{"id":14172,"date":"2022-01-11T16:28:37","date_gmt":"2022-01-11T13:28:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14172"},"modified":"2022-01-11T16:28:38","modified_gmt":"2022-01-11T13:28:38","slug":"bayoniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bayoniy\/","title":{"rendered":"BAYONIY"},"content":{"rendered":"\n<p>BAYONIY (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek ug&#8217;li) (1858\u2014 Xiva \u2014 1923) \u2014 O&#8217;zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg&#8217;ozixon madrasasida tahsil ko&#8217;rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g&#8217;ijjak chalishda mohir bo&#8217;lgan. Bayoniyning bir devoni, Xorazm tarixiga oid ikki asari va tarjimalari saqlangan. U mumtoz she&#8217;riyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilib, Navoiy, Munis, Ogahiy an&#8217;analarini davom ettirgan. Avaz O&#8217;tar bilan ijodiy hamkorlikda bo&#8217;lgan. &#171;Devoni Bayoniy&#187; she&#8217;rlar to&#8217;plamini tuzgan. Unga kirgan she&#8217;rlarida dunyoviy sevgini ulug&#8217;lagan, tabiat go&#8217;zalliklarini soda va ravon ifodalagan, mazlumlar, ilmfan ahlining achchiq taqdiriga achingan. &#171;Shajarai Xorazmshohiy&#187; tarixiy-memuar asari bilan Munis va Ogahiy boshlagan ishni davom ettirgan. Bunda Yofasdan Qo&#8217;ng&#8217;irot urug&#8217;igacha, Abulg&#8217;oziy Bahodirxondan Asfandiyorxongacha o&#8217;tgan xonlar hukmronligi davri tarixi yoritilgan. &#171;Xorazm tarixi&#187; asari &#171;Shajarai Xorazmshohiy&#187;dagi voqealarni to&#8217;ldirgan. Asarning avvalgi boblari ma&#8217;no jihatdan &#171;Shajarai Xorazmshohiy&#187;ga o&#8217;xshab ketadi. Lekin yozilish uslubi bilan undan farq qiladi. Asarda, asosan Asfandiyorxon hukmronligi davri va undan keyin ro&#8217;y bergan voqealar tasvirlangan. 16 bobdan iborat bu asarning 8 bobigina bizgacha yetib kelgan. Bayoniyning har ikki tarixiy asarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid juda ko&#8217;p qimmatli materiallar bor. Jumladan, Xiva xonligining Buxoro va Qo&#8217;qon xonligi va xonlikka qo&#8217;shni bo&#8217;lgan boshqa mamlakatlar bilan savdo va diplomatik munosabatlari, mehnatkashlardan olinadigan har xil soliqlar, Xorazmda yashagan olim va shoirlar, shaharlar hayoti, dehqonchilik ishlari to&#8217;g&#8217;risida boy ma&#8217;lumotlar yozilgan. Bayoniy arabchadan Darvesh Ahmad (&#171;Sahoyif ul-Axbor&#187;, 1901), forschadan Binoiy (&#171;Shayboniynoma&#187;, 1915), Tabariy (&#171;Tarixi Tabariy&#187;) asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. &#171;Majmuai shuaroi forsiy&#187; to&#8217;plami (1900) va boshqalarni husnixatda ko&#8217;chirgan. &#171;Shajarai Xorazmshohiy&#187; (inv. \u2116 9596), &#171;Xorazm tarixi&#187; (inv. \u2116 7421), &#171;Devoni Bayoniy&#187; (inv. \u2116\u2116 1120, 7106, 6666) asarlarining qo&#8217;lyozmalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAYONIY (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek ug&#8217;li) (1858\u2014 Xiva \u2014 1923) \u2014 O&#8217;zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg&#8217;ozixon madrasasida tahsil ko&#8217;rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bayoniy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14172","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14172","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14172"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14172\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14173,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14172\/revisions\/14173"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14172"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14172"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14172"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}