{"id":13769,"date":"2022-01-04T08:24:55","date_gmt":"2022-01-04T05:24:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13769"},"modified":"2022-01-04T08:24:56","modified_gmt":"2022-01-04T05:24:56","slug":"yoruglikning-yutilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-yutilishi\/","title":{"rendered":"YORUG&#8217;LIKNING YUTILISHI"},"content":{"rendered":"\n<p>YORUG&#8217;LIKNING YUTILISHI muhitdan o&#8217;tayotgan yorug&#8217;lik intensivligining yorug&#8217;likning muhitdagi zarralar bilan o&#8217;zaro ta&#8217;siri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muhit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari g&#8217;alayonlanishi mumkin. Yutilgan yorug\u2019lik kvanti yutuvchi muhit elektronlari bilan o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashib, energiyasini ularga uzatadi. Demak, yorug&#8217;lik yutilsa, uning intensivligi kamayadi; intensivlik kamayishi quyidagicha ifodalanadi: 1=10e~&#187;x. Buger\u2014Lambert\u2014Ber qonuniga asosan yorug&#8217;lik intensivligi yutuvchi muhit qatlami qalinligi x ga bog&#8217;liq holda eksponentsial kamayadi. \/ \u2014 x qatlamdan o&#8217;tgan yoruglik intensivligi; \/0 \u2014 muhitga tushayotgan yorug&#8217;lik intensivligi; ts \u2014 muhit xossasiga bog&#8217;liq yutish koeffisienti. Yutish koeffisienti yutilgan yorug&#8217;lik chastotasi v (to&#8217;lqin uzunligi X) ga bog&#8217;liq, lekin uning intensivligiga va demak, yutuvchi muhit qatlamining qalinligiga bog&#8217;liq emas. Formuladagi x= ^ deb olinsa, \/\/\/0=e bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni bunday muhitda yorug&#8217;lik intensivligi e=2,72 marta kamayadi. Yutish koeffisienti yorug&#8217;lik chastotasi (to&#8217;lqin uzunligi) ga bog&#8217;liq. Atom yoki molekulalari o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashmaydigan muhit (past bosimda gaz yoki metal bug&#8217;lari) uchun yutish koeffisienti ba&#8217;zi to&#8217;lqin uzunliklarda nolga teng bo&#8217;ladi. Metallda erkin elektronlar mavjudligi sababli, metallarning yutish koeffisienti juda katta, yupqa qatlami ham yorug&#8217;likni deyarli to&#8217;la yutadi. Yorug&#8217;lik ta&#8217;sirida erkin elektronlarning harakatchanligi kuchayadi, katta chastotali tok hosil qiladi. Natijada yorug&#8217;lik energiyasi metallning ichki energiyasiga aylanishi tufayli, intensivligi tez kamayadi. Yarimo&#8217;tkazgichlar yorug&#8217;likni metallardan kamroq, dielektriklar yarimo&#8217;tkazgichlardan ham kamroq yutadi. Dielektriklarda barcha elektronlar bog&#8217;langan. Bog&#8217;langan elektronlarning majburiy tebranish chastotasi katta, amplitudasi kichik, demak, yutish koeffisienti ham kichik bo&#8217;ladi. Dielektrikning yutishi selektiv (tanlovchan) xarakterga ega, ya&#8217;ni yutilgan yorug&#8217;likning chastotasi elektronning majburiy tebranish chastotasiga mos kelgandagina yutilish koeffisienti ortadi. Eritmalarda Yorug&#8217;likning yutilishi ularning kontsentrasiyasi, temperaturasi va xossalariga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Jismlar tuzilishini o&#8217;rganishda, geliotexnika va kimyo sanoatida Yorug&#8217;likning yutilishi hodisasidan foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORUG&#8217;LIKNING YUTILISHI muhitdan o&#8217;tayotgan yorug&#8217;lik intensivligining yorug&#8217;likning muhitdagi zarralar bilan o&#8217;zaro ta&#8217;siri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muhit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari g&#8217;alayonlanishi mumkin. Yutilgan yorug\u2019lik kvanti yutuvchi muhit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-yutilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13769","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13769","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13769"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13769\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13779,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13769\/revisions\/13779"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13769"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13769"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13769"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}