishilarning ro\u2019yxatini tuzishga, zapas bo\u2019linmalarni to\u2019ldirishga, boshliqlar sostavini tanlab olishga va ular bilan mashg\u2019ulotlar o\u2019tkazishga darhol kirishdilar. 1941 yil 30 iyulda Samarqand oblastining shahar va rayonlarida harbiy ta\u2019lim olgan kishilar soni 10 mingdan oshib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunist va komsomollar armiyaga yuborilayotganlarning oldingi safida bo\u2019ldilar. 1944 yilning oxiriga kelib Samarqand shahar partiya tashkilotining o\u2019ziga harakatdagi armiyaga siyosiy rahbar qilib yuborgan kommunistlar 1835 kishiga yetdi. Urush yillari davomida 37 mingdan ortiq Komsomol, ya\u2019ni butun oblast Komsomol tashkiloti sostavining 60 protsenti frontga jo\u2019nab ketdi. Urushning birinchi kunlaridayoq frontga ketganlar orasida Samarqand shahar Bog\u2019ishamol rayon partiya komitetining sekretari Ziyoboyev, Samarqand shahar komsomol komitetining sekretari R.K.Karimov, 8 mart nomidagi fabrika Komsomol komitetining sekretari Saruxanov, ko\u2019n zavodi komsomol komitetining sekretari Izchagin, choy qadoqlash fabrikasi komsomol komitetining sekretari Shcherbinin, pedagagogika instituti komsomol komitetining sekretari Kukushkin hamda boshqa juda ko\u2019p kommunist va komsomollar bor edi. Oblast partiya komiteti apparatidan oblast partiya komitetining ikkinchi sekretari M.G.Chikovaniy, bo\u2019lim mudirlaridan 3 kishi va instruktorlardan 9 kishi frontga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komiteti naryadi bo\u2019yicha harbiy havo desantlari va avtomatchilar bo\u2019linmalari asosan ko\u2019ngilli kommunist va komsomollardan tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komitetining \u201cO\u2019rta Osiyo harbiy okrugi territoriyasida milliy qo\u2019shin birlashmalari tuzish to\u2019g\u2019risida\u201dgi 1941 yil 13 noyabr qarori va O\u2019rta Osiyo harbiy okrugi shtabining buyrugiga asosan respublikada qo\u2019shin birlashmalari tuzila boshladi, shular qatorida alohida milliy o\u2019qchi brigade Samarqand oblastida tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 19 noyabrda Samarqand oblast partiya komiteti byurosi yoshi 40 dan oshmagan mahalliy millatdan va muayyan miqdorda kommunist hamda komsomollardan iborat qo\u2019shin birlashmalari tuzish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Oblast partiya tashkiloti shu harbiy qismlarga 838 kommunistni, oblast komsomol komiteti 3248 komsomolni yubordi. Oblast mehnatkashlari diviziya va brigade hammasi bo\u2019lib 8773 kishini yubordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblast territoriyasiga joylashgan milliy birlashmalarning qismlari aholi, partiya, sovet va jamoatchilik tashkilotlarida har tomonlama yordam olib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Siyodiy bo\u2019limlarni xodimlar bilan ta\u2019minlash uchun diviziya va brigade oblast partiya xodimlaridan 40 kishi, chunonchi, Oqdaryo rayon partiya komitetining sekretari Q.Nurqobilov, Bulung\u2019ur rayon partiya komitetining sekretari M.Tillayev, oblast partiya komiteti harbiy bo\u2019limining instruktori N.Shoymardonov, Narpay rayon partiya komiteti agitatsiya va propaganda bo\u2019limining mudiri O.Solihov va boshqalar yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblast partiya komiteti qarori bilan oblast harbiy komissarligi huzurida harbiy qismlarga siyosiy xodimlar tayyorlash kurslarida 130 kishi o\u2019qitildi. Bundan tashqari, 100 dan ortiq kishi Toshkentdagi 15 kunlik kurslarga yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Milliy