{"id":138326,"date":"2024-07-30T17:49:36","date_gmt":"2024-07-30T14:49:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=138326"},"modified":"2024-07-30T19:10:03","modified_gmt":"2024-07-30T16:10:03","slug":"makedoniyalik-iskandarning-orta-osiyoni-zabt-etish-davrida-samarqand-va-sogdning-mustaqillik-uchun-olib-borgan-kurashi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniyalik-iskandarning-orta-osiyoni-zabt-etish-davrida-samarqand-va-sogdning-mustaqillik-uchun-olib-borgan-kurashi\/","title":{"rendered":"Makedoniyalik Iskandarning O\u2019rta Osiyoni zabt etish davrida Samarqand va So\u2019g\u2019dning mustaqillik uchun olib borgan kurashi"},"content":{"rendered":"\n<p>Baqtriya hukmdori Bess Sharqda eng katta, eng qudratli Baqtriya satrapligiga ega bo\u2019lgan. Gavgamelada u boshchilik qilgan otryadlar sharqqa chekingandan so\u2019ng ham o\u2019z jangovarlik qobiliyatini saqlab qoladi. Tez orada, 329 yilda Doro III o\u2019ldirilgach, Bess shohlik unvonini oladi va o\u2019zini Artakserks \u2013 \u201cOsiyo podshosi\u201d deb e\u2019lon qiladi. Shundan keyin u baqtriyaliklar, Baqtriyaga ketib qolgan forslar, saklar va \u201cTanais\u201d (Sirdaryo) daryosi bo\u2019yida yashayotgan boshqa xalqlardan qo\u2019shin yig\u2019a boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramay Iskandar Girkaniyani va Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qirg\u2019og\u2019iga yaqin viloyatlarni osongina egallab, Parfiya territoriyasiga bostirib kiradi, bu yerda ham unchalik qarshilikka duch kelmaydi. Grek-makedon armiyasi bir oz dam olganidan keyin Baqtriya tomon otlanadi. Artakserks (qadimgi forscha Artaxshas \u2013 V-IV asrlardagi Ahomaniylarning odatdagi toj-taxt nomi) taxt nomini qabul qilib, sharqda Ahomaniylar sulolasi ilgarigi mavqeini yo\u2019qotgan bir davrda o\u2019zini yangi shoh deb e\u2019lon qilganligi sababli Ahomaniylar naslidan bo\u2019lgan fors Bessning obro\u2019li juda tushib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bess sharqiy viloyatlar (Baqtriya va So\u2019g\u2019d, Ariya, Janubiy Afg\u2019oniston va Janubi-Sharqiy Eron viloyatlari) ittifoqini tuzishga va fors bo\u2019lmagan mahalliy oqsuyaklarning ba\u2019zi namoyandalarini o\u2019ziga jalb qilishga muvaffaq bo\u2019ldi. Lekin Bess yetarli darajada kuchli, grek-makedoniyaning otliq qo\u2019shinlari (falanglar va gipastistlar)ga hamda yengil qurolli epchil va chaqqon yoy otuvchilarga qarshi turadigan armiya tuza olmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ariyadagi qo\u2019zg\u2019olonni bostirib, Iskandar Drangianga yo\u2019l oldi va bu viloyatni ham egalladi. Baqtriya ittifoqchilarsiz qoldi. Bessning Ariyada makedoniyaliklarga qarshi yana qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarish borasidagi urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi. 329 yil bahorida Iskandar o\u2019z armiyasining asosiy qismi bilan Hindikush (antik davr tarixchilarida Kavkaz) orqali o\u2019tib, Baqtriya territoriyasiga bostirib kirdi va Drapsak shahrini (aftidan hozirgi Qunduz shahri) ishg\u2019ol qildi. Arrianning yozishicha, Bessning ixtiyorida bu vaqtda \u201cDoroni qamoqqa olishda ishtirok etgan forslar, 7000 baqtriyalik va Tanaisning narigi tomonida yashovchi daxlar\u201d bo\u2019lib, Iskandar qo\u2019shinlari sonidan