{"id":13823,"date":"2022-01-04T11:08:47","date_gmt":"2022-01-04T08:08:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13823"},"modified":"2022-01-04T11:08:48","modified_gmt":"2022-01-04T08:08:48","slug":"yosh-afgonlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh-afgonlar\/","title":{"rendered":"YOSH AFG&#8217;ONLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YOSH AFG&#8217;ONLAR -20-asr boshida Afg&#8217;onistondagi milliy harakatning qatnashchilari. Bu harakatda ziyolilar, din arboblari, yirik yer egalari va savdogarlar ishtirok etgan. Yosh afg&#8217;onlarning g&#8217;oyaviy rahbarlaridan biri \u2014 Mahmud Tarziy (1866-1935). Ularning dunyoqarashi shakllanishida panislomizm (asoschisi \u2014 Jamoliddin al Afg&#8217;oniy; 1839-97) va jadidchilik g&#8217;oyalari, yosh turklar va Yosh buxoroliklar harakatlari muhim o&#8217;rin tutadi. Yosh afg&#8217;onlar asosan, Afg&#8217;oniston milliy mustaqilligi va ozodligi, Amir hokimiyatini cheklash, maktablarda dunyoviy fanlar o&#8217;qitishni kengaytirish, milliy savdo va sanoatni rivojlantirish uchun kurashganlar. Bu kurash, xususan, Birinchi jahon urushi davrida avj oldi. 1919 yilda Yosh afg&#8217;onlar o&#8217;tkazgan davlat to&#8217;ntarishi natijasida Amir Habibulloxon (1901 \u2014 1903 hukmronlik yillari) o&#8217;ldirilib, taxtga uning islohotlarga moyil o&#8217;g&#8217;li Omonullaxon (1892-1960) o&#8217;tirdi. Omonullaxon Afg&#8217;onistonni mustaqil deb e&#8217;lon qildi (1919 yil 28 Fevral). Abdulquddusxon Ittimadiy bosh vazir va Mahmud Tarziy tashqi ishlar vaziri lavozimlarini egalladi. Biroq Yosh afg&#8217;onlar hukumatida konservativ va taraqqiyparvar kuchlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro kurash davom etdi. Bu hukumat sovet Rossiyasi bilan yaqinlashdi. 1921 yil 28 Fevral Moskvada sovetaffoh shartnomasi imzolandi. O&#8217;sha yili Germaniya, Turkiya, Rossiya, Italiya, Hindistonga afg&#8217;on yoshlari o&#8217;qishga jo&#8217;natildi. Yosh afg&#8217;onlar hukumati afg&#8217;on xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashiga (1922) rahbarlik qildi, mamlakatda Konstitutsiya qabul qilindi (1923). Asosiy qonunga ko&#8217;ra Afg&#8217;onistonda konstitutsion monarxiya o&#8217;rnatildi. Islohotlar mahalliy boshqaruv sohasida ham o&#8217;tkazilib, mamlakat 5 ta provintsiya (Kobul, Qandahor, Hirot, Mozori Sharif, Qatag&#8217;onbadaxshon) va 4 ta viloyat (Sharqiy, Janubiy, Farah, Maymana) ga ajratildi. Islohotlar Islom qonunshunosligi va jinoyat huquqi, milliy va etnik kabi sohalarni ham qamrab oldi. Sunniy va shialar o&#8217;zaro teng deb e&#8217;lon qilindi, hindlarning huquqi afg&#8217;onlarga tenglashtirildi. Yosh afg&#8217;onlarning tashabbusi bilan Kobulda kutubxona ochildi, &#171;Sitorai afg&#8217;on&#187; (&#171;Afg&#8217;on yudduzi&#187;) gazetasi nashr qilindi. Biroq Yosh afg&#8217;onlar hukumati ichidagi konservativ kuchlar faollashdi. Harbiy vazir Muhammad Nodirxon hukumat tarkibidan chiqib, muxolifatga qo&#8217;shildi (1924). Islohotlarning 1-bosqichi (1919-24) ana shunday yakunlandi. Omonullaxonga qarshi Janub va Sharqdagi qabilalar hamda dehqonlar g&#8217;alayon ko&#8217;tarishdi (1924-28). Omonullaxon hukumati g&#8217;alayonlarni bostirib, 1928 yildan islohotlarning 2-bosqichini boshladi va asosiy e&#8217;tiborni madaniy-maishiy masalalarni hal etishga qaratdi. Biroq, hukumat tarkibidan Tarziy, Valixon, Abdulhodi Davi va boshqalar. Yosh afg&#8217;onlar chiqarib tashlandi. Siyosatdagi keskin o&#8217;zgarishlar g&#8217;alayonlarni qaytadan kuchayishiga olib keldi. 