{"id":13822,"date":"2022-01-04T11:08:30","date_gmt":"2022-01-04T08:08:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13822"},"modified":"2022-01-04T11:08:31","modified_gmt":"2022-01-04T08:08:31","slug":"yosh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh\/","title":{"rendered":"YOSH"},"content":{"rendered":"\n<p>YOSH (biologiyada) \u2014 organizmning tug&#8217;ilganidan boshlab uning o&#8217;sishi, rivojlanishi, voyaga yetishi va qarishidan iborat hayoti tavsifi. Odamlar Yoshi. Odamda kalendar Yosh (tug&#8217;ilgandan boshlab muayyan vaqtgacha o&#8217;tgan davr) va biologik Yosh bo&#8217;ladi. Biologik Yosh organizmdagi moddalar almashinuvi holati va bu jarayonlarning muayyan populyatsiya uchun mos kelishiga qarab belgilanadi. Umrning uzayishi va aktseleratsiyaning rivojlanishi bilan Yosh chegarasi to&#8217;g&#8217;risidagi tasavvur ham o&#8217;zgarib boradi. Odam uchun Yoshning eng yuqori chegarasi 115-125 yil xisoblanadi. Agar biologik Yosh kalendar yo.dan ilgarilab ketsa, u holda vaqtidan oldin qarish deyiladi. Odam Yoshiga ijtimoiy va iqtisodiy sharoit ham ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Hayvonlar Yoshi. Yovvoyi hayvonlar Yoshi ularni tutqinlikda (masalan, hayvonot bog&#8217;ida) kuzatish yoki halqalash, qishloq xo\u2019jalik hayvonlari Yoshi ular tug&#8217;ilgan vaqtni qayd qilib qo&#8217;yish yoki ularni nishonlash orqali, ko&#8217;pchilik sut emizuvchilar Yoshi tishlarining yedirilishi yoki shoxlarining holatiga, baliqlar Yoshi tangachalariga, qushlar Yoshi patlariga qarab aniqlanadi. O&#8217;simliklar Yoshi urug&#8217;ning unib chiqishi yoki niholning rivojlana boshlashidan Yosh hisobga olinadigan davrgacha o&#8217;tgan vaqt bilan o&#8217;lchanadi. O&#8217;simliklar umri o&#8217;simlik turiga va u o&#8217;sayotgan sharoitga bog&#8217;liq. O&#8217;simliklar orasida bir necha haftadan (masalan, bahor erofilasi, efemerlar) bir necha ming yilgacha umr ko&#8217;radigan turlari (masalan, Avstraliya mikrozaliyasi) bor. Ko&#8217;pchilik daraxtlar uzoq yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>YOSH (huquqda) \u2014 qonunchilikda hisobga olinadigan omil. Qonun muayyan huquqiy oqibatlar boshlanishida odamning yoshini nazarda tutadi. Chunonchi, shaxs ma&#8217;lum yoshdan muomalaga layoqashlilik, harbiy xizmatni o&#8217;tash, pensiyalar tayinlanish va shu kabilar bilan bog&#8217;liq huquqlarga ega bo&#8217;ladi. Balog&#8217;at yoshi, ya&#8217;ni 18 yoshga to&#8217;lgan shaxs siyosiy huquq va erkinliklar (vakolatli organlarga saylash va saylanish huquqi va hokazolar) dan foydalanadi. Yoshning boshqa huquqiy munosabatlar uchun ham ahamiyati bor. Chunonchi, nikoh yoshi O&#8217;zbekiston Respublikasida erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda voyaga yetmaganlar mehnati bilan bog&#8217;liq masalalar hisobga olinadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida yoshlar uchun qo&#8217;shimcha kafolatlar belgilangan. 18 yoshga to&#8217;lmagan shaxslarning mehnat huquqlari, ular mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar, ular uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati, mehnat ta&#8217;tili berish va shu kabilar belgilab qo&#8217;yilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga ko&#8217;ra, sodir etilgan jinoyat uchun 16 yoshga to&#8217;lgan jismoniy shaxslar, javobgarlikni og&#8217;irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o&#8217;ldirganlik uchun \u2014 13 yoshga to&#8217;lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Odamning necha Yoshdaligini fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd etish idoralari bergan guvohnoma tasdiqlaydi. Agar bunday hujjat yo&#8217;q taqdirda, amaldagi qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo&#8217;lsa, Yosh to&#8217;g&#8217;risidagi masala sud tomonidan ko&#8217;rib chiqiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOSH (biologiyada) \u2014 organizmning tug&#8217;ilganidan boshlab uning o&#8217;sishi, rivojlanishi, voyaga yetishi va qarishidan iborat hayoti tavsifi. Odamlar Yoshi. Odamda kalendar Yosh (tug&#8217;ilgandan boshlab muayyan vaqtgacha o&#8217;tgan davr) va biologik Yosh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13822","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13832,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13822\/revisions\/13832"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}