taxminan ikki baravar kam edi. Baqtriyaliklarning asosiy Bessni qo\u2019llab-quvvatlamagan; uning sobiq ittifoqchilari yo qirib tashlangan (jumladan, Ariya satrapi Satibarzan o\u2019ldirilgandi), yoki noshud \u201cOsiyo shohi\u201dni tashlab ketishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bess Baqtriyadagi kurashdan yutqazgach, Oks (Amudaryo)dan kechib o\u2019tib, So\u2019g\u2019d territoriyasida kuch to\u2019plashga urinib ko\u2019radi. U bilan birga so\u2019g\u2019dlik Spitamen boshliq so\u2019g\u2019d suvoriylari ham Oksdan kechib o\u2019tadilar. \u201cBaqtriyalik suvoriylar Bess qochishga qaror qilganini sezib, uy-uylariga tarqalib ketadilar\u201d. Shundan keyin ko\u2019p o\u2019tmay, Iskandar deyarli qarshiliksiz Baqtriyaning eng yirik shaharlari \u2013 Aorn (hozirgi Toshqo\u2019rg\u2019on?)ni va viloyat poytaxti Baqtrani egalladi. Shu tariqa butun Baqtriya istilochining qo\u2019liga o\u2019tdi. Endi Iskandar So\u2019g\u2019d ustiga yurishga tayyorgarlik ko\u2019rishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Baqtriyadagi urush grek-makedon armiyasining O\u2019rta Osiyoga bostirib kirishini bir necha oyga kechiktirdi. Iskandarning Ariyada ommaviy qirg\u2019in keltirgan jazo ekspeditsiyasi grek-makedoniyaliklarning xalqni Ahomaniylar zulmidan ozod etishi u yoqda tursin, aksincha, bundan ham og\u2019ir zulm olib kelganligini mahalliy aholiga ko\u2019rsatdi. Bess boshchiligidagi ittifoq qatnashchilari, shu jumladan, so\u2019g\u2019dlar va ularning sardori Spitamen Baqtriya territoriyasida bo\u2019lgan to\u2019qnashuv hamda janglar vaqtida Iskandar armiyasining taktikasi, jangovar tartiblari va qurol-yarog\u2019lari bilan yaqindan tanishdi. Baqtriyadagi voqealar va Bessning harakatlari vaqtdan yutishga, dahshatli grek qo\u2019shinlariga qarshi kurashish uchun tajriba to\u2019plashga va bu bilan O\u2019rta Osiyo xalqlarining grek-makedon istilochilariga qarshi kurashida bir oz bo\u2019lsa-da, yordam berdi. Ammo Baqtriya va Ariyadagi kurash Iskandar qo\u2019shinlari bilan kelgusida bo\u2019ladigan shiddatli janglarning faqat muqaddimasi edi, xolos. Urush harakatlari So\u2019g\u2019d territoriyasiga ko\u2019chdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Antik davr mualliflarining asarlarini o\u2019rganish voqealarning izchilligi va borishini ancha to\u2019g\u2019ri aniqlashga, Iskandarning maqsad va siyosatini hamda uzoq vaqt davomida grek-makedon armiyasiga qahramonona qarshilik ko\u2019rsatgan so\u2019g\u2019dlar hamda O\u2019rta Osiyodagi boshqa xalqlarning harakatlarini ifodalashga imkon beradi. Biroq voqealarning ko\u2019pgina tafsilotlari hali ham noaniq bo\u2019lib qolmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bess Amudaryodan kechib o\u2019tgandan keyin kemalarni yondirib, \u201cso\u2019g\u2019dlar yeriga, Novtakaga jo\u2019nagan\u201d. Ko\u2019pgina tadqiqotchilarning fikricha, Novtaka Qashqadaryo vodiysida joylashgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Bessni ta\u2019qib etib, Oksdn kechib o\u2019tadi va tez orada Bessning Spitamen tomonidan asir olinganligi to\u2019g\u2019risida xabarni oladi. Iskandar Bessni qo\u2019lga olish maqsadida Ptolemey boshchiligida kuchli otryad yuboradi. Otryad \u201co\u2019n kunlik masofani to\u2019rt kunda\u201d bosib o\u2019tadi, lekin