{"id":13909,"date":"2022-01-07T18:10:52","date_gmt":"2022-01-07T15:10:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13909"},"modified":"2022-01-07T18:10:53","modified_gmt":"2022-01-07T15:10:53","slug":"yoginlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoginlar\/","title":{"rendered":"YOG&#8217;INLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217;INLAR \u2014 1) atmosfera (bulutlar yoki havo) dan yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yog&#8217;inlar bulutlardan yomg&#8217;ir, qor, do&#8217;l va muz zarralari ko&#8217;rinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yog&#8217;in miqdori tushgan Yog&#8217;inlarning holatidagi qatlami qalinligini (mm) o&#8217;lchab aniqlanadi. Yog&#8217;inlar jadalligi ma&#8217;lum vaqt (sutka, soat va boshqalar) ichida tushgan Yog&#8217;inlar miqdori bilan belgilanadi. Yog&#8217;inlar miqdori meteorologiya stansiyalarida maxsus asboblar \u2014 yog&#8217;in o&#8217;lchagichlar, plyuviograflar yordamida, qor qoplamining qalinligi maxsus o&#8217;lchash reykasi bilan; zichligi zichlik o&#8217;lchagich bilan o&#8217;lchanadi. Har bir joy bir kunlik, o&#8217;n kunlik, oylik, yillik va o&#8217;rtacha ko&#8217;p yillik Yog&#8217;inlar miqdori \u2014 Yog&#8217;inlar yig&#8217;indisi hisoblab chiqiladi. Joyning geografik kengligiga, dengiz va okeanlardan uzoq yaqinligiga, shamol yo&#8217;nalishiga va joyning relefiga qarab, yer yuzining turli joylarida Yog&#8217;inlar miqdori har xil bo&#8217;ladi. Tropiklarda yiliga 1000 millimetrdan ortiq, hatto 12000 millimetrgacha (masalan, Hindistonda), mo\u2019tadil kengliklarda 250 millimetrdan 1000 millimetrgacha, cho&#8217;llar va yuqori kengliklarda 250 millimetrdan kam (masalan, Misrda) Yog&#8217;inlar tushadi. Umuman yer yuziga tushadigan bir yillik Yog&#8217;inlar miqdori o&#8217;rta hisobda 1000 millimetr (50 ming kilometr kubdan ko&#8217;proq suv) ni tashkil etadi. O&#8217;zbekiston hududida yillik yog&#8217;in miqdori 80\u2014 90 millimetrdan 1000 millimetrgacha yetadi. Yog&#8217;inlar tarkibida suvdan tashqari chang zarralari, mikroorganizmlar, shuningdek, radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil bo&#8217;ladigan mahsulotlar ham bo&#8217;ladi. Yog&#8217;inlar radioaktivligi o&#8217;rta hisobda har bir gramm yog&#8217;in 10~&#187; \u2014 10~12 Kyuri. Momaqaldiroq paytida yog&#8217;ayotgan Yog&#8217;inlarning radioaktivligi boshqa vaqtdagi Yog&#8217;inlarnikiga nisbatan ko&#8217;proq bo&#8217;ladi; 2) sun&#8217;iy Yog&#8217;inlar \u2014 o&#8217;ta sovigan bulutlarga maxsus kimyoviy modda (reagent)lar ta&#8217;sir ettirib, sun&#8217;iy muz kristallari hosil qilish natijasida ulardan tushadigan Yog&#8217;inlar kimyoviy moddalar bulutlarga samolyotlardan yoki yerdagi maxsus qurilmalar yordamida sochiladi. Bu usul yog&#8217;ingarchilik juda kam bo&#8217;lgan mintaqalarda qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217;INLAR \u2014 1) atmosfera (bulutlar yoki havo) dan yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yog&#8217;inlar bulutlardan yomg&#8217;ir, qor, do&#8217;l va muz zarralari ko&#8217;rinishida, havo qatlamidan shudring &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yoginlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13909","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13909","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13909"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13909\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13925,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13909\/revisions\/13925"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13909"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13909"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13909"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}