{"id":13857,"date":"2022-01-04T13:54:37","date_gmt":"2022-01-04T10:54:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13857"},"modified":"2022-01-04T13:54:38","modified_gmt":"2022-01-04T10:54:38","slug":"yoqubbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoqubbek\/","title":{"rendered":"YOQUBBEK"},"content":{"rendered":"\n<p>YOQUBBEK (Muhammad Yoqubbek badavlat, otaliq G&#8217;oziy) (1820, Piskent \u2014 1877, Sharqiy Turkistonning Ko&#8217;rla shahri) \u2014 Qo&#8217;qon xonligining harbiy va davlat arbobi, Yettishahar Uyg&#8217;ur davlatining hukmdori (1865-77). Otasi Pirmuhammad Mirzo Qo&#8217;qon xonligidagi Qurama qishlog&#8217;i qozisi, onasi piskentlik qizi Shayx Nizomiddinning singlisi. Yoqubbek 1845 yil Toshkentda askarlikka chaqirilgan. Tog&#8217;asi Toshkent qozisi bo\u2019lib tayinlanishi va singlisining Toshkent hokimiga turmushga chiqishi munosabati bilan uning mavqei tez o&#8217;sgan, xon o\u2019rdasida mahram, keyinchalik ellikboshi, yuzboshi, ponsod (beshyuzboshi) bo&#8217;lgan, Chinoz va Avliyoota (1846) ga, Oqmachit (1847) ga bek qilib tayinlangan. Yoqubbek Oqmachitda qushbegi lavozimiga ko&#8217;tarilib, rus bosqinchilariga qarshi kurashda Jasur sarkarda ekanligini ko&#8217;rsatgan. Toshkent hokimi uni chaqirtirib, boturboshi etib, Qo&#8217;qon xoni Xudoyorxon esa, uni Xo&#8217;jand (1852) begi qilib tayinlaydi. Xudoyorxonga qilgan muvaffaqiyatsiz fitnasidan keyin (1853) Buxoroga qochgan. Xudoyorxon taxtdan ag&#8217;darilgandan so&#8217;ng Qo&#8217;qonga qaytgan (1858). 1864 yilda Sharqiy Turkistonda manjur imperiyasining zulmiga qarshi mustaqillik uchun kurash boshlanib, beshta xonlik yuzaga keladi. Qashqar xonligi mamlakatni birlashtirish maqsadida Qo&#8217;qon xonligidan Yorkent xonligining taxt vorislaridan birini Sharqiy Turkistonga yuborishini iltimos qilgan. Yoqubbek Buzrukxo&#8217;jaga qushbegi qilib tayinlanib Qashqarga yuborilgan (1865). U Buzrukxo&#8217;janing davlat ishlariga qobiliyatsizligidan foydalanib, hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga olgan. U boshda Buzrukxo&#8217;ja va boshqalar Xo&#8217;jalar nomidan ish yurgizib, ili sultonligidan tashqari (mazkur xonlikni 1871 yil ruslar bosib olgan) 4 xonlikni (Qashqar, Xo&#8217;tan, Kuchor, Urumchi xonliklarini) birlashtirib Ettishahar Uyg&#8217;ur davlatini tuzgan. Yoqubbek Yettishaharning ravnaq topishi va dunyoga tanitish uchun katta ishlarni qilgan. Yoqubbek davlatining asosiy tayanchi mahalliy yer egalari va ruhoniylar bo&#8217;lgan. Yoqubbek qat&#8217;iy tashqi siyosiy yo&#8217;nalishga ega bo&#8217;lmagani tufayli Buyuk Britaniya, goh Turkiya, goh Rossiyaning ko&#8217;magidan umidvor bo&#8217;lgan, bunda ularning O&#8217;rta Osiyodagi manfaatlari o&#8217;zaro ziddiyatli ekanligidan foydalanmoqchi bo&#8217;lgan. Turkiston general-gubernatori K. P. Kaufman bilan chegara chizig&#8217;ini belgilash haqida muzokaralar olib borgan. Yoqubbek xonligi davrida ko&#8217;plab masjid, madrasa, karvonsaroy qurilgan. Yoqubbekni eng yaqin kishilaridan biri, Xo&#8217;tan begi Niyoz Hakim zahar berib o&#8217;ldirgan. Yoqubbek o&#8217;limidan keyin taxt uchun kurash boshlangan. Xitoy ichki ziddiyatlardan foydalanib, 1878 yilda Yettishahar davlatini tutatgan. Sharqiy Turkistonda Xitoy hukmronligi qayta tiklangan. Ad.: Gedi n Sven, V Serdtse Azii, t. 1-2, Spb., 1899; 1913. Abduxoliq Aytboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOQUBBEK (Muhammad Yoqubbek badavlat, otaliq G&#8217;oziy) (1820, Piskent \u2014 1877, Sharqiy Turkistonning Ko&#8217;rla shahri) \u2014 Qo&#8217;qon xonligining harbiy va davlat arbobi, Yettishahar Uyg&#8217;ur davlatining hukmdori (1865-77). Otasi Pirmuhammad Mirzo Qo&#8217;qon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoqubbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13857","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13857","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13857"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13857\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13870,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13857\/revisions\/13870"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13857"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13857"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13857"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}