{"id":14049,"date":"2022-01-09T13:13:31","date_gmt":"2022-01-09T10:13:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14049"},"modified":"2022-01-09T13:13:32","modified_gmt":"2022-01-09T10:13:32","slug":"bagama-orollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagama-orollari\/","title":{"rendered":"BAGAMA OROLLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>BAGAMA OROLLARI (Bahamas), Bagama orollari Hamdo&#8217;stligi (Commowealth of the Bahamas) \u2014 Markaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida yarim orolining Janubi- sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming kilometr kvadrat. Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti \u2014 Nassau shahri. Rasmiy tili \u2014 ingliz tili. Dindorlarning aksariyati protestantlar. Davlat tuzumi. Bagama orollari \u2014 Konstitutsiyaviy monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig&#8217;i Angliya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator ish yuritadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (Senat va majlislar palatasi) parlament. Ijrochi hokimiyat general-gubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Tabiati. Bagama arxipelagi, asosan, marjon orollardan iborat. Yer yuzasi \u2014 tekislik, aksariyati toshtuz, ohaktosh va gipslardan tarkib topgan. Iqlimi \u2014 tropik, passat. Yanvarda o&#8217;rtacha harorat 20, 22\u00b0, iyulda 28\u00b0. Yiliga 1100-1700 millimetrgacha yog&#8217;in yog&#8217;adi. Maydan oktabrgacha yog&#8217;ingarchilik ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Tez-tez dovullar bo&#8217;lib turadi. Sho&#8217;r ko&#8217;llar ko&#8217;p. Tuprog&#8217;i laterit toifasiga oid. Doim ko&#8217;m-ko&#8217;k tikanli butalar, qarag&#8217;ay o&#8217;rmonlar, sohilda kokos yong&#8217;og&#8217;i o&#8217;sadi. Qushlar ko&#8217;p. Atrofdagi dengizlar baliqqa boy. Orollarda ohaktosh, tuz va argoniy qazib olinadi, neft konlari qidirilmoqda. Tarixi. Bagama orollari tub joy aholisi indeyslar bo&#8217;lgan. 1492 yil X. Kolumb ekspeditsiyasi yangi dunyoga yetib kelib, arxipelagning Sharqiy orollaridan biriga tushgan va uni ispanlar San-Salvador deb ataganlar. Bagama indeyslarining taqdiri fojiali bo&#8217;lgan. Ispanlar ularni Kuba va Espanolu (Gaiti)ga olib borib, ruda konlarida ishlatishgan. Ular shu yerlarda qirilib ketishgan. 1629 yil inglizlar orollarni bosib olganida bu yerda aholi yo&#8217;q edi. 1782 yil Bagama yana ispanlar tomonidan bosib olindi. Ammo 1783 yildan u butunlay Angliya mustamlakasiga aylandi. 17-18 &#8212; asrlarda ko&#8217;pgina inglizlar o&#8217;zlarining negr qullari bilan birga bu yerga ko&#8217;chib keldilar va plantasiya xo&#8217;jaligini rivojlantira boshladilar. 19 &#8212; asr oxirlaridan Bagamaga AQSh ishbilarmonlari kela boshladilar, lekin sarmoyani sarflaydigan ish topa olmadilar. 1946 yildan sayyohlar yopirilib kela boshladi, 50 &#8212; yillar oxiriga kelib, ularning oqimi ayniqsa kuchaydi. Bagama orollari AQSh va Yevropaning qishki oromgohi bo&#8217;lib qoldi. Bu yerda ulkan mehmonxonalar, ko&#8217;ngilochar muassasalar qurildi. Soliq sohasidagi imtiyozlarga qiziqqan Amerika kompaniyalari sayyohlikni rivojlantirishga katta mablag&#8217;sarfladi. Keyinchalik ko&#8217;pgina xorijiy bank va firmalar o&#8217;z ofislarini ochishdi. Bagama orollari G&#8217;arbiy yarim sharning yirik moliyaviy markazi bo&#8217;lib qoldi. 1964 yilda Buyuk Britaniya Bagama orollariga ichki mustaqillik berishga majbur bo&#8217;ldi. 1973 yilda Bagama orollari mustaqil deb e&#8217;lon qilindi. Bagama orollari 1973 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami 10 iyul \u2014 Mustaqillik kuni. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Ilg&#8217;or Liberal partiya, 1953 yilda tuzilgan; Erkin milliy harakat, 1972 yilda tuzilgan; Bagama orollari Hamdo&#8217;stligi kasaba uyushmalari Kongressi. Xo&#8217;jaligi. Bagama orollari \u2014 agrar mamlakat. Iqtisodiyotning asosi \u2014 plantasiya dehqonchiligi. Qishloq xo\u2019jaligi oziq-ovqatga bo&#8217;lgan ehtiyojning atigi 25% ni qondiradi. Apelsin, banan, ananas, mango, pomidor, bodring, shakarqamish, sizal yetishtiriladi. Qo&#8217;y, qoramol, echki, cho&#8217;chqa, uy parrandasi boqiladi. Baliq, dengiz jonivorlari ovlanadi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ko&#8217;prog&#8217;i sayyohlarga xizmat ko&#8217;rsatish bilan band. Katta Bagama orolidagi neftni qayta ishlash zavodi yiliga 25 million tonna neftni qayta ishlaydi. Bagama importining 85% ni xom neft tashkil etsa, eksportining 90% neft mahsulotlaridan iborat. Bagama orollarida tsement va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy dengiz porti \u2014 Nassau shahri. Mamlakat doridarmon, tsement, rom, tuz ham eksport qiladi; asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib oladi. AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada bilan tashqi savdo munosabatlari olib boradi. Pul birligi \u2014 Bagama dollari. Bagama orollarida &#171;Nassau Gardian&#187; (&#171;Nassau posboni&#187;, 1844 yildan), &#171;Nassau Deyli Tribyun&#187; (&#171;Nassau minbari&#187;, 1903 yildan) gazetalari, &#171;Ofishl gazett&#187; (&#171;rasmiy gazeta&#187;) hukumat haftanomasi, &#171;Bexamian revyu megezin&#187; (&#171;Bagama sharhi&#187;, 1952 yildan) jurnali chiqadi. 1936 yilda radio va teleko&#8217;rsatuvlar kompaniyasi tashkil etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAGAMA OROLLARI (Bahamas), Bagama orollari Hamdo&#8217;stligi (Commowealth of the Bahamas) \u2014 Markaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida yarim orolining Janubi- sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagama-orollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14049","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14049","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14049"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14049\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14058,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14049\/revisions\/14058"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14049"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14049"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14049"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}