{"id":13791,"date":"2022-01-04T10:59:52","date_gmt":"2022-01-04T07:59:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13791"},"modified":"2022-01-04T10:59:53","modified_gmt":"2022-01-04T07:59:53","slug":"yoruglikning-qutblanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-qutblanishi\/","title":{"rendered":"YORUG&#8217;LIKNING QUTBLANISHI"},"content":{"rendered":"\n<p>YORUG&#8217;LIKNING QUTBLANISHI yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlari elektr yo va magnit N maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorug&#8217;lik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. Yorug\u2019likning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorug&#8217;likning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Frantsuz fizigi E. Malyus Islandiya shpati parchasi orqali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning ma&#8217;lum vaziyatda faqat bittagina tasvir ko&#8217;rinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorug&#8217;likning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorug&#8217;ligida tartibsiz yo&#8217;nalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan o&#8217;tgandan keyin ma&#8217;lum yo&#8217;nalishga ega bo&#8217;lib qoladi, deb faraz qildi. Bunday &#171;tartiblangan&#187; yorug&#8217;likni u qutbl angan yorug&#8217;lik deb atadi. Yorug&#8217;lik manbalaridan chiqqan yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlari tartibsiz tarqaladi, ya&#8217;ni to&#8217;lqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday to&#8217;lqinli yorug&#8217;lik tabiiy yorug&#8217;lik deb ataladi. Tabiiy yorug&#8217;likdan farqli ravishda E va N vektorlarning o&#8217;zaro perpendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud bo&#8217;lgan yorug&#8217;lik qutblangan yorug&#8217;lik deb ataladi. Yorug&#8217;lik manbaining hamma elementar qismlaridan bir xil to&#8217;lqinli yorug&#8217;lik nurlari chiqsa, bunday yorug&#8217;likka to&#8217;la qutblangan yorug&#8217;lik deyiladi. Tabiiy yorug&#8217;lik tarkibida chiziqli, elliptik va doiraviy qutblangan yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlari bo&#8217;ladi. Yorug\u2019likning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlari elliptik qutblangan yorug&#8217;lik, aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorug&#8217;lik, yo tekislikda doimiy yo&#8217;nalishini saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorug&#8217;lik deb ataladi. Vakuumda yorug&#8217;likning tarqalishi uning qutblanganligiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmaydi. Agar yorug\u2019lik biror muhitda tarqalsa, yorug&#8217;likning yutilishi, tarqalish yo&#8217;nalishi va tezligi uning qutblanganligiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Tabiiy yorug&#8217;likdan qutblangan yorug&#8217;lik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorug\u2019likning qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini o&#8217;rganishga yordam beradi. Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar va tog&#8217; jinslari qutblangan yorug&#8217;lik yordamida o&#8217;rganiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORUG&#8217;LIKNING QUTBLANISHI yorug&#8217;lik to&#8217;lqinlari elektr yo va magnit N maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorug&#8217;lik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. Yorug\u2019likning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoruglikning-qutblanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13791","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13791","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13791"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13791\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13803,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13791\/revisions\/13803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13791"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13791"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13791"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}