qismlar uchun o\u2019zbek tilida gazetalar, adabiyotlar, harbiy o\u2019quv qo\u2019llanmalari chiqarilib turdi. Chunonchi, \u201cTanklar bilan kurashish to\u2019g\u2019risida to\u2019p komandiri va navodchikka qo\u2019llanma\u201d, \u201cOgnomyotlar va ular bilan kurash\u201d hamda boshqa shu kabi 16 nomdagi harbiy o\u2019quv qo\u2019llanmalari o\u2019zbek tiliga tarjima qilinib, ko\u2019p nusxada nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1942 yil avgustida desant qismlariga ixtiyoriy ravishda ko\u2019ngillilarni qabul qilish boshlandi. 1000 dan ortiq kishidan ariza tushdi, harbiy komissiya shulardan 17 tasini tanlab oldi. Keyinroq komsomollardan qo\u2019poruvchi otryadlar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1943 yilda Samarqand oblastida 24-zapas o\u2019qchi brigade tuzildi. Kattaqo\u2019rg\u2019on rayoniga joylashtirilgan bu brigade Qizil Armiyaga rezervlarni ommaviy tayyorlash bo\u2019yicha mashq qildiruvchi markaz bo\u2019lib qoldi. Yil oxirigacha bu brigade yuzga yaqin rota hamda maxsus komandalarni frontga yubordi. Shu yilning iyulida Samarqandda kommunist va komsomollardan avtomatchilarning 17-alohida \u201cSamarqand bataloni\u201d tuzildi. Bu batalonni frontga jo\u2019natish oldidan unga oblast ijroiya komiteti va oblast partiya komitetining Qizil bayrog\u2019i topshirildi ham murojaat o\u2019qib eshittirildi. Murojaatda bunday deyilgan edi: \u201cAvtomatchilarning 17-alohida Samarqand bataloni Samarqand oblasti mehnatkashlarining yuksak ishonchini oqlaydi, manfur nemis okkupatsiyachilarini muqaddas sovet yeridan tamomila haydab chiqarguncha ularni shavkatli Qizil Armiya safida turib shafqatsizlik bilan tor-mor keltira beradi, deb O\u2019zbkiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasining oblast komiteti ishonch bildiradi\u201d. Avtomatchi jangchilar bu yo\u2019l-yo\u2019riqni muqaddas bilib, frontlarda botirlarcha jang qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komitetining \u201cSSSR grajdanlarini umumiy majburiy harbiy ishga o\u2019rgatish to\u2019g\u2019risida\u201dgi qarori 1941 yil 19 sentabrda e\u2019lon qilinib, O\u2019rta Osiyo harbiy okrugining harbiy soveti Respublika mehnatkashlarini harbiy ishga o\u2019rgatishning asosiy vazifalarini belgilovchi ko\u2019rsatmalar berganidan keyin O\u2019zbekistonda mehnatkashlarni yoppasiga harbiy ishga o\u2019rgatish boshlanib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 25 sentabrdan boshlab butun respublikada harbiy o\u2019quv punktlarini tashkil etishga va ularni komandirlar sostavi bilan to\u2019ldirishga kirishildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand oblast partiya tashkiloti hamma kommunist, komsomol va mehnatkashlarni harbiy o\u2019qishga tortish vazifasini qo\u2019ydi. Boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari harbiy o\u2019qishga tortilishi lozim bo\u2019lgan kishilarning hammasini hisobga olib, ular orasida katta tushuntirish ishlari olib bordilar, harbiy organlarning harbiy o\u2019quv punktlarini jihozlashlariga va o\u2019quv qo\u2019llanmalarini tayyorlashlariga yordamlashdilar. Partiya tashkilotlari harbiy o\u2019qishning qanday borayotganligi masalasini byuro majlis va yig\u2019ilishlarida mutassil muhokama qilib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunist va komsomollar bu sohada ham oldingi safda bordilar. Oblastdagi tashkilot, muassasa, sanoat korxonalarida, kolxoz va sovxozlarda har kuni, hatto dam olish kunlarida ham 2,5 soatdan harbiy mashg\u2019ulot o\u2019tkazib turdi. O\u2019rta