{"id":13839,"date":"2022-01-04T13:23:30","date_gmt":"2022-01-04T10:23:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13839"},"modified":"2022-01-04T13:23:31","modified_gmt":"2022-01-04T10:23:31","slug":"yosh-turkiston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh-turkiston\/","title":{"rendered":"&#171;YOSH TURKISTON&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;YOSH TURKISTON&#187; (&#171;Yas Turkistan&#187;) \u2014 xorijda nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy jurnal. Parijda turkiy tilda, Arab alifbosida chop etilgan (1929-39). 117 ta soni (ba&#8217;zilari qo&#8217;shma son) nashrdan chiqqan. U muxrjirotdagi turkistonliklar mablag&#8217;i bilan nashr etilgan. Jurnalga Mustafo Cho&#8217;qay muharrirlik qilgan. Tohir Chig&#8217;atoy, Abduvahob O&#8217;qtoy, A. Toshkentli, Usmon Xo&#8217;ja va Validiy faol qatnashdi. Jurnalni tashkil etishdan maksad sovet mustabid tuzumi kirdikorlarini fosh etish, mustamlakachilik siyosati oqibatida Turkistonda yuz berayotgan fojialar xususida oshkora so&#8217;z yuritish, shu yo&#8217;l bilan jahon afkor ommasining e&#8217;tiborini o&#8217;lkaga qaratishdan iborat bo&#8217;lgan. Jurnal sahifalaridan o&#8217;rin olgan maqolalarda o&#8217;sha kezlari o&#8217;lkada dolzarb bo&#8217;lgan qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolar haqida so&#8217;z yuritilgan. Xalqni yurt ozodligi uchun kurashga da&#8217;vat etilgan. Jurnada adabiy-badiiy asarlarga ham keng o&#8217;rin ajratilgan. Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho&#8217;lpon, Mag&#8217;jon Jumaboy, Elbek, Abduvahob O&#8217;qtoy kabi adiblar va havaskor shoirlar ijodidan namunalar berilgan. hozirgi &#171;Yosh Turkiston&#187; ning to&#8217;liq taxlami Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti, Berlin universiteti, Anqaradagi Ayoz Tohir Turkiston Idil O&#8217;rol vaqfi kutubxonalarida saqlanadi. Usmon Xo&#8217;janing o&#8217;g&#8217;li Temur Xo&#8217;ja &#171;Yosh Turkiston&#187;ning 1929-30 yillarga oid qismini bir kitob shaklida qayta nashr qildirdi (Istanbul, 1997, 1jildi). Norali Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;YOSH TURKISTON&#187; (&#171;Yas Turkistan&#187;) \u2014 xorijda nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy jurnal. Parijda turkiy tilda, Arab alifbosida chop etilgan (1929-39). 117 ta soni (ba&#8217;zilari qo&#8217;shma son) nashrdan chiqqan. U muxrjirotdagi turkistonliklar mablag&#8217;i &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yosh-turkiston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13839","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13839","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13839"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13839\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13848,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13839\/revisions\/13848"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13839"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13839"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13839"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}