{"id":13770,"date":"2022-01-04T08:25:17","date_gmt":"2022-01-04T05:25:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13770"},"modified":"2022-01-04T08:25:18","modified_gmt":"2022-01-04T05:25:18","slug":"yoruglikning-qaytishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-qaytishi\/","title":{"rendered":"YORUG&#8217;LIKNING QAYTISHI"},"content":{"rendered":"\n<p>YORUG&#8217;LIKNING QAYTISHI &#8212; sindirish koeffisienti turlicha bo&#8217;lgan ikki muhit chegarasi sirtiga tushuvchi yorug&#8217;likning o&#8217;zi kelayotgan muhitga qisman yoki to&#8217;la qaytishi. Ikki muhit chegarasining xossalari qanday bo&#8217;lishiga qarab, Yorug&#8217;likning qaytishining tabiati ham turlicha bo&#8217;lishi mumkin. Agar chegara notekisliklari o&#8217;lchami yorug&#8217;lik to&#8217;lqini uzunligidan kichik bo&#8217;lsa, bunday sirt ko&#8217;zgusimon sirt deb ataladi. Shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va boshqalar) ga ingichka parallel nurlar dastasi tarzida tushadigan yorug&#8217;lik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi ko&#8217;rinishida qoladi. Yorug&#8217;likning bunday qaytishi tekis qaytish deb, yorug&#8217;likni tekis qaytaruvchi sirt ko&#8217;zgu deb ataladi. Bu holda tushayotgan AS nur bilan millimetr, sirtning nur tushayotgan S nuqtasiga o&#8217;tkazilgan CN normal orasidagi burchakka yorug&#8217;likning tushish burchagi deyiladi. Qaytgan S5 nurbn CN normal orasidagi a&#8217; burchak yorug&#8217;likning qaytish burchagi bo&#8217;ladi. Singan CD nur bilan CW, normal orasidagi r burchak sinish burchagi deyiladi. Yorug&#8217;likning qaytishi quyidagi qonunga bo&#8217;ysunadi: 1) tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan CN normal qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur SV ham shu tekislikda yotadi; 2) qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni a=a&#8217;. Qaytgan yorug&#8217;likning intensivligi tushayotgan yorug&#8217;lik nurining qutblanishiga, tushish burchagiga hamda birinchi va ikkinchi muhitlarning sindirish ko&#8217;rsatkichlari l, va P2 ning o&#8217;zaro munosabatiga bog&#8217;liq. Agar sirtdagi notekisliklarning o&#8217;lchami yorug&#8217;lik to&#8217;lqini uzunligiga o&#8217;lchovdosh yoki undan katta bo&#8217;lsa, ingichka shu&#8217;la chegarada sochiladi. Yorug&#8217;lik nurlari qaytgandan keyin turli yo&#8217;nalishlarda tarqalsa, bunday qaytish tarqoq qaytish (yoki diffuz qaytish) deb ataladi. Yorug&#8217;likning fazo bo&#8217;yicha taqsimoti Lambert qonuni bo&#8217;yicha aniqlanadi. O&#8217;zi yorug&#8217;lik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorug&#8217;likning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina ko&#8217;ramiz. Hatto juda silliq sirtdan ham yorug&#8217;lik juda oz darajada sochiladi. Aks holda biz bunday jismlarning sirtini ko&#8217;ra olmagan bo&#8217;lar edik. Ba&#8217;zi tabiiy hodisalar, masalan, sahrodagi sarob Yorug&#8217;likning qaytishi hodisasiga asoslanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORUG&#8217;LIKNING QAYTISHI &#8212; sindirish koeffisienti turlicha bo&#8217;lgan ikki muhit chegarasi sirtiga tushuvchi yorug&#8217;likning o&#8217;zi kelayotgan muhitga qisman yoki to&#8217;la qaytishi. Ikki muhit chegarasining xossalari qanday bo&#8217;lishiga qarab, Yorug&#8217;likning qaytishining tabiati &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-qaytishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13770"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13780,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13770\/revisions\/13780"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}