maktablarning yuqori sinflarida o\u2019quvchilarga harbiy jismoniy tarbiya va sanitariya ta\u2019limi berish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko\u2019paytirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rayon partiya komitetlari harbiy ta\u2019limning borishi to\u2019g\u2019risida har besh kunda oblast va shahar partiya komitetlariga operativ ma\u2019lumotlar yuborib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Partiya tashkilotlari ilgari armiya safida xizmat qilgan yoki maxsus tayyorgarlikdan o\u2019tgan zapasdagi komandirlar, maktablarning harbiy rahbarlari va oddiy jangchilardan harbiy ta\u2019lim komandirlarini tanlab olib, ularni harbiy komissarliklar bilan birga harbiy ta\u2019lim bo\u2019linmalariga safarbar qildilar. Rayon partiya komitetlari harbiy ta\u2019lim mashqlarini o\u2019tayotganlar o\u2019rtasida siyosiy-ommaviy ish olib borish uchun har bir bo\u2019limga bir suhbatchi, har bir vzvodga bir agitator, har bir rotaga bir siyosiy rahbar, har bir batalonga bir harbiy komissarlardan iborat siyosiy sostavni tanlab olib, byuroda tasdiqladilar. Mashg\u2019ulot boshlanishi oldidan har kuni 15-20 minut suhbat va siyosiy axborot o\u2019tkazilib turildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy ta\u2019limni o\u2019tkazishda o\u2019rta komanda sostavidan 92 kishi, oddiy sostavdan 810 kishi qatnashdi. Harbiy ta\u2019lim olgan kishilardn qisqa vaqt ichida bir qancha batalon va boshqa harbiy qismlar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oxunboboyev nomidagi Samarqand ko\u2019n zavodida harbiy ta\u2019lim ishlari, ayniqsa, yaxshi tashkil etildi. Bu zavod ishchi va xizmatchilarining hammasi harbiy ta\u2019lim mashg\u2019ulotlarida qatnashdi. Mashg\u2019ulotlar programmaga muvofiq qat\u2019iy jadval asosida olib borildi. Zavod o\u2019t o\u2019chirish komandasi boshlig\u2019ining yordamchisi, kommunist Ivanov, zapasdagi kichik leytenant Berdnikov, smena texnologi Mustafinlar bo\u2019linmalarining eng yaxshi komandirlari ekanliklarini ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cHujum\u201d fabrikasi, \u201cUdarnik\u201d arteli, 4-vino zavodi va boshqa korxona xodimlarining hammasi harbiy tayyorgarik mashqlarini o\u2019tadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahrining Bog\u2019ishamol rayonida ba\u2019zi mashq rotalari bir necha korxonaning ishchi va xizmatchilaridan tuzildi. Chunonchi, Chkalov nomidagi bosmaxona va yog\u2019ochsozlik zavodi kollektivlaridan bir rota tuzildi, makaron, tamaki fabrikalari, mebelsozlik ustaxonasi, \u201cGornyak\u201d arteli kollektivlari xodimlaridan ikkinchi rota tuzildi. Kattaroq korxonalarda (tikuvchilik va pillakashlik fabrikalari) alohida-alohida rotalar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahrining aholisidan urushning birinchi yili davomida 10 ming, 1942 yil sentabr oyidan to yil oxirigacha 27 ming kishi harbiy ma\u2019lumotga ega bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Vatan urushi yillarida yoshlarning siyosiy rahbar va tashkiloti \u2013 komsomol tashkilotlraining roli yanada ko\u2019tarildi, ularning harbiy xo\u2019jalik vazifalarini hal qilish uchun ham, ularning harbiy xo\u2019jalik vazifalarini hal qilish uchun ham, shuningdek, Qizil Armiyaga rezervlar tayyorlab berish uchun ham zimmalaridagi mas\u2019uliyat benihoya oshib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning komsomol tashkilotlari aholini harbiy ishga o\u2019rgatishda, yoshlarni frontning mashaqqatli sharoitiga tayyorlashda partiya organlariga katta yordam berdilar. Komsomol tashkiloti umumiy harbiy ta\u2019limni tashkil etishni o\u2019z otalig\u2019iga olib, bo\u2019linmalar tuzishda ham, jangchilarga siyosiy tarbiya berishda ham aktiv qatnashdi. 