{"id":13903,"date":"2022-01-07T18:08:56","date_gmt":"2022-01-07T15:08:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13903"},"modified":"2022-01-07T18:08:58","modified_gmt":"2022-01-07T15:08:58","slug":"yog","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yog\/","title":{"rendered":"YOG&#8217;"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217;, moy \u2014 organik moddalar; gliserin bilan bir asosli yog&#8217; kislotalar (trigliseridlar)ning to&#8217;liq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yog\u2019 \u2014 hayvon, o&#8217;simlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil yoki turli yog&#8217; kislotalarning radikallari bo&#8217;lishi mumkin. Yog\u2019 molekulasida tuyingan yog&#8217; kislotalardan stearin va palmitin kislotalar ko&#8217;proq, to&#8217;yinmagan yog&#8217; kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar uchraydi. Yog\u2019ning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari tarkibidagi to&#8217;yingan va to&#8217;yinmagan yog&#8217; kislotalar nisbatiga bog&#8217;liq. Yog\u2019 suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, spirtda oz eriydi. O&#8217;ta qizigan bug&#8217;, mineral kislotalar yoki ishqor ta&#8217;sir ettirilganda gidrolizlanib (sovunlanib), gliserin va yog&#8217; kislotalar yoki ularning tuzlari (sovunlar)ni hosil qiladi. Suv qo&#8217;shib qattiq chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yog\u2019ning barqaror emulsiyasiga sut misol bo&#8217;la oladi. Tabiiy Yog\u2019 hayvonlarning yog&#8217; to&#8217;qimalaridan olinadigan yog\u2019lar (qoramol, qo&#8217;y, sut, baliq va boshqalar yog&#8217;i) va o&#8217;simlik moylariga bo&#8217;linadi. Uy hayvonlarining yog&#8217;to&#8217;qimalaridan olinadigan yog\u2019larning tarkibi va xossalari jadvalda keltirilgan. Tarkibida to&#8217;yingan yog&#8217; kislotalar ko&#8217;proq bo&#8217;lsa \u2014 qattiq yog\u2019, suyuqlanish temperaturasi yuqori (masalan, mol, qo&#8217;y yog&#8217;i), to&#8217;yinmagan yog&#8217; kislotalar ko&#8217;proq bo&#8217;lsa \u2014 suyuq yog\u2019 bo&#8217;ladi (masalan, dengizlarda yashaydigan sut emizuvchilar va baliqlardan olinadigan yog\u2019). Sut yog&#8217;i alohida o&#8217;rinda turadi (sariyog&#8217;da 81 \u2014 82,5% gacha, sigir sutida 2,7\u20145,0%, echki sutida 5-5,5%, qo&#8217;y sutida 6,9%, bug&#8217;u sutida 17%, delfin sutida 46% gacha sut yog&#8217;i bor). Sut yog&#8217;ida 32% gacha olein, 24% palmitin, 10% miristin, 9% stearin va boshqa kislotalar bor. Hayvonlarning yog&#8217; to&#8217;qimalaridan olinadigan yog\u2019da trigliseridlardan tashqari, gliserin, fosfatidlar (lesitin), sterinlar (xolesterin), bo&#8217;yoq moddalar \u2014 lipoxromlar, A, E, G&#8217;vitaminlar mavjud. Fosfatidlar hujayra va to&#8217;qimalarning ajralmas tarkibiy qismi bo&#8217;lib, moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Sterinlar esa Yog\u2019 va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Dengiz sut emizuvchi hayvonlari va baliqlar jigaridan olinadigan yog\u2019da A vitamin ayniqsa ko&#8217;p. Sut yog&#8217;ida K va D vitamin ham bo&#8217;ladi. Organizmda Yog\u2019 \u2014 asosiy energiya manbai. Yog\u2019 uglevodlarga nisbatan 2 xissa ko&#8217;p energiya beradi (1 gramm Yog\u2019 oksidlanganda 9 kkal issiqlik hosil bo&#8217;ladi). Yog\u2019 issiqni yomon