{"id":14259,"date":"2022-01-13T15:53:15","date_gmt":"2022-01-13T12:53:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14259"},"modified":"2022-01-13T15:53:16","modified_gmt":"2022-01-13T12:53:16","slug":"baydarka-va-kanoeda-eshkak-eshish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baydarka-va-kanoeda-eshkak-eshish\/","title":{"rendered":"BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH"},"content":{"rendered":"\n<p>BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH \u2014 sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning ko&#8217;pgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo bo&#8217;lgandan so&#8217;ng boshlandi va avval baydarkalarda, keyin kanoeda sport poygalari o&#8217;tkaziladigan bo&#8217;ldi. Xalqaro kanoe federatsiyasi (IKF, 1946 yil tashkil topgan) 54 milliy federatsiyani birlashtiradi (1991). 1936 yildan Baydarka va kanoeda eshkak eshish Olimpiya o&#8217;yinlari dasturiga kiritilgan, 1938 yildan jahon chempionatlari o&#8217;tkaziladi. Baydarkalardagi musobaqalar ayollar va erkaklar o&#8217;rtasida, kanoeda esa \u2014 faqat erkaklar o&#8217;rtasida bo&#8217;ladi. Baydarkalar bir kishilik, ikki kishilik va to&#8217;rt kishilik, kanoe \u2014 bir kishilik va ikki kishilik. 1972 yildan baydarka va kanoeda slalom musobaqalari Olimpiada musobaqalari dasturiga tajriba tariqasida kiritilgan. O&#8217;zbekistonda bu sport turi havaskorlari 50-yillardan suv havzalari, anhor va daryolarda mashq qilib, musobaqalarda qatnasha boshladilar. O&#8217;zbekiston terma jamoasi 1996 yilgi 26 yozgi Olimpiya o&#8217;yinlarida va ayniqsa 1997 yilgi Osiyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sokchasiti (Janubiy Koreya) shahrida bo&#8217;lgan qit&#8217;a chempionatida 12 oltin, 11 kumush, 9 bronza medali qo&#8217;lga kiritilib, birinchi o&#8217;rin egallandi. Jamoa muvaffaqiyatiga xalqaro sport ustalari aka-uka S. va V. Shoislomovlar (kanoe), D. Kovalenko (kanoe), T. Levina, I. Lyalina, A. Shpiganovich, I. Isakova (baydarka) katta hissa qo&#8217;shishdi. O&#8217;zbekiston Baydarka va kanoeda eshkak eshish jamoasi 13-Osiyo o&#8217;yinlari (Bangkok, 1998) chempioni nomini ham oldi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo\u2019yicha asosiy sport bazalari Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Samarqand eshkak eshuvchilar kanalidadir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH \u2014 sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning ko&#8217;pgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo bo&#8217;lgandan so&#8217;ng boshlandi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baydarka-va-kanoeda-eshkak-eshish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14259","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14259","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14259"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14267,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14259\/revisions\/14267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}