1941 yil 11 oktabrda oblast komsomol komiteti byurosi maxsus qaror qabul qilib, shahar va rayon komsomol komitetlari zimmasiga harbiy ta\u2019lim bo\u2019linmalarining siyosiy rahbarlariga o\u2019rinbosar qilib yuborish vazifasini yukladi. Komsomol rahbar xodimlari, oblast, shahar va rayon komsomol komitetlarining a\u2019zolaridan o\u2019nlab kishilar umumiy harbiy ta\u2019lim bo\u2019linmalaridagi yoshlar orasida siyosiy ish olib borish uchun yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yilning oktabrida Samarqand oblast komsomol komiteti byurosi \u201cUmumiy harbiy ta\u2019limning harbiy okrug punktlari uchun o\u2019quv qurollari yasab berish to\u2019g\u2019risida\u201d degan masalani ko\u2019rib chiqdi hamda sanoan korxona va tashkilotlarning komsomol va yoshlarini ish vaqtidan tashqari vaqtlarda o\u2019quv quroli yasashga, shuningdek, jangovar ustav va plakatlar yig\u2019ishga safarbar qilish zarurligini ko\u2019rsatib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rayon komsomol komitetlari bergan topshiriqqa muvofiq, komsomollar korxonalarda ishdan tashqari vaqtlarida maketlar yasash uchun maxsus brigadalar tuzdilar, mashq miltiqlari, granata-minomyot va boshqa qurollar ishlab chiqarish uchun sotsialistik musobaqani avj oldirib yubordilar. Har kuni musobaqa yakunlari \u201cMolniya\u201d, \u201cJangovar varaqalar\u201dda e\u2019lon qilinib turildi. 1941 yilning oxiriga qadar oblast komsomollari kuchi bilan harbiy o\u2019quv punktlari uchun miltiqlarning 2959 ta maketi, 1278 ta granata toshi, nayza janggi uchun 128 ta chuchelo, 1943 yilning oxiriga qadar esa miltiqlarning 6000 ta maketi, 7500 ta granata toshi, 350 ta boshqa o\u2019quv quroli tayyorlab berildi. Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019on korxonalarining komsomollari harbiy mashqda ishlatish uchun 8 ta 37 millimetrli minomyot yasab berdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillari davomida Samarqand komsomollari harbiy o\u2019quv punktlari uchun hammasi bo\u2019lib 22 mingga yaqin o\u2019quv quroli yasab berdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mudofaa xalq komissarligi NKO buyrug\u2019iga binoan, pulemyotchi, minomyotchi, tank qiruvchi, avtomatchi, snayper v aloqachilar tayyorlash uchun 1942 yil fevralida umumiy harbiy ta\u2019lim sistemasida maxsus komsomol-yoshlar bo\u2019linmalari tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand komsoml tashkiloti bu bo\u2019limlarni tuzish ishini partiya tashkiloti rahbarligida avj oldirib yubordi. Bu bo\u2019linmalarga asosan 110 soatlik o\u2019quv programmasini yaxshi o\u2019zlashtirgan komsomol va yoshlar yoshlar tanlab olindi. O\u2019quv mashqlari jang sharoitiga yaqinlashtirilgan sharoitda va jangovar qurolni qo\u2019llash yo\u2019li bilan olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1943 yilning aprel O\u2019zLKSM Markaziy Komiteti byurosi \u201cToshkent va Samarqand oblastlari komsomol tashkilotlarining umumiy ta\u2019lim sistemasida tankchilar tayyorlashdagi ishtiroki to\u2019g\u2019risida\u201d qaror qabul qildi. Shu qarorga ko\u2019ra, Samarqand oblast komsomol komiteti 18 va undan katta yoshdagi jismoniy sog\u2019lom, 110 soatlik programma bo\u2019yicha harbiy tayyorgarlikdan o\u2019tgan komsomol va yoshlardan mexanik-haydovchi va tank komandirlari tayyorlab berishi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar komsomol komiteti komsomollar orasidan kerakli kishilarni bir hafta ichida tanlab oldi va may oyidayoq 2-Xarkov tank bilim yurti qo\u2019mondonligi yordamida 150 soatlik progrmma bo\u2019yicha tankchilar tayyorlash mashg\u2019ulotlari boshlandi. Bu mashg\u2019ulotlar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o\u2019tkazildi va buning uchun haftada kamida 6 soat vaqt ajratildi. 