{"id":14117,"date":"2022-01-09T15:00:17","date_gmt":"2022-01-09T12:00:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14117"},"modified":"2022-01-09T15:00:20","modified_gmt":"2022-01-09T12:00:20","slug":"badiiy-havaskorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/badiiy-havaskorlik\/","title":{"rendered":"BADIIY HAVASKORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BADIIY HAVASKORLIK \u2013 asosiy ishdan ajralmagan holda jamoa (to&#8217;garak, studiya, xalq teatrlari) yoki yakka holda (xonanda, badiiy so&#8217;z ustasi, sozanda, raqqosa, akrobat va boshqalar) ijod qilish; xalq ijodi shakllaridan. Turkistonda faqat yirik shaharlar (Toshkent, Samarqandda, keyinchalik Andijon, Namangan, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, yangi Marg&#8217;ilon) da musiqa va drama Badiiy havaskorlik to&#8217;garaklari harbiy va fuqaro yig&#8217;inlari bilan bir vaqtda tashkil etildi. O&#8217;zbek xalqi umumiy madaniyatining yuksalishi, oliy va o&#8217;rta maktablarning ko&#8217;payishi, ommaning savodxon bo&#8217;lishi, shahar va qishloqlarda klublarning tashkil qilinishi va boshqa omillar tufayli rivojlandi. 20-yillar o&#8217;rtasida ishchi-yoshlar teatrlari, 30-yillarda drama va musiqa, keyinchalik estrada va tsirk jamoalari, turli ansambllar (xalq raqsi, qo&#8217;shiq va boshqalar), orkestrlar paydo bo&#8217;ldi. 1959 yildan ularning eng yaxshilariga &#171;Xalq ashula va raqs ansambli&#187;, &#171;Xalq teatri&#187; kabi unvonlar berila boshladi. 1968 yildan O&#8217;zbekistonning eng yaxshi Badiiy havaskorlik jamoalari xorijiy mamlakatlarga gastrolga chiqa boshladi. 70-yillarning 2-yarmi, 80-yillarda ashula va raqs, folklor-etnografik ansambllar Badiiy havaskorlik san&#8217;atida peshqadamlik qildi. Natijada xalq og&#8217;zaki ijodiyotining ko&#8217;pgina janrlari, asarlari tiklanib, sahnalar va maydonlarda ijro etildi. &#171;Shalola&#187; (keyinchalik &#171;Boysun&#187;), &#171;Sumalak&#187;, &#171;Nozanin&#187;, &#171;Beshqarsak&#187;, &#171;Doston&#187; kabi o&#8217;nlab xalq ansambllari o&#8217;z san&#8217;atlarini xorijiy mamlakatlarda ham namoyish etishgan. Shu davrda &#171;Paxtaoy&#187; va &#171;Bulbulcha&#187; kabi bolalar ansambllari ham Shuhrat qozongan. Bir qator dorbozlar guruhlari ham tashkil topgan. O&#8217;zbekistonning mustaqilligi tufayli Badiiy havaskorlikda ham yangi davr boshlandi. Tarixga, ma&#8217;naviy merosga, xalq ijodiyotiga e&#8217;tiborning kuchayishi o&#8217;z navbatida Badiiy havaskorlik rivojiga ham turtki berdi. Ayniqsa, milliy bayram, Navro&#8217;zning tiklanishi va mamlakat miqyosida o&#8217;tkazilishi natijasida Navro&#8217;z bilan bog&#8217;liq o&#8217;yinlar, tomoshalar, marosimlar tiklandi. Bunda malakali san&#8217;atkorlar bilan bir qatorda Badiiy havaskorlik jamoalari, xalq ijodkorlarining xizmatlari kata bo&#8217;ldi. Bu davrda estrada havaskorligi taraqqiy topdi. Xalq o&#8217;yinlarini tiklash va yanada rivojlantirishga qaratilgan bayramlarni o&#8217;tkazish an&#8217;anaviy tus oldi. Folklor va etnografiya, raqs san&#8217;ati, dorbozlik, qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, askiya, qiziqchilik va masxarabozlik yo&#8217;nalishlaridagi jamoalarning faoliyati izchil va samarali bo&#8217;ldi. Bolalarning &#171;Tomosha&#187; nomli o&#8217;ziga xos musiqali teatri maydonga keldi. Ayniqsa, 80-yillarda inqirozga uchray boshlagan Badiiy havaskorlik teatri qaddini rostlashga kirishdi. 