o&#8217;tkazadi, shuning uchun teri ostidagi yog\u2019 organizmni issiqlik nobudgarchiligidan saqlovchi qimoya qatlami bo&#8217;lib xizmat qiladi. Odam va hayvon organizmida yog\u2019 sof mexanik va plastik funktsiyani ham o&#8217;taydi. Mexanik ta&#8217;sirga duch keladigan a&#8217;zolar (masalan, qo&#8217;l-oyoq kaftlari, dumba) da yumshoq elastik qatlam hosil qiladi. Gavdaga yumaloq shakl beradi, ichki organlarni xalta kabi o&#8217;raydi (masalan, buyrak atrofidagi yog\u2019 qatlami), ularni muayyan vaziyatda ushlab turadi va tashqi shikastdan saqlaydi. Hayvon va odam organizmida yog\u2019ning hazm bo&#8217;lishi (o&#8217;zgarishi) va qayta sintezlanishi (resintez) yog\u2019 almashinuvi deb ataladi. Yog\u2019 og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ida o&#8217;zgarmaydi, chunki unda yog\u2019ni parchalovchi fermentlar yo&#8217;q. Yog\u2019 me&#8217;dada parchalana boshlaydi, lekin bu jarayon sekin boradi, chunki me&#8217;da shirasidagi lipaza faqat emulsiyalangan yog\u2019ga ta&#8217;sir eta oladi, holbuki me&#8217;dada yog\u2019 emulsiyalana olmaydi. Emulsiyalangan sutni onasidan oladigan go&#8217;dak bolalardagina me&#8217;dada 5% gacha yog\u2019 parchalanishi mumkin. Yog\u2019 ichakda o&#8217;t kislotalarning tuzlari bilan emulsiya holiga kelgandagina lipaza ta&#8217;sirida monogliseridlargacha va qisman gliserin hamda yog\u2019 kislotalargacha parchalanadi. O&#8217;t kislotalar ichak lipazasini faollashtiradi va yog\u2019larni emulsiya holiga keltiradi, erkin yog\u2019 kislotalarning so&#8217;rilishiga yordam beradi. Ingichka ichak shilliq pardasidan so&#8217;rilgan yog\u2019 kislotalardan shu organizmga xos yog\u2019 va lipidlar qayta sintezlanadi, qisman o&#8217;zi ham qonga so&#8217;riladi. Yangidan sintezlangan trigliseridlar, shuningdek, parchalanmay so&#8217;rilgan trigliseridlar va erkin yog&#8217; kislotalar ichak devoridan limfa sistemasiga, shuningdek, qopqa vena sistemasiga o&#8217;tishi mumkin. Limfa sistemasiga ko&#8217;krak limfa yo&#8217;li orqali trigliseridlar umumiy qon aylanish doirasiga ozozdan qo&#8217;shilib, organizmning yog\u2019 depolari (teri osti, charvi, buyrak atrofi) da to&#8217;planadi. Qopqa vena sistemasiga kirgan trigliseridlar va yog&#8217; kislotalarning ko&#8217;pchiligi esa jigarda ushlanib qolib, yanada o&#8217;zgaradi. To&#8217;qimalardagi oraliq almashinuv jarayonida yog\u2019 to&#8217;qimalardagi lipazalar ta&#8217;sirida gliserin va yog\u2019 kislotalargacha parchalanadi, bular esa yanada oksidlanib, ko&#8217;plab energiya ajralib chiqadi, ana shu energiya adenozintrifosfat kislota shaklida yig&#8217;iladi. Gliserin oksidlanganda sirka kislota hosil bo&#8217;ladi, bu kislota esa atsetilko A shaklida trikarbon kislotalar tsikliga qo&#8217;shiladi. Shu bosqichda yog\u2019lar almashinuvi oqsil va uglevodlar almashinuvi bilan to&#8217;qnashadi. Odam va hayvon to&#8217;qimalarida yuqori Yog\u2019 kislotalar karnitin bilan reaktsiyaga kirishadi, buning hosilalari esa mitoxondriyalar membranasidan o&#8217;tib keta oladi. Mitoxondriyalar ichida yog\u2019 kislotalar ketma-ket oksidlanib, qo&#8217;sh uglerodli faol komponent \u2014 atsetilko A ni yuzaga chiqaradi. Bu modda esa trikarbon kislotalar tsikliga qo&#8217;shiladi yoki boshka biosintez reaktsiyalarida sarflanadi. Yog\u2019lar almashinuvini nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning gormonlari nazorat qilib turadi. O&#8217;simliklarda Yog\u2019 uglevodlardan hosil bo&#8217;ladi. Bu jarayon pishayotgan urug&#8217; va mevalarda tezroq boradi. Urug&#8217; unayotganda teskarisi bo&#8217;ladi: yog\u2019lar lipazalar ta&#8217;sirida gliserin va yog&#8217; kislotalarga parchalanadi, bulardan esa uglevodlar hosil bo&#8217;ladi. Yog\u2019 avvalo, oziq-ovqat sifatida ko&#8217;p ishlatiladi. Dengiz sut emizuvchilari va baliqlarning yog&#8217; to&#8217;qimalaridan ovqatbop, tibbiyot, veterinariya va texnikada ishlatiladigan yog\u2019 tayyorlanadi. Mo&#8217;ylovdor kitlarning yog&#8217; to&#8217;qimalaridan olingan yog\u2019ni gidrogenlab, margarin tayyorlanadi. Tibbiyotda ishlatiladigan A vitaminli yog\u2019 treska baliqlarining jigaridan olinadi. Veterinariyada ishlatiladigan yog\u2019 dengiz sut emizuvchilari bilan baliqlar to&#8217;qimasi va jigarining yog&#8217;idan tayyorlanib, qishloq xo\u2019jalik hayvonlariga hamda parrandalarga beriladi. Texnikada ishlatiladigan baliq yog&#8217;i asosan, turli chiqindilar (baliq boshi, suyaklari, ichak-chavog&#8217;i, suzgich qanotlari)dan xashaki un ishlab chiqarishda olinadi va terini ishlash, yuvuvchi moddalar, krem va boshqalar tayyorlashga ketadi. Pazandachilikda Yog\u2019ni ishlatishdan oldin o&#8217;ta kuchli olovda oq tutun chiqquncha dog&#8217;lanadi. Dog&#8217;lash oxirida qozondagi Yog\u2019ga yirik tuz va biron bir sabzavot, ko&#8217;pincha archilgan butun piyoz tashlanadi. Bu hol yog\u2019ni totli qilish bilan birga uning hazm bo&#8217;lishini osonlashtiradi. Paxta Yog\u2019i yaxshi dog&#8217;lansa, uning tarkibidagi gossipol bezarar holga keladi. Yog&#8217;ni qattiq qizdirib dog&#8217;lash texnologiyasining kelib chiqishiga qadimdan o&#8217;zbek pazandachiligida dog&#8217;lanishi qiyin bo&#8217;lgan zig&#8217;ir yog\u2019i, kunjut moyi, qo&#8217;y yog&#8217;i, endilikda esa ko&#8217;proq paxta moyidan foydalanish sabab bo&#8217;lgan. Sariyog&#8217;, kungaboqar, zaytun moyi bir oz qizitilgandayoq dog&#8217; bo&#8217;ladi. Yog\u2019 dog&#8217;lashni xalqda &#171;yog\u2019ni chuchitish&#187; deb yuritiladi. Dog&#8217;lash muddati yog&#8217;ning miqdoriga bog&#8217;liq. 1 kilogramm yog&#8217;ni 30\u2014 35 minut, 3-5 kilogramm yog&#8217;ni esa 60-70 minut davomida chuchitiladi. Yo&#8217;ldoshxon Qodirov, Hojiakbar Muslimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217;, moy \u2014 organik moddalar; gliserin bilan bir asosli yog&#8217; kislotalar (trigliseridlar)ning to&#8217;liq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yog\u2019 \u2014 hayvon, o&#8217;simlik va mikroorganizmlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yog\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13903","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13903","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13903"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13903\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13919,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13903\/revisions\/13919"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13903"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13903"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13903"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}