Bess turgan qishloq bundan ham uzoq yerda joylashgan edi. Mahalliy oqsuyaklarning Bessni Iskandar qo\u2019liga topshirishdan maqsadi o\u2019z mavqelarini mustahkamlash, yoki ehtimol, So\u2019g\u2019d territoriyasida urush harakatlari avj olishini to\u2019xtatish bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Spitamen va uning tarafdorlarining Bessni o\u2019ldirish haqidagi qarori tamomila tabiiy edi, chunki o\u2019zining \u201cOsiyo shohi\u201d deb e\u2019lon qilgan Baqtriya satrapi Iskandarning siyosiy dushmani bo\u2019lishi bilan birga, u So\u2019g\u2019diyona territoriyasida grek-makedon armiyasiga qarshi kurash boshchilik qila oladigan qobiliyatli yo\u2019lboshchi ham emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar o\u2019z armiyasi va karvoni bilan shimolga qarab ancha sekin siljirdi. U mahalliy aholiga otlar yetkazib berish majburiyatini yuklab, Marokandaga qarab yo\u2019l oldi. Grek-makedon qo\u2019shinlarining yo\u2019li hozirda Taxtaqoracha nomi bilan ma\u2019lum bo\u2019lgan dovon orqali emas, balki ancha qulay yo\u2019l \u2013 hozirgi Jom qishlog\u2019i orqali o\u2019tgan bo\u2019lsa kerak. Bu yo\u2019l XIX asr oxiridayoq \u201cDashti Iskdandar\u201d deb nomlangan tekislik bo\u2019yicha o\u2019tar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Marokanda Iskandarga jangsiz, tinch muzokaralar natijasida taslim bo\u2019ldi. Iskandar Marokandada bir garnizon qoldirib, \u201cyaqin atrofdagi qishloqlarni vayron qildi va yondirdi\u201d. Chunki bu yer aholisi poytaxtga yaqinlashib kelgan grek-makedoniyaliklarga qarshi janglarda qatnashgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Marokandadan Usrushon orqali Sirdaryoga yo\u2019l oldi. Arrianning yozishicha, yo\u2019lda mahalliy aholi yem-xashak tayyorlovchi makedoniyaliklarni qirib tashlagan va \u201cso\u2019ngra ular hamma tarafi tik bo\u2019lgan toqqa qochishgan. Ular 30 ming kishi bo\u2019lgan\u201d. Iskandar \u201ceng chaqqon jangchilari bilan birga\u201d ularga qarshi otlanadi. Makedoniyaliklar bir necha bor bu yerni qattiq hujum bilan egallashga urinib ko\u2019rishdi. Lekin u yerda joylashib olgan mahalliy aholi o\u2019q yoyidan katta talafot ko\u2019rib, noiloj chekinishga majbur bo\u2019ldilar. Iskandarning o\u2019zi o\u2019gir jarohatlandi. Ammo istilochilar tepalikka ham chiqib oladi. Tepalikni himoya qilgan mahalliy aholidan ko\u2019pi jang vaqtda o\u2019ldi. \u201cKo\u2019pgina kishilar qoyadan o\u2019zini pastga tashlab halok bo\u2019ldi, shunday qilib, 30000 kishidan taxminan 8000 kishi tirik qoldi. Bu raqamlar grek-makedoniyaliklar birinchi marta mahalliy aholining qattiq qarshiligiga duch kelganligini ko\u2019rsatadi. V.V.Bartold \u201cmakedoniyaliklar, aftidan shu yerda yem-xashak tayyorlash vaqtida tasodifiy to\u2019qnashuvga emas, balki uyushgan qo\u2019zg\u2019olonga duch kelgan bo\u2019lsalar kerak\u201d deb taxmin qiladi. Jang bo\u2019lgan rayonny Usrushon tog\u2019lari \u2013 Klavdiy Ptolemey o\u2019z \u201cGeografiya\u201dsida nomlaganidek, \u201cSo\u2019g\u2019d tog\u2019lari\u201d deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Sirdaryo bo\u2019yida Iskandar huzuriga \u201cabiy-skiflar\u201d va \u201cYevropa skiflari\u201ddan, ya\u2019ni daryoning narigi tomonida yashayotgan sak qabilalaridan elchilar keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar tomonidan skiflar huzuriga yuborilgan elchilar, Arrianning yozishicha, \u201cdo\u2019stlik o\u2019rnatish bahonasi bilan yuborilgan; lekin bu elchilarning asl maqsadi \u2013 skiflar yerining tabiat bilan tanishib, aholining ko\u2019p yoki ozligini, uning urf-odatlari qanday ekanini va qanday qurollar bilan urushga chiqishlarini bilib kelishdan iborat edi\u201d. Kvint Kurtsiyning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, elchilar grek-makedoniyaliklarning ruxsatisiz skiflar Tanais (Sirdaryo)dan o\u2019tmasliklari haqidagi xabarni ularga topshirishi lozim edi. Iskandar saklarning hujumlaridan saqlanish uchun Tanais sohilida shahar qurdirib, uni \u201co\u2019z nomi bilan atashga\u201d qaror qildi. Lekin unga shu vaqtda \u201cdaryo bo\u2019ylaridagi varvarlar\u201d qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targanligi to\u2019g\u2019risida xabar yetib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arrianning o\u2019sha vaqtdagi voqealar to\u2019g\u2019risidagi qisqa xabaridan shular ma\u2019lumki, qo\u2019zg\u2019olonchilar o\u2019z shaharlarida joylashgan makedoniyalik soldatlarning garnizonlarini bosib olib, ularni qirib tashlaganlar hamda Iskandarning jazo otryadlari kelishini kutib, bu shaharlarni mustahkamlashga kirishgan. Arrianning yozishicha, \u201cBessni qo\u2019lga tushirgan kishilar\u201d, ya\u2019ni Spitamen va uning safdoshlari boshchiligidagi so\u2019g\u2019dlar ham ayni vaqtda qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targanlar. So\u2019g\u2019dlarga baqtriyaliklar ham qo\u2019shilishgan. Kvint Kurtsiyning yozishicha, qo\u2019zg\u2019olonchilarning asosini 7 ming otliq lashkar tashkil etardi (ular orasida so\u2019g\u2019d va baqtriyalik zodagonlar vakillari ham ko\u2019p bo\u2019lgan). Iskandar Spitamen bilan Krater \u201cqo\u2019zg\u2019olonchilarni tinchlantirishi mumkin\u201d deb hisoblab, ularni o\u2019z huzuriga chaqirib olishga urindi. Ammo qo\u2019zg\u2019olon yo\u2019lboshchilari grek-makedoniyaliklar taklifi tuzoqdan boshqa narsa emas deb o\u2019ylab, unga e\u2019tibor bermaydilar. \u201cUlar qo\u2019lga qurol olishga odamlarni osonlik bilan ko\u2019ndirdilar, jazodan qo\u2019rqqan odamlarning o\u2019zlari ham bunga intilardilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu voqealar to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlarda aytilishicha, Spitamen birinchi marta qo\u2019zg\u2019olonning ilxomchisi bo\u2019lib maydonga chiqadi. So\u2019g\u2019d aristokratiyasining vakili sifatida u o\u2019z vatani territoriyasida urush harakatlari boshlanib ketishning oldini olishga urinib ko\u2019rdi va Iskandar bilan muzokaralar olib borishga kirishdi. Grek-makedoniyliklar o\u2019lka poytaxti Marokandani ishg\u2019ol qilganlaridan keyin, Spitamen ro\u2019y bergan vaziyatda xushyorlik bilan qaradi. Usrushondagi tog\u2019lik aholiga berilgan dahshatli jazo, deb yozadi K.V.Trever, \u201cmakedoniyalik shoh nimalarga qodir ekanligi aholininggina emas, balki Spitamen va unig safdoshlarining ham ko\u2019zini ochdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar o\u2019zining butun qo\u2019shinlarini qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi otlantirdi. Uning qarorgohi bu vaqtda Sirdaryodan uncha uzoq