1943 yilning 15 noyabriga qadar 100 kishi mexanik-haydovchi va 50 kishi tank bashnyasi komandiri qilib tayyorlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1942 yilning yozi va kuzida Kavkazda hamda Stalingrad bo\u2019sag\u2019alarida shiddatli janglar boshlanib ketdi. Frontdagi keskinlashgan vaziyat mudofaa ishlarini yanada avj oldirishni talab qildi. 1942 yilning sentabrida oblast partiya aktivi boshqa masalar bilan bir qatorda, Qizil Armiya uchun rezerv tayyorlashni kuchaytirish masalasini ham muhokama qildi. Aktiv yig\u2019ilishi \u201coblastning barcha partiya tashkilotlaridan, har bir kommunistdan Qizil Armiya uchun yangi odam rezervi tayyorlashni o\u2019z qo\u2019liga olishni, sanoat va temir yo\u2019l ob\u2019yektlarini havo va kimyoviy hujumdan mudofaa qilishni jiddiy ravishda mustahkamlashni, mehnatkashlarning keng tabaqalarini mudofaa ishiga aktiv qatnashishni ta\u2019minlashni\u201d talab qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahar, rayon partiya komitetlari va boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari bu qarorni bajara borib, 1942 yilning va oktabr oylarida ikkinchi navbatdagi umumiy harbiy ta\u2019limni tamomlab chiqqan kishilardan kichik komandirlar tayyorlashni avj oldirib yubordilar. Har bir rayon 60 kishini kichik komandir qilib tayyorlab berishi kerak edi. Bu topshiriq oshirib bajarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Partiya tashkilotlari va harbiy komissarliklar umumiy harbiy ta\u2019lim jangchilarining jangovar va siyosiy tayyorgarligi qanday borayotganligini diqqat va e\u2019tibor bilan kuzatib turdi, ilg\u2019orlar tajribasini umumlashtirib, barcha harbiy mashq punktlariga yoydilar, kamchiliklarni ochib tashlab, ularni yo\u2019qotish choralarini ko\u2019rdilar. Jangchilar tayyorlash frontdagi vaziyatga yaqinlashtirilgan sharoitda olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komitetining \u201cSSSR grajdanlariga umumiy majburiy harbiy ta\u2019lim berish to\u2019g\u2019risida\u201dgi 1941 yil 18 sentabr qarori qanday bajarilayotganligini 1943 yil 27 avgustda Oblast partiya komiteti byurosi ko\u2019rib chiqib, partiya tashkilotlari oblast mehnatkashlariga harbiy ta\u2019lim berishni tashkil etish borasida juda katta ish qilganliklarini qayd etdi. Urush yillari davomida butun oblastda hammasi bo\u2019lib yetti marta umumiy harbiy ta\u2019lim mashqlri o\u2019tkazildi, mehnatkashlardan 200 mingga yaqin kishi harbiy tayyorgarlikdan o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizil Armiyaning beshta harbiy akademiyasi: S.M.Kirov nomidagi Harbiy meditsiya akademiyasi, Harbiy ximiya akademiyasi, Harbiy-dengiz akademiyasi, Harbiy-veterinariya akademiyasi, F.E.Dzerjinskiy nomidagi Artilleriya akademiyasi urush yillarida Samarqandga ko\u2019chirib keltirilgan edi. Bundan tashqari, bir qancha o\u2019rta harbiy o\u2019quv yurtlari, chunonchi Voronej aloqa bilim yurti, 2-Xarkov tank bilim yurti va aviatsiya maktablari ham Samarqandga ko\u2019chirib keltirildi. O\u2019quv yurtlarining hammasi yuqori malakali harbiy mutaxassislar tayyorlash bilan shug\u2019ullandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblast partiya komitetining qaroriga binoan, 1942 yilning noyabrida F.E.Dzejinskiy nomidagi Artilleriya akademiyasi huzurida partiya aktivlarini harbiy ishga o\u2019rgatish mashg\u2019ulotlari tashkil etildi. Mashg\u2019ulot haftasiga to\u2019rt marta-ish kunlarida kechqurun 8 dan kechasi 12 gacha va yakshanba kunlari ertalab soat 9 dan kunduz soat 5 gacha o\u2019tkazilib turdi. Mashg\u2019ulotlar programmasi 4 oyga mo\u2019ljallangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yilning iyulida xalq lashkarlari otryadlarining tashkil etilishi sovet vatanparligining yorqin ifodasi edi. Samarqandda shunday birinchi otryad 2-vino zavodida tuzildi. Partiya komitetlari tajribali kommunistlarni tanlab olib, ularga shu otryadlarga rahbarlik qilishni, shuningdek, otryadlarda siyosiy-ommaviy ish olib borishda harbiy komissarliklarga yordam berib turishni topshirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq lashkarlari otryadlariga jon-dildan yoziluvchilar juda ko\u2019payib ketdi. Qo\u2019liga qurol olib Vatanni mudofaa qilishga qodir bo\u2019lgan kishilarning hammasi shu otryadlarga jangchi bo\u2019lib kirdi. Samarqand choy qadoqlash fabrikasidagi ma\u2019muriy xo\u2019jalik bo\u2019limining xizmatchisi Salikov 60 yoshga to\u2019lganligi sababli unga, siz xalq lashkari otryadiga kirmay qo\u2019yaqoling, deb maslahat berilganida u qat\u2019iyan radd qilib: \u201cMen hali unchalik qari emasman. Miltiqni ishlatishda yoshlardan qolishmayman. Frontda xizmat qilganman, Sovet yurtimiz dahshatli xavf ostida turgan bir paytda men gitlerchi yirtqichlarni yer bilan yakson qilishd butun xalq bilan birga qatnashaman\u201d \u2013 deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning Siyob rayonida xalq lashkarlari otryadlariga yozish boshlangan dastlabki kundayoq, bu otryadlar sostaviga 3976 kishi jangchi bo\u2019lib kirdi. Ko\u2019n va 4-vino zavodlaridagi, \u201cUdarnik\u201d artelidagi, \u201cUtilpromkombinat\u201ddagi otryadlar mashg\u2019ulotlarni uyushqoqlik bilan boshladilar. Ular harbiy ustavni o\u2019rgandilar, safda yurishni, otishni mashq qildilar, taktika mashg\u2019ulotlrida qatnashdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yilning 20 iyuliga qadar shaharda xalq lashkarlari otryadlarida 19579 kishidan iborat 73 ta otryad tuzildi. Keyinchalik bu otryadlar umumiy harbiy ta\u2019lim bo\u2019linmalariga qo\u2019shib yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushning dastlabki kunlaridanoq partiya tashkilotlari aholini havo va kimyoviy hujumdn mudofaga tayyorlashga alohida e\u2019tibor berdilar. Samarqand shahar partiya komiteti byurosi Osoaviaxim, Qizil Yarim Oy jamiyati rayon sovetlari raislarining zimmasiga uyushmagan aholidan o\u2019z-o\u2019zini himoya qilish gruppalarini tuzishni 10 kun ichida tamomlash vazifasini yukladi. Barcha xo\u2019jalik tashkilotlarining boshliqlariga, muassasalarning rahbarlariga, boshlang\u2019ich partiya tashkilotlarining sekretarlariga korxona, muassasa va o\u2019quv yurtlarida havo hujumidan mudofaa qilishning o\u2019z-o\u2019zini himoya qilish gruppalarini va sanitariya postlarini uch kun ichida tashkil etish vazifasini yuklandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yilning avgustida samarqandliklar orasida havo hujumidan mudofaani o\u2019rganayotganlar soni 50 mingdan oshib ketdi. Hamma koxona, tashkilot va uy boshqarmalari huzurida ob\u2019yektlarning komandalari hamda havo va kimyoviy huumdan o\u2019z-o\u2019zini himoya qilish gruppalari tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mudofaa \u2013 ommaviy ishlarning ahvoli partiya komitetlarining byuro majlis va plenumlarida, partiya aktivlarining va boshlang\u2019ich partiya tashkilotlarining yig\u2019ilishlarida sistematik ravishda muhokama qilib turildi. \u201cHujum\u201d fabrikasida havo va kimyoviy hujumdan mudofaaga tayyorgarlik masalasi partiya yig\u2019ilishida ko\u2019rib chiqilganidan keyin, mahlliy havo hujumidan mudofaa birlashgan komandasi tuzildi. Tartib va mehnatni muhofaza qilish otryadlari, aloqa va qo\u2019riqchi otryadlar, kimyoviy hujumdan mudofaa otryadi, havo hujumidan mudofaa otryadi, avariya \u2013 qayta tiklash otryadi, meditsina-sanitariya otryadi shu birlashgan komanda sostaviga kiritildi. Bunday komandalar shahar va oblastning boshqa korxona va muassasalarida ham tuzildi. Butun 1940 yil davomida oblastda Osoviaxim yo\u2019li bilan 21505 kishi havo va kimyoviy hujumdan mudofaa qoida va yo\u2019llari o\u2019rgatilgan bo\u2019lsa, 1941 yilning oxiriga qadar bunday qoida va yo\u2019llar 516504 kishiga, 1942 yilning fevraliga qadar 558961 kishiga o\u2019rgatildi. Urush yillarida hammasi bo\u2019lib 707703 kishi havo va kimyoviy hujumdan mudofaa programmasi bo\u2019yicha o\u2019tkazilgan mashg\u2019ulotlarda qatnashib ta\u2019lim oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Samarqand partiya tashkilotlari va harbiy organlari Qizil Armiyaga jangovar rezervlar tayyorlashda va aholini harbiy ishga o\u2019rgatishga katta hissa qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiya Vatanga cheksiz muhabat ruhida tarbiyalar voyaga yetkazgan samarqandlik jangchilar Ulug\u2019 Vatan urushi frontlarida va dushmanning orqa tomonida qahramonlik mo\u2019jizalarini ko\u2019rsatdilar. Nemis-fashist bosqinchilari bilan olib borilgan janglarda mardlik va shijoat ko\u2019rsatgan samarqandliklardan 49573 kishi orden va medallar bilan mukofotlandi, shulardan 52 kishiga Sovet Ittifoqi Qahrahmoni degan yuksak unvon berildi. Shu yuksak unvonga sazovor bo\u2019lganlardan 17 kishi kommunist, 25 kishi komsomol va 10 kishi partiyasizdir. Aleksandr Matrosovning o\u2019lmas shijoatini takrorlagan samarqandlik Qudrat Suyunovning, partisan otryadining komandiri, shu otryad olib borayotgan jangda halok bo\u2019lgan Dusya Bogaterovaning, afsonaviy Brest qal\u2019asi himoyachilaridan M.Hamroyev, Ye.Liss, L.Mixaylov va boshqa qahramonlarning nomlari sira unutilmaydi. Bular o\u2019z Vatani va jonajon shahrining shuhratini oshirgan ajoyib qahramonlardir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fashistlar Germaniyasining Vatanimizga xoinona bostirib kirishi sovet kishilarining tinch mehnat faoliyatini buzdi. Urushning birinchi kunlaridanoq butun mamlakat bo\u2019ylab miting va yig\u2019ilishlar o\u2019tkazilib, ularda qatnashgan mehnatkashlar dushmanni tor-mor keltirmoq uchun o\u2019zlarining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-ulug-vatan-urushi-yillarida-1941-1945-yillar-qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-137213","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137213","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137213"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137213\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137214,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137213\/revisions\/137214"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137213"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=137213"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=137213"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}