1999 yildan o&#8217;tkazila boshlagan &#171;Nihol&#187; teatr san&#8217;ati havaskorligi respublika ko&#8217;riktanlovi natijalari shundan dalolatdir. Har yili keng nishonlanadigan Mustaqillik, Navro&#8217;z bayramlarining katta tomoshalari dasturida Badiiy havaskorlik vakillarining ishtiroki mazkur san&#8217;at yo&#8217;nalishini yanada rivojlanishida katta turtki bo&#8217;lmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasida bir qancha musiqa jamoalari, ashula va raqs ansambllari, drama va havaskorlik to&#8217;garaklari mavjud. Bu jamoalarga (eng yirik klublarda), asosan, professional aktyor, rejissyor, musiqachi, baletmeyster va boshqalar rahbarlik qiladi. Ularning repertuarlari o&#8217;zbek va jahon xalqlari dramaturglarining asarlari, qo&#8217;shiq va raqslaridan iborat. Musiqa, xor, raqs Badiiy havaskorlikida erishilgan katta yutuqlar turli ko&#8217;rik va tanlovlar, festivallarda namoyish etib boriladi. O&#8217;zbekistonda turli millat vakillarining Badiiy havaskorlik guruhdari (masalan, koreys, qozoq, rus va boshqalar) mavjud. O&#8217;zbekistondagi professional san&#8217;at jamoalari (teatrlar, ashula, raqs ansambllari va boshqalar) o&#8217;z safini ko&#8217;p hollarda havaskorlar hisobiga to&#8217;ldirib boradi. O&#8217;zbekistonda tasviriy va amaliy san&#8217;at sohasida ham havaskorlik tez rivojlanmoqda. Havaskor rassom, haykaltarosh, naqqosh, o&#8217;ymakor, zarbchi, rixtagar, kulol, kashtado&#8217;z, zardo&#8217;zlarning faoliyatlari san&#8217;at rivojiga katta hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shilmoqda. Kino va fotohavaskorlik jamoalari o&#8217;z ijodlarida O&#8217;zbekiston tabiatini, undagi mehnat jarayonini, fan va madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlarni aks ettirishga intilmoqdalar. Bolalar orasida Badiiy havaskorlik san&#8217;atning har xil turlari bo&#8217;yicha bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqari o&#8217;tkaziladigan mashg&#8217;ulotlardir. Buning natijasida bolalarda badiiy-ijodiy ehtiyoj va qiziqishlar uyg&#8217;otiladi, qobiliyatlari o&#8217;stiriladi, ularga estetik tarbiya va badiiy ta&#8217;lim beriladi. Bolalar Badiiy havaskorlikgi xalq talantlarini aniqlash va kamolga yetkazishning ilk bosqichi bo&#8217;lib, o&#8217;quvchilarni kelgusida san&#8217;at sohasida professional ma&#8217;lumot olishga tayyorlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADIIY HAVASKORLIK \u2013 asosiy ishdan ajralmagan holda jamoa (to&#8217;garak, studiya, xalq teatrlari) yoki yakka holda (xonanda, badiiy so&#8217;z ustasi, sozanda, raqqosa, akrobat va boshqalar) ijod qilish; xalq ijodi shakllaridan. Turkistonda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/badiiy-havaskorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14117","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14117","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14117"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14117\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14126,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14117\/revisions\/14126"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14117"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14117"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14117"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}