bo\u2019lmagan joyda, hozirgi Xo\u2019jand rayonida joylashgan edi. Yettita shahar qo\u2019zg\u2019olonchilar markazi bo\u2019ldi. Arrianning yozishicha, Iskandarning o\u2019zi G\u2019aza shahriga yo\u2019l oldi. Ilk o\u2019rta asr geograflari bu shaharni Gazak (G\u2019azak) bilan qiyos etadi va hozirgi Novga nisbat beradi. Iskandar G\u2019azaga yaqinlashgach, \u201cshaharning uncha baland bo\u2019lmagan paxsa devorlarining hamma yog\u2019iga oldindan tayyorlangan narvonlar qo\u2019yib, shaharni to\u2019xtamay hujum qilgan holda bosib olish to\u2019g\u2019risida buyruq berdi. Piyoda askarlar hujumga o\u2019tgan vaqtda palaxmonchilar, yoy otuvchilar va nayza irg\u2019ituvchilar qal\u2019adagi jangchilarni devorlardan urib tushirar edilar; palaxmonlardan ular ustiga yoy o\u2019qlari yog\u2019dirilar edi. Tez orada o\u2019q yomg\u2019iri himoyachilarni devordan chekinishga majbur etdi. Makedoniyaliklar narvonlarni jadal suratda qo\u2019yib, devorga chiqib oldilar\u201d. Arrian G\u2019azaning zabt etilishi haqida ana shularni yozgan. Iskandarning buyrug\u2019iga muvofiq, shaharning barcha erkaklari qirib tashlandi; grek-makedoniyaliklar ayollar, bolalar va o\u2019ljalarni o\u2019zlari bilan olib ketdilar. Arrianning yozishicha, Iskandar o\u2019sha kuniyoq nomi manbalarda ko\u2019rsatilmagan qo\u2019shni shaharni ham qo\u2019lga oladi. G\u2019aza singari bu shahar ham qattiq hujum bilan olinadi, \u201cyengilganlarni esa xuddi o\u2019sha taqdir kutar edi\u201d. Ertasiga Iskandar qo\u2019shinlari uchinchi shaharni ham egallab, unga o\u2019t qo\u2019ydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandarning otliq askarlari boshqa ikki shaharni ham qurshab oldi. Bu yerlik aholi \u201co\u2019t qo\u2019yilgan qo\u2019shni shaharlardan ko\u2019tarilayotgan tutunni ko\u2019rib, o\u2019sha dahshatli jangdan qochib qutulgan va hujumni o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan bir necha kishilar kelgach, to\u2019da-to\u2019da bo\u2019lib shaharlardan qochishdi va dushmanning otliq askarlariga duch kelib, ko\u2019pchiligi chavaqlab tashlandi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy Usrushonning antik manbalarda Kiropol, Kira, Kiresxata nomlari bilan ma\u2019lum bo\u2019lgan aosiy \u201cKira shahri\u201d istilochilarga ancha-muncha qarshilik ko\u2019rsatdi. \u201cKira shahri\u201d hozirgi O\u2019ratepaga to\u2019g\u2019ri kelsa kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baqtriya hukmdori Bess Sharqda eng katta, eng qudratli Baqtriya satrapligiga ega bo\u2019lgan. Gavgamelada u boshchilik qilgan otryadlar sharqqa chekingandan so\u2019ng ham o\u2019z jangovarlik qobiliyatini saqlab qoladi. Tez orada, 329 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/makedoniyalik-iskandarning-orta-osiyoni-zabt-etish-davrida-samarqand-va-sogdning-mustaqillik-uchun-olib-borgan-kurashi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-138326","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138326"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138333,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138326\/revisions\/138333"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=138326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=138326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}