1928\u2014 29 yillarda tojik dehqoni Habibulla \u2014 Bachai Saqqo (1890-1929) rahbarligida shim. provintsiyada ko&#8217;tarilgan isyon natijasida Omonullaxon taxtdan ag&#8217;darildi (1929 yil 14 yanvar) va Qandahorga qochib ketdi. Habibullaxon Afg&#8217;oniston amiri deb e&#8217;lon qilindi (1929 yil yanvar\u2014oktabr). U turkistonlik muhojirlar va o&#8217;zbek, tojik kabi tub aholiga katta erkinliklar berdi. Omonullaxon hukumatining tashqi ishlar vaziri G&#8217;ulom Siddiqxon va Moskvadagi elchisi G&#8217;ulom Nabixon Charxiy bilan SSSR rahbari I. V. Stalin o&#8217;zaro uchrashgach, 1929 yil 15 aprelda V. Primakov boshchiligidagi sovet qo&#8217;shinlari Afg&#8217;onistonga bostirib kirdi. Ularga qarshi jangda Habibullaxon armiyasidan tashqari Ibrohimbek (1889-1932) yigitlari va Xalifa Eshonning 2000 kishilik turkman guruhi ham qatnashdi. Biroq may oyining oxirida Omonullaxon va ukasi Inoyatullaxon katta miqdordagi boylikni olib, avval Hindistonga, so&#8217;ngra G&#8217;arbga jo&#8217;nab ketdi. Stalinning buyrug&#8217;i bilan 31 mayda qizil askarlar SSSRga qaytdi. Biroq Omonullaxon davrida harbiy vazir bo&#8217;lgan general Muhammad Nodirxon Angliyaning yordamida 1929 yil 15 oktabrda Habibullaxonni hokimiyatdan ag&#8217;darib, Afg&#8217;oniston podshosi (1929-33) bo&#8217;ldi. 1 noyabrda Habibullaxon va uning 12 vaziri qatl qilindi. Yosh afg&#8217;onlarning Abdurahmon Lo&#8217;diy, G&#8217;ulom Muhiddinxon Ortiq, Mirzo Abdurahmon, Abdulhodi Davi, G&#8217;ulom Haydarxon Ko&#8217;nariy, G&#8217;ulom Rizoxon, Said Qosimxon kabi yetakchilari Muhammad Nodirshohning buyrug&#8217;i bilan otib o&#8217;ldirildi yoxud qamoqqa tashlandi. Nodirshoh davrida afg&#8217;on bo&#8217;lmagan boshqa tub xalqlar va turkistonlik muxrjirlarning ahvoli nihoyatda og&#8217;irlashadi. Yosh afg&#8217;onlarning islohotlari butkul bekor qilindi. Ad.: Nazarov X., Sosialniye dvijeniya 20x godov XX vek v Afganistane, Dushanbe, 1989. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOSH AFG&#8217;ONLAR -20-asr boshida Afg&#8217;onistondagi milliy harakatning qatnashchilari. Bu harakatda ziyolilar, din arboblari, yirik yer egalari va savdogarlar ishtirok etgan. Yosh afg&#8217;onlarning g&#8217;oyaviy rahbarlaridan biri \u2014 Mahmud Tarziy (1866-1935). Ularning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh-afgonlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13823","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13823","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13823"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13823\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13833,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13823\/revisions\/13833"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13823"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13823"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13823"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}